Konusli maydalagichlarning vazifasi ishlash prinsipi va klassifikasiyasi
Download 127.1 Kb.
|
Konusli maydalagichlarning vazifasi ishlash prinsipi va klassifi
Volokli maydalagichlar.
Mayda maydalashda mayda maydalovchi konusli maydalagichlardan tashqari valokli maydalagichlar ham qo‘llaniladi. Valoklarning yuzasi tekis, qirrali yoki tishli bo‘lishi mumkin. Maydalash uchun odatda tekis valokli yuzalar ishlatiladi. Tekis yuzali valokli maydalagichlarda mahsulot bir – biriga qarama - qarshi aylanuvchi valoklar orasida ezilishi natijasida maydalanadi. 28-rasm Volokli maydalagichlar. Tekis yuzali valokli maydalagich 28–rasmda keltirilgan. Valok 1 stanina 3 ga mahkamlangan qo‘zg‘almas podshipniklarga o‘rnatilgan. Ikkinchi valok 2 esa holati prujinalar 5 yordamida aniqlanadigan qo‘zg‘aluvchi podshipniklar 4 ga o‘rnatilgan. Har qaysi valok elektrodvigateldan o‘zining shkivi 7 va 8 orqali harakatlanadi. Mahsulot ta'minlovchi voronka 9ga tushadi. Maydalangan mahsulot bo‘shatish tuynugi 10 orqali tushirib olinadi. Valoklar orasida tirqishning kengligi va shuningdek, maydalangan mahsulot yirikligi boltlar 12 dagi prokladka bilan boshqariladi. Maydalagich po‘lat listdan qilingan qoplama bilan yopib qo‘yiladi. Prujinalar 5 maydalagichni himoya qiladigan qismlar hisoblanadi. Ular maydalagichga metall jismlar tushib qolsa siqiladi, valok 2 o‘ngga suriladi va tushgan qattiq jism pastga o‘tib ketadi. Bunda hosil bo‘luvchi katta bosim staninaga emas balki boltlarga uzatiladi. Har qaysi valok valga o‘rnatilgan konus va uglerodli, marganetsli yoki xromli po‘latdan tayyorlangan bandajdan tashkil topgan. Bandaj ishdan chiqishi bilan almashtiriladi. Yangi bandajlarning qalinligi 75–150 mm, og‘ir sharoitda ishlashda 230mm gacha etadi. Eskirib ishdan chiqqan bandajlarning ruhsat etilgan qalinligi kichik valoklar uchun 13mm va yirik valoklar uchun 63mm. Bandajlarning xizmat qilish muddati maydalagichlarning boshqa qismiga qo‘yiladigan shartlar asosida aniqlanadi va 4 oydan 2 yilgacha bo‘lishi mumkin. Podshipniklar va yo‘naltiruvchi tekisliklar nasos yoki maydon orqali moylanadi. Staninaning ishdan chiqishining oldini olish maqsadida valoklarning ichkari tomonidan olib qo‘yiladigan plitalar o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Bu plitalar bandajlar tayyorlanadigan materialdan tayyorlanadi. Valokli maydalagichlar valokning o‘lchamlari (kengligi V va diametri D) bilan xarakterlanadi, bunda valokning diametri taxminan maydalagichga tushadigan mahsulot tarkibidagi eng katta bo‘lak o‘ lchamidan 20–25 marta katta bo‘lishi kerak. Tekis valokli maydalagichlar uchun elektrodvigatelning solishtirma quvvati har bir tonna rudani maydalashda 1–3, 5 kvt ni tashkil etadi. Tekis valokli maydalagichlar quruq mahsulotda ishlaydi va jarayonni oson boshqarilishini ta'minlovchi sodda, ixcham va ishonchli mashina hisoblanadi. Bunday maydalagichlarni ayniqsa uncha katta emas va mo‘rt mahsulotlarni maydalash uchun ishlatish maqsadga muvofiq. Ular ko‘pincha qalayli, volframli va boshqa rudalarni maydalashda ishlatiladi. Valokli maydalagichlar uncha katta bo‘lmagan ishlab chiqarish unumdorligiga va kichik maydalash darajasi (2–4) ga ega. Bunday maydalagichlarda mahsulotni quruq maydalashda ko‘p miqdorda chang hosil bo‘ ladi va bu ularning kamchiligi hisoblanadi. Download 127.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling