Konstruksiyalari
Download 11.38 Kb.
|
1 2
Bog'liqKonstruksiyalari-fayllar.org
Konstruksiyalari ASFALTBETON QOPLAMALI YO‘L TO‘SHAMALARI KONSTRUKSIYALARI. Mamlakatimimzdagi mavjud yo‘llarning 95 % ortig‘i asfaltbeton qoplamali yo‘l to‘shamlaridan qurilgan. Yo‘l to‘shamalari 3 ga bo‘linadi: qoplama, asos va yo‘l poyi (82-rasm). 83-rasm. Yo‘l to‘shamasi va uning qatlamlarini avtomobil yo‘lida joylashishi Asfaltbeton qoplama - tayyorlangan yo‘l asosiga yotqizilgan, doimiy qalinlikdagi bir yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo‘lgan qoplama konstruktsiyasining yuqori qismi. Asfaltobeton qoplamali yo‘l to‘shamalari konstruksiyalari chizmasi 84- rasmda ko‘rsatilgan. Keltirilgan chizmalar yo‘l to‘shamalarini zamonaviy tendensiyada - kam sonli qatlamlar bilan qurishni ko‘rsatadi. Qatlamlar sonini kamaytirishda bitum qo‘llanilgan materiallarning ikkita qatlami bilan chegaralanish maqsadga muvofiq. Asfaltobetonning katta qalinlikdagi yuqori qatlamini chaqiqtosh, shag‘al va bitum, qatron yoki emulsiya bilan ishlov berilgan yoki bog‘lovchilar bilan ishlov berilmagan boshqa mineral materiallardan bo‘lgan qatlamlarga yotqizish mumkin. 84-rasm. Asfaltobeton qoplamali yo‘l to‘shamalari konstruksiyalari: 1- zich asfaltobetondan qoplamaning yuqori qatlami; 2 - asfaltobetondan qoplamaning pastki qatlami; 3- g‘ovak yoki o‘ta g‘ovak asfaltobetondan asosning yuqori qatlami; 4 - chaqiqtosh yoki shag‘aldan asosning pastki qatlami; 5 - qumdan kilingan asosning (suvo‘tqazuvchi) qo‘shimcha qatlami; 6 – yuzaga ishlov berilgan yoki emulsiya-mineralli qorishmadan yemirilish qatlami; 7 - beton, zurikkan beton yoki sement bilan maxkamlangan gruntdan qilingan asos qatlami. Qoplama to‘g‘ridan-to‘g‘ri transportning o‘tishi uchun mo‘ljallangan. U yuklarning butun majmuasini harakatlanuvchi yoki turgan transport vositalaridan va barcha ob-havo va iqlim ta’sirini sezadi. Yuqori qatlam avtomobil g‘ildiragining yo‘lga tishlashishi, tekisligi, suvga chidamliligi va transportning loyihaviy tezligida avariyalarsiz harakatlanishini ta’minlaydigan boshqa transport va operatsion fazilatlari uchun javobgardir. Agar asfaltbeton qoplama (doimiy qalinlikda) ravonlik talablariga javob bermaydigan asosga yotqizilgan bo‘lsa, unda yangi yotqizilgan qatlam pastki qatlamning barcha noravonliklarini takrorlaydi (85-rasm). Asfaltbeton qoplamalarining yuqori qatlamlarida ko‘p zichlangan, qattiq, zich yoki yuqori zichlikdagi modifikatsiyalangan asfaltbeton qorishmalaridan foydalanish kerak. Pastki qatlamlar ko‘p hollarda yuqori texnologiyali asfaltbetondan qurilgan. A B V 85-rasm. Asfaltbeton qoplamalarining turlari: A - doimiy qalinlikdagi asfalt-beton qatlami pastki qatlamning barcha noravonliklarini takrorlaydi: 1 - asos qatlami; 2 - doimiy qalinlikdagi qoplama qatlami; B – tekislovchi qatlam (3), pastki qatlamdagi noravonliklarini tuzatadi; V - ikki qatlamli asfaltbeton qoplamasi; pastki qatlam ma’lum ravonlik bilan yotqiziladi, yuqori qatlam (4) bir xil qalinlikka ega Yo‘l qoplamasining asfaltbeton qatlamlari bugungi kunda asosan alohida zaiflashtirilgan uchastkalarda avtomobil yo‘lini kapital ta’mirlashda qo‘llaniladi. Qatlamning qalinligi ma’lum bir hududda yo‘l konstruktsiyasining yuk ko‘tarish qobiliyatini hisobga olgan holda tayinlanadi (mustahkamlovchi qatlamning minimal qalinligi 6 sm). Mavjud yoki eski qoplamaning ravonligini oshirish uchun tekislovchi qatlamlari yotqiziladi. Zamonaviy darajadagi nazorat tizimlari (asfalt qoplamalarida) kerakli ko‘ndalang va bo‘ylama qiyaliklarni, shuningdek, balandliklarni ta’minlash uchun qatlam qalinligini belgilash imkonini beradi. Yupqa donador aralash qatlamining minimal qalinligi 3 sm. Bir qavatli asfalt-beton qoplamaning qalinligi odatda 4...6 sm. Kerak bo‘lsa, kattaroq qalinlikdagi qoplamalar ikki yoki uch qatlamda yotqiziladi. Bunday holda, qatlamlarning har biri kerakli zichlikka qadar zichlanadi. Qoplamaning yuqori qatlamining qalinligi odatda 3-5 sm oralig‘ida o‘rnatiladi va asfalt-beton qoplamaning har bir pastki qatlamining qalinligi 4-8 sm. Qalin (9...20 sm) va yupqa (qalinligi 1,5...2,5 sm) asfaltbeton qatlamlarini yotqizish mumkin. Yupqa qatlamli qoplamalar odatda maxsus maqsadli asfalt-beton qorishmalaridan tayyorlanadi. Yupqa qoplamali qatlamlar yo‘llarning transport va ekspluatatsion xususiyatlari uchun javobgardir. Asosiy transport va ekspluatatsiya xususiyatlariga quyidagilar kiradi: sirtning rangi va tuzilishi; aks ettirish va drenajlash qobiliyatlari; qoplama g‘adir-budirligi; tishlashish sifati, korroziyaga chidamliligi, siljishga chidamliligi, qoplamaning avtomobil g‘ildiragiga ishqalanishi, suvga chidamliligi, ravonligi. Oxirgi yillarda asoslarda zuriqqan beton qo‘llanilmoqda. Qoplamalarni yorilishga va issiqlikka chidamliligini oshirishga imkon beruvchi suv-issiqlik rejimini yaxshilash maqsadida asoslarni stirporbetondan, ya’ni stirporali tuldiruvchili, kichik massaga va past issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan betondan qurish maqsadga muvofiq. Asfaltbetonni shakllantirish uchun texnologik jarayonda yo‘naltirilgan struktura xosil qilish optimal sharoitlar yaratish bilan ta’minlanadi. Bu sharoitlar asfaltbeton qorishmalarning texnologik xususiyatlari, mos keluvchi texnologik jixozlarni tanlash va uning berilgan ishlash rejimi bilan aniqlanadi. Asfaltbeton qorishmalar quyma, plastikli va qattiq turlarga bo‘linadi. Quyida mamlakatimimzdagi ba’zi avtomobil yo‘llarining yo‘l to‘shamasi konstruksiyalari keltirilgan(86 va 87 rasmlar). 86-rasm. Toshkent viloyatidagi I b -toifali 4P-6 “Toshkent sh.-Chirchiq sh.-Chimyon q.” avtomobil yo‘lining 22-29 km bo‘lagining ko‘ndalang kesimi va yo‘l to‘shamasi konstruksiyasi 87-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi I b -toifali A-380 “G‘uzor-Buxoro- Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 965-970 km bo‘lagining ko‘ndalang kesimi va yo‘l to‘shamasi konstruksiyasi Ichki xo‘jalik yo‘llarining asosiy qismi past toifali bo‘lib, ularda ko‘proq iqtisodiy jihatdan arzon bo‘lgan yo‘l to‘shamalari konstruksiyalarini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Quyidagi 88, 89, 90-rasmda AQSh, Yevropa va O‘zbekistonda past toifali xo‘jalik yo‘llarida keng qo‘llanilayotgan yo‘l to‘shamasi konstruksiyalariga misollar keltirilgan. Download 11.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling