Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
konstitutsiya uz
134-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qabul qilingan hujjatlar qatʼiy hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida bajarilishi majburiydir. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais oʻrinbosari etib saylanishi mumkin emas. 135-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining mustaqil organi boʻlib, u sudyalar korpusining shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, rais oʻrinbosari etib saylanishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi. 136-modda. Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga boʻysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. Sudyalar muayyan ishlar boʻyicha hisobdor boʻlmaydi. 40 Sudyalar daxlsizdir. Davlat sudyaning va uning oila aʼzolarining xavfsizligini taʼminlaydi. Sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga, uning vakolatlarini bekor qilishga yoki toʻxtatib turishga, boshqa lavozimga oʻtkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga koʻra yoʻl qoʻyiladi. Sudning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi sudyani lavozimidan ozod etish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas. Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati boʻlishi mumkin emas. Sudyalar siyosiy partiyalarning aʼzosi boʻlishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanishi mumkin emas. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling