1. 1) Abssissalari nol bo'lgan nuqtalar qayerda joylashgan? 2) Ordinatalari nol bo'lgan nuqtalar qayerda joylashgan?
Javob: 1) Ordinatalar o'qi; 2) Abssissalar o’qi.
2. Abssissasi manfiy bo'lgan nuqtalar qaysi choraklarda joylashgan? Ordinatasi musbat bo'lgan nuqtalar-chi?
Javob: 1) II va III chorakda; 2) I va II chorakda.
3. Agar: bolsa, AB va CD kesmalar kesishish nuqtasining koordinatalarini toping.
Javob: (0;1);
Quyidagi rasmda tasvirlangan nuqtalarning koordinatalarini yozing. Ularning abssissalari va ordinatalarini ayting.
5. Uchlari: 1) (1; 1), (-1; 1), (-1; -1), (1; -1); 2) (1; 0), (0; 1), (-1; 0), (0; -1) nuqtalarda bo'lgan to'rtburchak yasang. Bu qanday to'rtburchak bo'ladi? Nima uchun?
6. Markazi koordinata boshida va radiusi 2 sm bo'lgan aylana chizing. Aylananing Ox, Oy o'qlari bilan kesishish nuqtalarining koordinatalarini yozing.
Javob: (2;0); (-2;0); (0;2); (0;-2);
7. (-3; 4) va (2; -1) nuqtalar orqali o'tuvchi to'g'ri chiziq chizing. Bu to'g'ri chiziq qaysi choraklardan o'tadi?
Javob: I, II va IV choraklarda.
8. 1) Faqat ikkita chorakdan o'tuvchi to'g'ri chiziqlar chizing.
2) To'g'ri chiziq faqat bitta chorakda yotishi mumkinmi?
9. 1 kg uzum 250 so'm turadi. Bozordan sotib olingan uzum massasi bilan unga to'langan pul miqdori jadvalda berilgan. Ma'lumotlarni grafikda tasvirlang.
Uzum, x (kg)
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
Pul, у (so'm)
|
0
|
250
|
500
|
750
|
1000
|
1250
|
1500
|
1750
|
2000
|
2250
|
Ко'rsatma: OX o'qiga sotib olingan uzum massasini, Oy o'qiga unga mos to'langan pulni qo'ying. (x; y) nuqtalarni belgilang va ularni ketma-ket to'g'ri chiziq kesmalari bilan tutashtiring.
10. 1) I, II va III choraklardan; 3) II, III va IV choraklardan
2) I, II va IV choraklardan; 4) I, III va IV choraklardan o'tuvchi ikkitadan to'g'ri chiziq chizing.
11. A(-3; 0), B(-3; 2), C( 1; -1) nuqtalarni koordinata sistemasida belgilang. 1) Ular bitta to'g'ri chiziqda yotadimi? 2) AB kesma o'rtasining koordinatasini toping.
Javob: 1) yo’q; 2) (-3;1).
12. Koordinata tekisligida uchlari: A(2; 2), B(2; 0), C(0; 0) nuqtalarda bo'lgan uchburchak chizing va turini aniqlang.
Javob: teng yonli to’gri burchakli uchburchak.
|