15
Oʻzbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi
va huquqiy jihatdan himoya qilinishi taʼminlanadi.
Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor oʻz mol-mulkidan
qonunda nazarda
tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan
holda mahrum etilishi mumkin emas.
66-modda.
Mulkdor oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka oʻz xohishicha egalik qiladi,
undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga
zarar
yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat
va davlatning huquqlarini
hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.
67-modda.
Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlaydi.
Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga
oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida
iqtisodiy makon birligi, tovarlar,
xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning
erkin harakatlanishi
kafolatlanadi.
Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.
68-modda.
Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa
tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular
davlat muhofazasidadir.
Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni
va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni taʼminlovchi
shartlar
asosida va tartibda xususiy mulk boʻlishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: