Konstitutsiyaviy huquq kazus javoblari


Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг


Download 92.29 Kb.
bet2/25
Sana17.06.2023
Hajmi92.29 Kb.
#1548945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq kazus yakuniy

Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг.
Yuqoridagi holatga huquqiy baho berishda bizga 1991-yil 18-noyabr kuni qabul qilingan “davlat bayrog’I to’g’risida”gi qonun yordam beradi. Ushbu qonunning 4-moddasiga ko’ra respublika bayrog’ining hajmi(uzunligi, kengligi,bo’yi) belgilab qo’yilgan. Qonunda keltirilishicha O’zbekiston Respublikasi bayrog’i xorijiy davlat yoki xalqaro tashkilotlar va tashkilotlar bayroqlari bilan bir xil balandlikda hamda bir hil o’lchamda o’rnatilishi kerak. Yuqoridagi holatda tanlov tashkilotchilari qonunga zid harakat sodir etgan. Bu yerda mutassadilar tanlov tashkil etayotganda davlat ramzi hisoblanmish O’z Res bayrog’ini qonun talablariga javob bera oladigan holda o’rnatilishi kerak edi. Huquq tartibot hodimlari faqat kollej direktorini qonunni buzganlikda ayblab qisman hatolikka yo’l qo’ygan, director va tashkilotchilar (hokim ) birdek javobgarlikka tortilishi kerak edi. Bu holatda tashkilotchilar va direktor Ozbekiston Res “davlat ramzlari to’g’risida”, va Davlat bayrog’I to’g’rsida” gi qonunlarni buzganlikda ayblanib mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga ko’ra mamuriy javobgarlikga tortilishi kerak edi.
3. Ўзбекистон Республикаси фуқароси С. Авазова Қирғизистон фуқароси бўлган 17 ёшли А. Самедовни фарзандликка олишга қарор қилди. Унинг Қирғизистон фуқаролигидан чиқиб ва Ўзбекистон Республикаси фуқаролигини олиш жараёни қийин кечди. Бир ойдан кейин А. Самедов Қирғизистон фуқаролигидан воз кечди. Лекин, Ўзбекистон Республикаси қонунчилигига кўра, Ўзбекистон Республикаси фуқаролигини олиш учун у мамлакатда охирги беш йил давомида доимий яшаган бўлиши керак. Аммо фуқаро С. Авазова фарзандликка олиш тўғрисида васийлик ва ҳомийлик органига мурожаат қилган пайтдан бошлаб Ўзбекистон Республикаси фуқаролигини олиш мумкинилиги, фарзанликка олиш тўғрисидаги ҳужжатлар расмийлаштирилганлигидан кейин фуқароликни олиш тартиби бошқача тарзда амалга оширилиши зарурлигини таъкидлади.
Вазиятни Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ва констициявий қонун нормалари асосида таҳлил қилинг.
Biz yuqoridagi kazusga huquqiy baho berish davomida O’z Res konstitutsiyasi, Fuqarolik to’g’risidagi qonunga murojaat qilamiz. O’zbekiston Respublikasi fuqarolik to’g’risidagi qonunning 19-moddasiga muofiq Qirg’iziston fuqarosi Samedov haqiqatdan ham |Qirg’iziston fuqaroligidan chiqqandan so’ng O’zbekiston fuqaroligiga o’tishi to’g’risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilganidan so’ng uzluksiz besh yil davomida O’zbekiston hududida muqim yashagandan so’ng fuqarolikka qabul qilinadi. Ammo Qirg’iziston fuqarosi Samedovning vasiylik va homiylik organiga murojaati noo’rn bo’lgan chunki qonunning 20-moddasi Ozb res fuqaroligiga soddalashtiriligan tartibda qabul qilish degan moddasida mazkur jumla joy olmagan. Bu holatda Samedov Ozbekiston hududida muqim besh yil yashamog’i lozim va fuqarolik olishi mumkin.
4. Туркманистон Республикаси фуқароси К.Авезов Хоразм вилояти Хонқа тумани ИИБ бошлиғи А.Очилбековга Ўзбекистон Республикаси фуқаролигини қабул қилишни сўраб мурожаат қилади. Фуқаро ўз мурожаатида Ўзбекистон Республикасида туғилганлигини, унинг ота-онаси ва яқин қариндошлари Ўзбекистон Республикаси фуқароси бўлиб, шу ерда яшашлигини асос қилиб келтирган. Шунингдек, “Ўзбекистон Республикасининг фуқаролиги тўғрисида”ги қонунининг 17-моддаси иккинчи қисми 2-банди иккинчи хатбошига мувофиқ, фуқароликка қабул қилиш шартлари ушбу шахсга тааллуқли эмаслигини қайд этди. Хоразм вилояти Хонқа тумани ИИБ бошлиғи А.Очилбеков бошлиғи эса ушбу мурожаатни рад этди.

Download 92.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling