Konstitutsiyaviy huquq manbalari
Download 333.34 Kb.
|
Konstitutsiyaviy huquq manbalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Konstitutsiyaviy huquq manbalari Konstitutsiyaviy huquq normalarini o`zida mujassam etuvchi normativ huquqiy aktlar konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbalarini tashkil etadi. Konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbai bo`lib, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-davlatning Asosiy Qonuni sifatida oliy yuridik kuchga egadir, shuning uchun ham unda ifodalangan tartib-qoidalar konstitutsiyaviy huquq normalari tizimida bosh o`rinni egallaydi. Boshqa hamma huquq sohalarida o`rnatilgan normalar ham Konstitutsiya normalariga mos bo`lishi shart. O`zbekiston Konstitutsiyasi konstitutsiyaviy huquqning predmetiga aloqador bo`lgan hamma ijtimoiy munosabatlarni umumlashtiruvchi yagona manba bo`lib hisoblanadi. Konstitutsiya normalari eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Boshqa huquq manbalarida ifodalangan normalar esa Konstitutsiya normalarini rivojlantirishga va hayotga tatbiq etishga qaratilgan bo`ladi. O`zbekiston Konstitutsiyasida davlatning ijtimoiy tuzum asoslari, siyosiy tizimi, iqtisodiy negizi, tashqi siyosatining konstitutsiyaviy prinsiplari o`z ifodasini topgan. Unda fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini belgilovchi normalar aks ettirilgan. Konstitutsiya normalari davlat hokimiyati organlarini tashkil etish va ularning faoliyat prinsiplarini mustahkamlaydi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida saylov tizimiga aloqador bo`lgan asosiy normalar ifodalangan. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati asoslari, sud hokimiyati organlari, prokuratura organlariga aloqador normalar ham aks ettirilgan. Konstitutsiyaviy huquqning manbalaridan bo`lib, vakillik organlari tomonidan qabul qilinadigan ish yuritish tartiblari; yo`riqnomalar, reglamentlar ham manba bo`lib hisoblanadi. Masalan, 2003 yil 29 agustda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi reglamenti to`g`risidagi” qonunni ko`rsatish mumkin. Vakillik organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar ham Konstitutsiyaviy huquq manbai bo`ladi. Shuningdek, Konstitutsiyaviy huquq manbalari qatoriga O`zbekiston Respublikasi Prezedenti tomonidan qabul qilingan davlat-huquqiy xarakteriga ega bo`lgan farmonlari, qarorlari farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari kiradi. Va nihoyat, konstitutsiyaviy huquq manbalaridan bo`lib, mahalliy vakillik organlarining ba'zi bir normativ aktlari ham hisoblanadi. Masa lan, “Xalq deputatlari Kengashlarining doimiy komissiyalari to`g`risida” gi Nizomlari, Kengashining «Ish yuritish tartiblari» (reglamentlari), Hokimlarning qabul qilgan huquqiy aktlari va ular to`g`risidagi qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirish tartib qoidalari va boshqa davlat organlarining faoliyat prinsiplari kiradi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquq fanining asosiy manbasi sifatida respublika Prezidenti I.A.Karimovning risolalari, nutqlarini alohida ta'kidlash lozim. Uning asarlarida Konstitutsiyaviy huquq fanining predmetiga aloqador bo`lgan davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, inson huquqlari va erkinliklari, Konstitutsiyaning mohiyati va vazifalari to`g`risidagi ilmiy-nazariy g`oyalari muhim o`rin egallagan. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 333.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling