Koordinatsion birikmalar hosil qilish uchun misollar.
-
Suvsiz tuzlar (CuSO4, NiSO4, CoCl2) suv bilan о‘zaro ta’sirlashganida kristallgidratlarga (masalan, CuSO4 · 5H2O, NiSO4 · 7H2O, CoCl2 · 6H2O) aylanadi. Bu tuzlarning suvdagi eritmalarida [Cu(H2O)4]2+, [Ni (H2O)6]2+ va [Co(H2O)6]2+ tarkibli kompleks ionlar mavjud.
-
Al3+, Cr3+, Sn2+, Zn2+, Pb2+ va Co2+ ionlarining tuzlari eritmasiga alohida – alohida probirkalarda ozginadan NaOH eritmasi qо‘shilganda eritmada metallarning gidroksidlari chо‘kmaga tushadi. Probirkalarga mо‘l miqdorda NaOH eritmasi quyib chо‘kmalarni eritiladi, natijada har bir eritmada [Al(OH)6]3-,[Cr(OH)6]3-, [Sn(OH)4]2-, [Zn(OH)4]2-, [Pb(OH)4]2-, [Co(OH)4]2- tarkibli gidrokso koordinatsion birikmalarning ionlari hosil bо‘ladi.
-
Cu2+, Zn2+ va Ni2+ tuzlari eritmasiga konsentrlangan ammiak eritmasidan qо‘shiladi. Hosil bо‘lgan metall gidroksidlar mо‘l miqdordagi ammiak eritmasida eritiladi. Natijada [Cu(NH3)4] (OH)2, [Zn (NH3)6] (OH)2, [Ni(NH3)6] (OH)2 tarkibli birikmalar hosil bо‘ladi.
-
Ikki idishdagi Zn2+ va Cd2+ tuzlarining eritmalariga Na2SO3 ning konsntrlangan eritmasidan bir necha tomchi solib ZnSO3 va CdSO3 larning chо‘kmalarini hosil qilinadi. Sо‘ngra ikkala probirkaga mо‘l miqdorda Na2SO3 eritmasini qо‘shsak, [Zn (SO3)2]2- va [Cd(SO3)2]2- tarkibli koordinatsion birikmalarning ionlari hosil bо‘ladi.
Odatda koordinatsion birikma hosil bо‘lishini eritma rangi yoki moddalar eruvchanligining о‘zgarishi orqali kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |