Konussimon sirtlari
Reja:
Sirtlarning aniqlovchisi.
Chiziqli sirtlar.
Konus sirtlari.
O'qlari kesishgan aylanma sirtlarning kesishuv chizig'ini yordamchi sharlar
vositasi bilan aniqlash.
Buning uchun kesishayotgan ikkala sirt ham aylanma sirt bo'lishi va ularning aylanish o'qlari umumiy bir nuqtaga ega bo'lishi kerak.
Bu usul quyidagi holga asoslangan: agar xar qanday aylanish sirtining o'qi sharning markazidan o'tgan bo'lsa, bu sirt shar bilan aylanalar bo'yicha kesishadi.
Bu aylanalarning tekisliklari aylanish o'qlariga perpendikulyar bo'ladi.
85– shakl
– shakl
Bu chizmada o'qlari sharning markazidan o'tgan doiraviy silindrning va doiraviy konusning shar bilan kesishuvi tasvirlangan.
Misol. Aylanish o'qlari umumiy bir nuqtaga ega bo'lgan ikkita aylanish sirtining kesishish chizigini topish.
– shakl
Yasash frontal proyeksiyada bajariladi. Chekka yasovchilari kesishgan (l1,21) va (31,41) nuqtalarni aniqlagandan so'ng О1 ni markaz qilib, ikkala sirtni kesib o'tadigan sharlar olamiz. Bu sharlar konuslar bilan aylanalar bo'ylab kesishadi. Bir shar yordamida kesilishidan hosil bo'lgan kesim yuzalarini uchrashush nuqtalari ikkala sirt uchun umumiy bo'lgan nuqtalarni beradi. Shunday qilib bir nechta sharlar yordamida hosil bo'lgan nuqtalarni aniqlab, ularni ketma-ket tutashtirsak sirtlarning kesishish chizig'ini aniqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |