Komissiyalar
Qonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin.
Komissiya Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar orasidan komissiya raisi va a’zolaridan, zarurat bo‘lganida esa, shuningdek komissiya raisining o‘rinbosaridan iborat tarkibda tuziladi.
Komissiya tuzilgani to‘g‘risida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi.
Qonunchilik palatasining komissiya tuzilgani to‘g‘risidagi qarorida komissiyaning nomi, maqsadi va vazifalari, uning miqdoriy va shaxsiy tarkibi, komissiyaning raisi, komissiyaning faoliyat ko‘rsatish muddati (oldindan belgilangan muddatga yoki muayyan vazifalarni bajarish muddatiga), komissiyaning vakolatlari, komissiya ishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar belgilangan bo‘lishi kerak.
Ayrim masalalarni tayyorlash uchun komissiya davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning vakillari orasidan ishchi guruhlari tuzishga haqlidir.
Qonunchilik palatasida quyidagi qo'mitalar faoliyat yuritadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi
Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi Kengash
Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya
Oila va ayollar masalalari boʻyicha komissiya[3]
Muvofiqlashtiruvchi guruhning asosiy vazifasi Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihalarining va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ko‘rib chiqilishini tashkil etish hamda bu loyihalarni Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqish, shuningdek qabul qilishning yoki bekor qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |