Konstitutsiyaning qaysi moddalarida tabiatni asrashga doir qonunlarni tashkil qilish


AVESTODA TABIATNI ASRASH HAQIDA FIKR MULOHAZALAR


Download 0.53 Mb.
bet7/30
Sana17.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1541439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
AVESTODA TABIATNI ASRASH HAQIDA FIKR MULOHAZALAR
Hozirgi kundagi global muammolardan biri – ekologik vaziyat hisoblanadi. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlarning buzilishishiga asosiy sabablardan biri ekologik bilimlarning yetishmasligidir, tabiat bilan bo‘lgan munosabatda aql bilan ish tutilmasligidir. Buning natijasida esa insoniyatni halokatga boshlovchi muammolar yuzaga kelmoqda. Toza suv ichimlik suvining yetishmasligi, havoning ifloslanishi, aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashning keskin kamayishi, tabiiy resurslarning keskin kamayishiga olib keladi.
Ekologik bilim- bu tirik tabiatning tuzilishi, rivojlanishi, o‘zgarishi, yer yuzidagi tirik jonzotlarning holati, ularning bir-birlari va atrof-muhit o‘rtasida bo‘lib turadigan munosabatlarni, tabiiy boyliklarning son va sifatini, hajmini, xillarini hamda ularni saqlash va tejamkorlik bilan foydalanish yo‘llarini o‘zlashtirishdan iboratdir.
Tabiat shunday odilki, atrof-muhitni muvozanatga keltiradi. Insoniyat tabiatga qanday zarar keltirsa, insoniyatga shunday zarar keltiradi. Keyingi yillarda tabiatga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lish, turli tuman ofatlar keltirib chiqarmoqda. Bu ofatlarni keltirib chiqarmaslik, uning oldini olish, tabiatni asrab-avaylash – o‘zimizning insoniyatning o‘z qo‘lidadir.
Tabiatni asrash, uni ehtiyot qilish muammosi hozirgi davrda emas, balki insoniyatning qadim zamonlaridan biri o‘rganilib kelinmoqda. Xalq og‘zaki ijodida, Sharq mutafakkirlarining ilmiy-adabiy merosida keng yoritib kelingan. Shu jumladan, qadimiy yodgorlik bo‘lgan “Avesto” da ham keng yoritilgan.
Avesto” zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi bo‘lib, u bizning qadimiy tariximizdan darak beradi. “Avesto” haqida Prezidentimiz I.A. Karimov shunday ta’kidlaydi: “Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plangan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyib uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududiga yaratilgan, “Avesto” deb atalgan bebaho ma’naviy obida alohida o‘rin tutadi ” [1]. Darhaqiqat, bu tarixiy yodgorlik o‘zbek xalqining buyuk ma’naviy merosi hisoblanadi. “Avesto” zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanadi va shu bilan birga ilm-fan, hayotning barcha sohalari bo‘yicha ancha mukammal ma’lumotlar beradigan ulkan, eng ko‘hna manba hisoblanadi. Ushbu kitobda O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining eng qadimgi marosimlari, urf-odatlari, qo‘shiqlari, diniy oyatlari, marosimlari haqida ma’lumotlar berilgan. “Avesto”ning asosiy g‘oyasi quyidagicha ifodalanadi: ”Ezgu o‘y, ezgu so‘z va savob ishlar bilan ezgu ishni alqayman. O‘zimni bari ezgu o‘ylarga, ezgu so‘zlar aytishga, yaxshi ishlar amaliga baxshida qilaman”.
“Avesto” sof diniy kitob bo‘lmay, balki ijtimoiy-falsafiy, madaniy, adabiy-tarixiy qimmatga ham ega bo‘lgan nodir qomusiy yodgorlikdir. Ushbu kitobda shaharu qishloqlarni obod qilishga, bog‘u rog‘larni, yaylovlarni ko‘paytirishga, madaniy turmushni rivojlantirishga, oilani asrash, farzand tarbiyasiga alohida e’tibor qaratiladi. Buni quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin.
Zardo‘sht so‘radi: “Ey jismoniy olam parvadigori Axuramazda, rosi bilan menga aytchi, yer yuzining ko‘rki va shodligi bo‘lmish o‘sha makon qayerda?”
Axuramazda aytdi: “U shunday bir yurtki, u yerda bandalarim o‘zlariga maskan, ibodat uchun otashkadalar, hayvonlarga qo‘ralar qurib, oilalai, bola-chaqali, kuchli qurolli bo‘ladilar. Ana shu taqdirda ularning yurtida hayvonlar ko‘payadi. Xayru baraka oshadi, yaylovlar ko‘payadi, oila bunyoq bo‘ladi, turli tuman nozu ne’matlar serob bo‘ladi”. “Bolalar yosh paytidayoq daraxt ko‘chati o‘tkazish, uy-ro‘zg‘or qurollari yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishlariga o‘rgatilishlari shart. Bug‘doy o‘stira boshlansa, devlarni qora ter bosadi, sovutilgan bug‘doy tayyor bo‘lsa, devlar zaiflashib qoladi, un tayyor bo‘lgach esa devlar nola-fig‘on chekishadi. Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman, dunyodagi jamiki narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. Yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish jazosiga mahkumdir. Ekin ekish – demak yerdagi yovuzlikni yo‘qotishdir, chunki don yetilganda devlarni ter bosadi. Suv yoki (ov) itini o‘ldirgan kishi 10000 barsum, 10000 ruhiyatni tetiklashtiradigan o‘simlik bargi berish kerak”.
“Avesto”da uy jonivorlarini ehtiyot qilishga alohida e’tibor berilgan. Yer, suv, zaminni toza tutish, tozalikka rioya qilishga alohida e’tibor berilgan. Unda go‘ristonlarni shahar va qishloqlardan yiroqda joylashtirish, uni o‘rab qo‘yish, murda tekkan libos, yerlarni qatron qildirish xususida foydali maslahatlar bor. Inson yoki hayvon o‘ligi tushgan soy, ariq, hovuz, quduqlarni bo‘shatish, yomg‘ir suvi bilan yuvish, to‘ldirib bo‘shatish ta’kidlanadi. Bundan tashqari yerni iflos qilgan va uni saqlash qoidalarini buzgan shaxslar “qirq qamchi urish jazosiga” giriftor qilingan. Inson yashayotgan xonada yuvinish va cho‘milish qat’iyan man etilgan.
“Avesto”da berilgan pedagogik fikrlardan bolalar tarbiyasida keng foydalanish mumkin. Ayniqsa, tabiatni asrash, avaylash, hayvonlarga ozor bermaslik, yerni asrab - avaylash umuman ekologik g‘oyalardan o‘quvchilarni ekologik tarbiyasida muhim o‘rin tutadi.
Ekologik madaniyat nima? Bu atrof-muhit to’g`risid chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg`usiga ega bo’lish, o’simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g`amxo’rlik ko’rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko’paytirish borasida qayg`urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko’rsatkichidir. Iste’moldan ortiqcha suv jo’mraklardan oqishiga yo’l qo’ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to’kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, hayvonlarga g`amxo’rlik qilish, qushlarni parvarishlash kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatning eng oddiy ko’rinishlari sanaladi. Bu muammolar bir qaraganda juda jo’n bo’lib ko’rinishi mumkin, aslida esa muammolarning boshlanishi ana shunday biz e’tibor qaratmaydigan "mayda” muammolardan kelib chiqadi.

Tabiat va inson o’rtasidagi munosabat ma’lum bir qonunlar orqali boshqariladi. Ularga rioya qilmaslik ertami, kechmi, albatta ekologik halokatga olib keladi. Bu muammo o’zining insoniyatga keltirayotgan va keltirishi mumkin bo’lgan fojiali oqibatlari jihatidan yadro urushi halokatidan keyin ikkinchi o’rinda turadi.


Inson tabiatning bir bo’lagi bo’lgan holda, u bilan munosabat orqali ekologik madaniyat shakllana borishi tufayli tabiatni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solishda uni boshqarish uchun tabiat qonunlarini kashf qilib kelgan. Ammo inson o’zining tabiatga ta’siri orqali undagi muvozanatni buzdi va tabiat hodisalarining davriy ketma-ketligini izdan chiqardi.


Xalqimizda "Buloq suvi qurimaguncha inson uning qadriga yetmaydi” degan ibratli maqol bor. Darhaqiqat, necha asrlar davomida inson o’zining taraqqiyoti jarayoni bilan birga ekologiya inqirozi jarayonini tezlashtirdi.


Qadim davrlarda ham ajdodlarimiz inson salomatligi, kayfiyati va barcha hayotiy jarayonlarning ob-havo va boshqa tabiiy hodislarga bog`liqligini yaxshi bilganlar. Inson salomatligiga tabiiy iqlim sofligining ta’siri haqida dastlabki yozma manbalar eramizdan avval paydo bo’lgan. Masalan, Hindistonda bundan 4000 yil avval quyosh nuri, momaqaldiroq va yomg`irlar tufayli o’simliklar shifobaxsh xususiyatga ega bo’lishi haqida yozib qoldirilgan. Qadimgi Yunon tib olimi Gippokrat o’zining "Aforizmlar” asarida odam organizmi yil mavsumlariga qarab turlicha bo’lishini yozib qoldirgan. Shu jumladan sharq allomalaridan Abu Ali Ibn Sino "Agar chang va g`ubor bo’lmaganida edi, inson ming yil yashagan bo’lar edi” degan edi.


Zardushtiylarning "Avesto” kitobida, sharq mutafakkirlari Farobiy, Beruniy asarlarida va umuman sharq falsafasida to’rt unsur-suv, havo, tuproq va olov muqaddas hisoblanganligi haqida aytib o’tilgan.


Agar e’tibor bersangiz, aksariyat jonivorlar faqat bir kunlik yegulik topish bilan cheklanadi. Ertaga yoki bir haftadan keyin iste’mol qilish uchun zaxira to’plash ular uchun mutlaqo yot. Har kuni ko’rganimiz qushlarga nazar solsak, ularning birortasi, masalan, kechqurun yeyish uchun don g`amlab qo’yganini ko’rmaganmiz. Odamlar-chi? Tabiatdan shuncha rizq –nasiba olayotgan, uning boyliklarini beminnat o’zlashtirayotgan shu odamlarning hammasi ham Ona tabiatni sevadimi, unga ehtiyotkorona munosabatda bo’ladimi?!


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling