Konstitutsiyaga taklif etilayotgan o‘zgarishlar ro‘yxati Konstitutsiyadagi 28 ta moddaning roppa-rosa yarmi – 64 tasini o‘zgartirish va ta yangi modda qo‘shish taklif etilyapti
Download 36.11 Kb.
|
Konstitutsiyaga taklif etilayotgan o
105-modda yangi tahrirga o‘tkazilib, mahalla va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish bo‘yicha quyidagicha qoidalar belgilanyapti:
Raisni va o‘z boshqaruv organlarini saylaydigan mahallalar – shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir. Mahallalar davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va o‘z vakolatlari doirasida mustaqildir. Davlat mahallalar faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shart- sharoitlar yaratadi, ularga qonunchilikda berilgan vakolatlarni amalga oshirishda ko‘maklashadi. Mahallalar faoliyatining huquqiy asoslari, shuningdek mahalla raisining va boshqaruv organlarining saylovi tartibi, vakolatlari hajmi qonun bilan belgilanadi. 109-moddaga qo‘shiladigan yangi bandga binoan: Konstitutsiyaviy sud fuqarolarning va yuridik shaxslarning muayyan ishda sud tomonidan ularga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish haqidagi shikoyatlarini ko‘rib chiqadi. 111-moddada Sudyalar oliy kengashi mustaqil deb belgilanmoqda: Sudyalar oliy kengashi – sudyalar hamjamiyatining sud korpusi shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlovchi mustaqil organidir. 112-moddaning joriy talqinidagi “Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi” degan jumladan “odil sudlovni amalga oshirish borasidagi” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi. Shu moddadagi “Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudyalik vazifasidan qonunda ko‘rsatilgan asoslar bo‘lgandagina ozod etilishi mumkin” degan jumla quyidagi jumlaga almashtiriladi: Sudyalarni almashtirib bo‘lmaydi. Ularning vakolatlari faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra tugatilishi yoki to‘xtatilishi mumkin. 116-moddaning amaldagi talqini bunday: “Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi”. Mazkur modda quyidagicha yangi tahrirga o‘tkaziladi: Har kimga malakali yuridik yordam olishga bo‘lgan huquq kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam bepul ko‘rsatiladi. Tergovning va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordamga bo‘lgan huquq kafolatlanadi. Jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatish uchun mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslangan advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi. Advokat shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 36.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling