Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


-modda.  Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga  majburdirlar.  63-modda


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/42
Sana08.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1341644
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Bog'liq
konstitutsiya uz

62-modda. 
Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga 
majburdirlar. 
63-modda. 
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlashi shart. 
Soliq va yigʻimlar adolatli boʻlishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy 
huquqlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak. 
64-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish Oʻzbekiston Respublikasi har 
bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki 
muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar. 
UCHINCHI BOʻLIM. JAMIYAT VA SHAXS 
XII bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari 
65-modda. 
Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotining 
negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini 
rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, isteʼmolchilarning 
huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik
va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi. 


15 
Oʻzbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi
va huquqiy jihatdan himoya qilinishi taʼminlanadi.
Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor oʻz mol-mulkidan qonunda nazarda 
tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan 
holda mahrum etilishi mumkin emas. 
 
66-modda. 
Mulkdor oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka oʻz xohishicha egalik qiladi, 
undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga 
zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini 
hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. 
67-modda. 
Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlaydi. 
Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga 
oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli. 
Oʻzbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, 
xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi 
kafolatlanadi. 
Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi. 
68-modda. 
Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa 
tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular 
davlat muhofazasidadir. 
Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni
va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni taʼminlovchi shartlar 
asosida va tartibda xususiy mulk boʻlishi mumkin. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling