Konvolyutsion neyron tarmog'i (cnn): oldinga tarqalish Konvolyutsiya qatlami


Download 241 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi241 Kb.
#1553430

3-Amaliy mashg`ulot.
1. Neyron tarmoqlarni regulyarizatsiyalash masalasi va undan foydalangan holda masalani yechish
2. Svertkali neyron tarmoqlar(CNN) arxitekturasi, svertka jarayonini amalga oshirish.
Namuna:
Konvolyutsion neyron tarmog'i (CNN): oldinga tarqalish
Konvolyutsiya qatlami
Biz tasvirlardan ob'ektning shakli va qirralarini qanday qilib aniqlashimizni bilasizmi? Konvolyutsion neyron tarmoq buni piksel qiymatlarini solishtirish orqali amalga oshiradi.
Quyidagi rasmda bizga 8 raqamining tasviri va ushbu tasvirga to’liq mos keluvchi piksel qiymatlari keltirilgan (1-rasm). Rasmga diqqat bilan ahamiyat beradigan bo’lsak. Raqamning chetlari atrofidagi piksel qiymatlari hamda o'rtasidagi piksel qiymatlari orasida sezilarli darajada farq borligini sezishimiz mumkin. Demak, bu yerda shakilni aniqlashning oddiy usuli qo'shni piksel qiymatini solishtirishdan iborat.



1-rasm. Konvolyutsion neyron tarmog'i (CNN) orqali rasmni tanib olish.

Bu jarayonda biz qanday yo’l tutishimiz kerak? Piksel bo'ylab harakat qilishimiz va bu qiymatlarni solishtirishimiz kerakmi? Yo'q! Ushbu ma'lumotni olish uchun tasvir filtr bilan (shuningdek, bu jarayonda qatnashayotgan filter tushunchasi matematik modelda "yadro" sifatida ham ataladi va shu nomda yuritiladi) konvolutsiya (svyortka) qilinadi.
Konvolyutsiya ko'pincha matematik tarzda yulduzcha * belgisi bilan ifodalanadi. Agar bizda kiruvchi tasvir qiymati X sifatida ifodalangan bo’lsa va f harfi bilan ifodalangan filtr (yadro) mavjud bo'lsa, u holda ifoda quyidagicha bo'ladi (1):
(1)
Keling, biz oddiy misol yordamida konvolyutsiya jarayonini tushuntirib o’tishga harakat qilamiz. Bizga 3 x 3 o'lchamdagi rasm va 2 x 2 o'lchamdagi filtr berilgan deb faraz qilaylik (2-rasm).



2-rasm. 3 x 3 o'lchamdagi rasm va 2 x 2 o'lchamdagi filtr.

Bu jarayonning matematik amallar ketma-ketligini quyidagicha tushuntirish mumkin. Filtr tasvirlarning ma’lum katakchalarini o’z ichiga olgan bo’lakchalardan o'tadi, mas katakchalardagi elementlar bo'yicha ko'paytirishlar amalga oshiriladi hamda qiymatlar umumlashtiriladi:



(1*1 + 7*1 + 11*0 + 1*1) = 9
(7*1+2*1 + 1*0 + 23*1) = 32
(11*1 + 1*1 + 2*0 + 2*1) = 14
(1*1 + 23*1 + 2*0 + 2*1) = 26



3-rasm.

3. Sun’iy intellekt ochiq proyekt (open source projects) dasturidan foydalangan holda ixtiyoriy masalani yechish.


Namuna: Quyidagi (Open source projects) lardan foydalanish mumkin

Open source projects

1. Tensorflow
2. Hugging Face Transformers
3. Opencv
4. Pytorch
5. Keras
6. Stable Diffusion
7. Deepfacelab
8. Detectron2
9. Apache Mxnet
10. Fastai

11. Open Assistant
12. Mindsdb
13. Dall E Mini
14. Theano
15. Tflearn
16. Ivy
17. Yolo7
18. Fauxpilot
19. Paddlenlp
20. Deeppavlov

Download 241 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling