Konstitutsiyaviy qonuni
Download 33.71 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 28 fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2007 yil 29 martda ma’qullangan 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
- 2-modda. O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari
- 3-modda. O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlarini saylash tartibi
- 4-modda. Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirini tayinlash tartibi
- 5-modda. Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish tartibi
- 6-modda. Viloyat, Toshkent shahar hokimini tayinlash va tasdiqlash tartibi
- 7-modda. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining viloyat hamda Toshkent shahar hokimi faoliyati ustidan nazorat qilish vazifalari
- 8-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning kuchga kirishi
O zbekiston Respublikasining KONSTITUTSIYAVIY QONUNI «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida» (O zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 15-son, 151-modda; 2008 y., 52-son, 510-modda; 2011 y., 16-son, 160-modda; 2014 y., 16-son, 177-modda) Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 28 fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2007 yil 29 martda ma’qullangan
Ushbu Qonunning maqsadi davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirishdan iborat. Ushbu Qonun O zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli tuzatishlar, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga O zgartish va qo‘shimchalar kiritish uchun asosdir. 2-modda. O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari Siyosiy partiya fraksiyasi siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar birlashmasidir. O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi. O z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin. Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek O zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar O zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin. Siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi. O zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega: O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining tegishli masala bo‘yicha ma’ruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish; muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan O zining alohida fikrini O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish; O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida O z vakillarining kafolatli ishtirok etishi. Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas. Siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan va O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin. 3-modda. O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlarini saylash tartibi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O z tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylaydi.
O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida tuzilgan siyosiy partiya fraksiyasi O z vakili Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa ega. O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarini saylash uchun siyosiy partiya fraksiyasi, qoida tariqasida, O z fraksiyasi rahbarining nomzodini kiritadi. Siyosiy partiya fraksiyasidan taqdim etilgan nomzod O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, siyosiy partiya fraksiyasi O z fraksiyasi a’zolari orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega. O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Qonunchilik palatasi qo‘mitalaridan birining tarkibiga saylanishi mumkin. 4-modda. Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirini tayinlash tartibi O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. O zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun muddat ichida uni O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi. Bosh vazir lavozimiga nomzod O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi. O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun tegishincha O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi. Agar ovoz berish vaqtida O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senati a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O zbekiston Respublikasi Prezidenti O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega. O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi. O zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda O zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi. Yangi O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi. O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O zbekiston Respublikasi Prezidenti O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi. O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi. 5-modda. Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish tartibi O zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan ozod etiladi: a) Bosh vazirning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasiga binoan; b) Bosh vazir O z vakolatlarini bajarishi mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda; v) O zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda, shuningdek Vazirlar Mahkamasi bir necha marta O zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda; g) O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining O zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusiga binoan. Agar zarur asoslarga ega bo‘lgan bunday tashabbusni O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar yetakchi fraksiyalari qo‘llab-quvvatlasa hamda mazkur tashabbus O zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatida ovozga qo‘yilganda tegishincha O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy soni uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozini olsa, O zbekiston Respublikasi Prezidenti O zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
d) O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda. O zbekiston Respublikasi Bosh vazirining lavozimdan ozod etilishi bir vaqtning O zida O zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’foga chiqishiga sabab bo‘ladi. 6-modda. Viloyat, Toshkent shahar hokimini tayinlash va tasdiqlash tartibi Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi. Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega. Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, O zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi. O zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi bo‘yicha farmon qabul qiladi. 7-modda. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining viloyat hamda Toshkent shahar hokimi faoliyati ustidan nazorat qilish vazifalari Nazorat qilish vazifalari samaradorligini oshirish maqsadida xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyat va Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida O zbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi huquqi beriladi. Bunday tashabbus yetakchi partiya guruhlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda, O zbekiston Respublikasi Prezidenti bu tashabbusning xalq deputatlari Kengashidagi muhokamasini tayinlaydi va muhokama natijalariga muvofiq qaror qabul qiladi. 8-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning kuchga kirishi Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Toshkent sh., 2007 yil 11 aprel, O RQ-88-son Download 33.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling