Koordinatsion birikmalar hosil bo`lishda ligandlarning o`rni va ularning tuzilish izomeriyasi


Kimyo fanining atrof muhitni himoya qilishdagi va ekologiya muammolarini hal qilishdagi roli


Download 95.02 Kb.
bet12/15
Sana09.04.2023
Hajmi95.02 Kb.
#1345690
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Koordinatsion birikmalar hosil 4

Kimyo fanining atrof muhitni himoya qilishdagi va ekologiya muammolarini hal qilishdagi roli

Hozirgi kun talablariga texnologik jarayonlarning ekologik jihatdan javob bermasligi sababli barcha sanoat ishlab chiqarish korxonalarida katta miqdorda chiqindilar hosil bo'lib, ular gaz chiqindilari, sanoat oqova suvlari, shlak, shlam va boshqa holatlarda atrof-muhitga kelib tushadi. Ushbu chiqindilar turli xil noorganik va organik moddalardan tashkil topgan bo'lib, ular atmosfera havosini, tabiiy suv havzalarini, tuproqlarni zaharlab, o'simliklar va hayvonot olamiga hamda inson salomatligiga katta zarrar yetkazmoqda. Lekin sanoat rivojlanishini fan-texnika taraqqiyotini to'xtatib bo'lmaydi, chunki bu yer sharidagi aholining yashash sharoitlarini keskin yomonlashib ketishiga va global muammolarni yana ham keskinlashishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga fan yutuqlari inson va tabiatning o'rtasidagi munosabatlarni murakkablashtirilishi bilan bir vaqtda paydo bo'layotgan muammolarni yechish uchun ham katta imkoniyatlar yaratadi. Bunda kimyo faniga alohida e'tibor qaratiladi, chunki barcha ifloslantiruvchilar - bu kimyoviy moddalar.
-Kimyoviy birikmalar atrof-muhitga kelib tushgandan so'ng unda uzoq vaqt saqlanib turishi, to'planishi yoki turli yo'llar orqali chiqib ketishi mumkin yoki o'zaro bir biri va biosferaning komponentlari bilan reaksiyaga kirishib, yangi ikkilamchi ifloslantiruvchi moddalarni hosil qilib, flora va faunaga zararli ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Ma'lumki, hozirgi zamon biosferasining holatini belgilovchi jarayonlar atmosfera, gidrosfera, litosfera va tirik organizmlardagi fizikkimyoviy o'zgarishlarga bog'liq. Bu o'zgarishlar esa faqatgina tabiiy omillarga emas, balki antropogen omillarga ham bog'liqdir. Bu o'zgarishlarni kimyo fanining turli yo'nalishlari bo'lgan geokimyo, agrokimyo, fotokimyo, gidrokimyo va biokimyo kabi fanlar o'rganadi. Ammo atrof-muhitda sodir bo'layotgan global o'zgarishlar biosferadagi jarayonlar bilan biogeokimyoviy sikllarning o'rtasida uzviy bog'liqlik borligi haqida dalolat beradi. Biosferaning turli qismlaridagi o'zgarishlarni va ularning bir-biriga bog'liqhgini «Atrof-muhit kimyosi» fani o'rganadi.

Download 95.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling