Konveyer transportini avtomatlshtirish kompleks apparaturalari. Ma’ruza rejasi


Download 32.14 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi32.14 Kb.
#1649853
Bog'liq
Konveyer transporti va ularning ishlatilish ko‘lami


Konveyer transportini avtomatlshtirish kompleks apparaturalari.
Ma’ruza rejasi:

  1. Konveyer transporti va ularning ishlatilish ko‘lami.

  2. Konveyer transportining umumiy tasnifi.

  3. Konveyer transportini avtomatlshtirish kompleks apparaturalari.

1.Konveyer transporti va ularning ishlatilish ko‘lami.


Foydali qazilmalarni qazib olish va tashish ishlarini unumdorligini oshirish va jadallashtirish yo‘llaridan biri uzluksiz texnologiyani joriy etishdir. Bu texnologiyada ishlatiladigan mashinalar kompleksi qazib olish, eltish, yuklash, tashish va yuqoriga ko‘tarish ishlarini uzluksiz bajarish talab etiladi. Konchilik korxonasidagi barcha yoki ayrim transport zvenolari uchun konveyerlarni qo‘llamasdan uzluksiz texnologiyani joriy qilib bo‘lmaydi. Konveyer transporti yuk oqimi uzluksizligini taъminlashga, mehnat unumdorligini oshirishga va kam energiya sarflash bilan yuk tashish tannarxini kamaytirishga xizmatqiladi.


Konveyer transporti Yer osti ko‘mir konlarida qazib olish zaboylarida, gorizontal va qiya kon lahimlarida (18 gradusgacha) keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Hozirgi vaqtda konveyerlar ruda konlarida magistral va qiya stvollarda ham qo‘llanilmoqda.
Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda ham konveyer transportini qo‘llash ko‘lami kengayib bormoqda. Ayniqsa ko‘mir konlarida uzluksiz texnologiya qo‘llanilganda qazib olish va ochish ishlarida ham konveyer transporti keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Masalan, O‘zbekko‘mir OAJ ga qarashli Angren ko‘mir konida ham bugungi kunda konveyerlar samarali ishlatilmoqda. Muruntau Karyerida rudalarni va qoplama jinslarni tashishda konveyerlar maydalash qurilmalari bilan birga ishlatilmoqda. Hozirgi vaqtda dunyoning ko‘plabkonchilik korxonalarida yuk tashish ishlari uchun juda katta quvvatli konveyer kompleklari joriy qilingan. Masalan, Berezovo razrezidan TES gacha (Rossiya) 15 km, Nijney Saxarada 100 km uzunlikdagi konveyer liniyasi ishlatilmoqda.
Konveyer transportining afzalliklari: ishlash usuli uzluksiz, tashish uzunligiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgarmas unumdorlikda ishlashi, yuqori darajada avtomatlashtirish imkoniyatining mavjudligi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning kamligi, nisbatan yuqori qiyalikka yuk tashish imkoniyati (18 gradusgacha yoki 320-360 minglikkacha), temir yo‘l va avtomobil transportiga qaraganda ishlatish xavfsizligi.
Konveyer transportini sinflarga ajratish “yukni siljitish usuli” orqali bajariladi. Bunday holda konveyerlarni uchta guruhga ajratish mumkin: yukni bulg‘alantirish usuli bilan, ko‘chirish usuli bilan va inersiya kuchi bilan siljituvchi konveyerlar. Konveyerlar sinflari 1-rasmda keltirilgan
Yer osti ko‘mir konlari qazib olish zaboylarida ko‘mir tashish uchun ko‘proq kurakli konveyerlar ishlatiladi. To‘g‘ri magistral kon lahimlarida lentali konveyerlar, egri kon lahimlarda esa plastinali konveyerlar ishlatiladi. Uzunligi katta bo‘lgan to‘g‘ri uchastkalarda esa lenta-trossli konveyerlar ishlatiladi.
Elevatorlar va cho‘michli konveyerlar ko‘proq boyitish fabrikalarida ishlatiladi. Tebranishli, chayqalishli va silkinishli konveyerlar hozirgi kunda faqatgina boyitish fabrikalarida, saralash punktlarida taъminlovchi vazivasida ishlatilishi mumkin.

Konveyer transporti kon korxonalarida foydali qazilmalarni zaboydan Yer osti yoki ochiq kon lahimlari bo‘ylab va undan keyin kon tepasidan boyitish fabrikasi yoki temir yo‘l vagonlariga yuklash punktigacha, tog‘ jinslarini esa ag‘darmagacha tashish uchun xizmat qiladi.


YUklar tashiladigan lahimlarning uzunligi, odatda, bir necha kilometrni tashkil qiladi, ayrim hollarda esa bir necha o‘n kilometr bilan o‘lchanadi. SHaxtada bir vaqtning o‘zida bitta emas, odatda bir nechta qazish va tayyorlov zaboylari ishlaganligi tufayli, Yer osti transporti yo‘llarni ko‘p shoxobchalarga bo‘linib ketishi bilan tavsiflanadi. Ularni murakkablik darajasi konning kon - geologik sharoiti va uni qazish tartibiga boђliq. Yo‘llar ko‘pincha o‘zoro ketma - ket olmashiladigan gorizontal, qiya, baъzilarida esa vertikal uchastkalardan tashkil topishligi transport sxemasini yanada murakkablashiga olib keladi.
Misol tariqasida 2–rasmda shaxtada ko‘mirning bir yo‘la uchta qiya qatlami qazib olinishidagi konveyer transporti sxemasi keltirilgan. Lahimlarning nomi rasm osti yozuvlarida berilgan. Rasmda strelkalar bilan yuk oqimining yo‘nalishi ko‘rsatilgan.



2-rasm. Shaxtada uchta qatlam qazib olinishida transport lahimlari sxemasi: 1-yarus shtreki; 2 va 3 – panel bremsbergi va ukloni; 4 va 5 – uchastka bremsbergi va ukloni; 6 - asosiyshtrek; 7 - kvershlag; 8 - stvol atrofi lahimlari; 9



  • vertikalstvol

Yer osti konveyer transportining yana bir hususiyati, ayniqsa, zaboyda va unga bevosita yaqin joylashgan lahimda - uning jihozlarini jilishi, konveyer qurilmalarining surilishi va zaboyning jilishiga qarab ularni uzaytirilishi yoki qisqartirilishi. Bularning hammasi konveyer transportining konstruksiyasiga maxsus talabalar qo‘yadi va ularni ishlatishni ancha murakkablashtiradi. Misol tariqasida 3 – rasmda lava bilan konveyerli lahimni tutashgan joyida transport qurilmalarining ishlash sxemalari keltirilgan.


Birinchi sxemada (3, a - rasm) teleskop ko‘rinishidagi konveyer va uning orqasiga qo‘shimcha qo‘yilgan yuktushirgich - yukortkich (peregrujatel) dan iborat teleskopik majmua qo‘llanilgan, bunda A-tasmaning ortiqchasini qirqib tashlamasdan konveyer liniyasi qisqarishining kattaligi. Bu sxemada konveyer uzunligi kamaygan holda tasmaning uzunligi kamaymayalgi.
Ikkinchi sxemada (3, - rasm) oddiy Lentali konveyer va unga ko‘mir yuklovchi surilma yuktushirgich – yukortkich qo‘llanilgan.
Bu sxemada lava surilishi natijasida uzunligi o‘zgarmaydi, yuktushirgich – yukortkich esa surilib konveyer tasmasining ustiga chiqib boradi. Bunda V – konveyerni qisqartirmasdan turib konveyer liniyasi qisqarishining kattaligi.
Karyer konveyer transport tizimlari quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: kon- texnik sharoitlar, foydali qazilmani ochish va qazib olish tartiboti, qo‘llanilayotgan ochish va qazib olish uskunalari turiga, Karyerning ishlab chiqarish quvvatiga. Ushbu omillarga bog‘liq ravishda Karyer konveyer tizimlarini ikki asosiy guruhga ajratish mumkin: 1) ko‘p cho‘michli ekskavatorlar yordamida yumshoq va uncha qattiq bo‘lmagan kon jinslarini qazib olishda qo‘llaniladigan transport tizimi; 2) burg‘ilab-portlatish usuli bilan yumshatilgan qattiq va yarim qattiq kon jinslarini bir cho‘michli ekskavatorlar yoki cho‘michli yuklash mashinalari yordamida yuklash bilan qo‘llaniladigan transporttizimi.
Karyerlarda birinchi guruhga mansub transport tizimlarida uzluksiz yuk oqimi zaboydan boshlab roltorli yoki zanjirli ekskavatorlar yordamida hosil qilinadi. Ekskavator yordamida massivdan ajratib olingan kon jinslari ag‘darma hosil qilgichga zaminga o‘rnatilgan konveyerlar yordamida (transport sxemasi) uzatiladi yoki ag‘darma hosil qilgichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda qayta-yuklagich qurilmalar yordamida (transport-ag‘darma sxemasi) uzatilishi mumkin. Ikkinchi guruhga mansub transport tizimida kon jinslari bir cho‘michli ekskavator yoki yuklash mashinasi yordamida dastlab maydalagich bunkeriga to‘kadi, va yuk oqimi uning tagidagi uzatish konveyeridan boshlanadi. Bunda maydalagich qurilmalari turg‘un, yarim turg‘un va harakatlanuvchi bo‘lishi mumkin va odatda yirik bo‘laklar shaklida maydalanadi. Bo‘laklarning o‘lchami konveyerlarning ishlash talabidan kelib chiqadi (100-300 mm). Ayrim joylarda maydalagich qurilmalari o‘rniga elakli bunkerlar (groxot) ishlatiladi. Bunda elak tirqishlariga sig‘magan bo‘laklar alohida yig‘iladi va ko‘pincha avtosamosvallar yordamida tashiladi.
Turg‘un va yarim turg‘un maydalagich qurilmalari o‘rnatilgan joylarda foydali qazilma yoki kon jinslari avtomobil transporti yordamida etkazib beriladi. Maydalangan kon jinslari konveyer transporti yordamida ag‘darmaga yoki boyitish fabrikasiga uzluksiz tashiladi. Bunday transport tizimiga “kombinatsiyalashgan transport tizimi” deyiladi.
Karyer koveyer transporti tizimiga Karyer ichida tashishdan tashqari yukni yuqoriga ko‘tarish va er yuzasi bo‘ylab tashish ham kiradi. Qoplama jinslar ag‘darmaga, foydali qazilmalar esa boyitish fabrikasi bunkeriga, magistral temir yo‘l bunkeriga, er yuzasidagi skladlarga, baъzi hollarda IES va metallurgiya zavodlarigacha etkazib beriladi.
Karyer konveyer transportining bir necha tavsifiy tizimlarini ko‘rib chiqamiz. To‘liq konveyerlashtirilgan ko‘mir konida konveyerlar, ekskavatorlar, ag‘darmahosil qilgich va qayta yuklagichlarning joylashish sxemasi 18.4-rasmda ko‘rsatilgan.

Qoplama jinslari yuqoridan qamrovchi rotorli ekskavator va pastdan qamrovchi zanjirli ekskavatorlar bilan qazib olinadi va har ikkala ekskavator zaboy konveyeri 3 ga yukni to‘kadi. Zaboy konveyeri esa yukni Karyer bortida joylashgan uzatish konveyeri 4 ga va undan keyin ag‘darma konveyeri 5 ga uzatiladi. Ag‘darma konveyeri oraliq zveno orqali ag‘darma hosil qilgich qabul qilish bunkeriga yukni bo‘shatadi. Kon jinslari ichki ag‘darmaga bo‘shatiladi. Ko‘mir esa rotorli ekskavator 7 yordamida qazib olinadi va zaboy konveyeri 8 ga uzatiladi, undan ketma-ket joylashgan 9 va 10 pog‘onalar bo‘ylab qayta-yuklagichlar yordamida yuqoridagi konveyer 11 ga uzatiladi. Ushbu sxemadagi 3 va 8 zaboy konveyerlari hamda ag‘darma konveyeri 8 suriluvchi bo‘lib, zaboy va ag‘darma frontining surilishiga mos ravishda surilish imkoniyatiga ega.


Xuddi shunday sxemaning to‘rtta ochish pog‘onali Karyerdagi ko‘rinishi 5, a-rasmda ko‘rsatilgan. Bunda ikkita yuqorigi pog‘onadan qazib olinayotgan kon jinslari bitta zaboy konveyeri va lentali qayta yuklagich orqali Karyer bortiga ko‘tariladi, ikkita pastki pog‘onadan esa transsheyada turg‘un o‘rnatilgan qiya lentali konveyer orqali ko‘tariladi. Ko‘mir esa qarama-qarshi tomonda joylashgan bortdagi transheyada o‘rnatilgan qiya lentali konveyer yordamida yuqoriga ko‘tariladi.
5, b-rasmdagi sxemada yuqorigi va pastki pog‘onalardagi yuk oqimlari quyidagicha bo‘lingan: yuqoridagi pog‘onalardagi yuk oqimi tashqi ag‘darmaga, pastki pog‘onalardagi yuk oqimi esa ichki ag‘darmaga yo‘naltirilgan. Foydali qazilma esa davriy transport vositalariga yuklanadi va tekis uzaytirilgan transheya yordamida yuqoriga olib chiqiladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan transport tizimlarida qoplama jinslarini tashiyotgan lentali konveyerlar Karyer perimetri bo‘ylab uchta tomonda joylashadi
va ichki ag‘darmaga, ikki tomonda joylashgan bo‘lsa tashqi ag‘darmaga tashiydi. Bunday transport tizimlari turli xil kon-texnik sharoitlar uchun yuqori universal xarakterga ega, lekin har ikkala holda, ayniqsa birinchi variantda Karyer o‘lchamlarining kengayishi bilan konveyerlar uzunligining oshishiga va kapitall xarajatlarning ortishiga sabab bo‘ladi.

Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar “transport-ag‘darma sxemasi” da kuzatilmaydi. CHunki zaminga uzun konveyer liniyalarini o‘rnatish talab etilmaydi. Bunday transport tizimida kon jinslari zaboy ekskavatoridanichki ag‘darmaga eng yaqin yo‘l bilan transport-ag‘darma ko‘prigiga yoki qayta- yuklagichlar orqali ag‘darma hosil qilgichlarga uzatiladi.


Bunday transport tizimlarida yuk oqimi rotorli ekskavator yuk tushiruvchi strelasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ag‘darma hosil qilgich qabul qilish strelasiga uzatiladi (6,a-rasm), yoki tizim manevrligini oshirish uchun oraliq lentali qayta yuklagichlar yordamida uzatiladi (6,a-rasm).
Yuqorida ko‘rib chiqilgan tizimlar qattiq rudalar va boshqa kon jinslarini qazib olishda qo‘laniladigan transport tizimlaridan sezilarli farq qiladi. Bunday tizimda maъlumki portlatish usuli bilan yumshatilgan kon jinslari bir cho‘michli ekskavatorlar yordamida avtomobil transportiga yuklaydi, avtomobil transporti esa yig‘ish funksiyasini o‘tab maydalagich qurilmasiga tashiydi. Maъlum bo‘laklarga maydalangan jinslar konveyerlar yordamida tashiladi. Bunday sharoitlarda harakatlanuvchi maydalash qurilmalari ishlatilsa kon jinslari zaboydan boshlab konveyerlar yordamida tashilishi mumkin. Agar portlatilgan jinslar etarli darajada maydalangan bo‘lsa maydalash uskunasi o‘rniga xarakatlanuvchi g‘alvir ishlatilishi mumkin. Bunda yirik bo‘lakli yuklar ajratilib alohida tashiladi, asosiy yuk oqimi esa konveyer transporti yordamida tashiladi.


Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar
В.В. Ржевский. Открытые горные работы. Производственные процессы. М.: Книжный дом «Либроком», 2010.-512 с.
В.В. Ржевский. Открытые горные работы. Технология и комплексная механизация. М.: Книжный дом «Либроком», 2010.-522 с.
Н.Я. Репин. Подготовка горных пород к выемке. М.: изд. «Горная книга», 2009.-188 с.
Н.Я.Репин, Л.Н.Репин “Производственные процессы. Практикум” Москва 2010 г.
Download 32.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling