Koʻp bilim sohalarida turli ishlab chiqarish harakat faoliyatlarida buyum-hodisa
Download 42.11 Kb. Pdf ko'rish
|
Gimnastika - Vikipediya
Gimnastika Gimnastika Koʻp bilim sohalarida turli ishlab chiqarish harakat faoliyatlarida buyum-hodisa tushuncha jarayonlarini qisqacha Bu maqola vikilashtirilishi kerak. Ko‘proq o‘rganish ifodalash maqsadida maxsus atamalardan foydalaniladi. Jismoniy tarbiyada, jumladan, behad koʻp mashqlar qoʻllaniladigan gimnastikada atamalar juda muhim rol o‘ynaydi. Milliy gimnastika tizimining yaratilishi XIX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu ijtimoiy talablar oqibati edi. Urush qilish usullari bir vaqtda harakat qilishni, buyruqlarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni talab qilardi. O‘sha davr pedagoglari va shifokorlariga gimnastika yoshlarni jismonan tarbiyalashning birdan bir to‘g‘ri uslubi bo‘lib ko‘rinardi. Milliy gimnastika tizimining yaratilishi XIX asrning birinchi yarmiga kelib, gimnastika taraqqiyotida uch yo‘nalish ko‘zga tashlana boshladi: • gigiyenik yoʻnalish (gimnastika odamning salomatligini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirish vositasi hisoblanardi); • atletik yoʻnalish (gimnastika murakkab mashqlarni, shu jumladan, gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlarni qo‘llash yo‘li bilan insonning harakat sifatini rivojlantirish vositasi, deb hisoblanardi); • amaliy yo‘nalish (gimnastika urushda uchraydigan turli toʻsiqlardan oshib o‘tishni askarlarga o‘rgatish vositasi hisoblanardi). Markaziy Osiyo hududida, jumladan, O‘zbekistonda gimnastikaning davolash, sog‘lomlashtirish, amaliy jismoniy tarbiyaning yo‘nalishlari ilmiy asoslangan tarixiy negizlarga ega. Qadim zamonlardan aholi turli xil jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlarni katta bayram va toʻylarda tashkillashtirishgan. Navro‘z, Hosil bayrami va boshqa tantanalarda otda poyga, yugurish bo‘yicha musobaqalar, olomon-poygalar, O‘zbekistonda gimnastikaning taraqqiy topishi chovgon o‘yinlari, dorbozlar chiqishlari kabi ko‘ngilochar tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilib turilgan. Abu Ali ibn Sino «Tib qonunIari»da jismoniy tarbiyaga katta e’tibor bergan. O‘z kitobida salomatlikni muhofaza qilish qoidalarini ko‘rib chiqar ekan, buyuk mutafakkir jismoniy mashqlarni sog‘lomlashtirish va davolash amaliyotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida mukammal tarzda so‘z yuritadi. Ibn Sino olimlar orasida birinchi bo‘lib, jismoniy mashqlarni odam organizmiga ijobiy ta’sirini «Uzluksiz chuqur nafas olish jarayonini keltirib chiqaruvchi erkin harakat jismoniy mashq deyiladi», deb ta’riflagan . Maxsus ishlab chiqilgan harakat formalari gimnastikaning tipik vositalari (mashqlari) hisoblanadi. Ular yordamida odamning hayotiy muhim harakatlantiruvchi qobiliyatlari takomillashtiriladi. Ko‘p mashqlar odamlarning mehnat, harbiy va turmush faoliyatidan (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvozanat saqlash, uloqtirish, to‘siqlardan oshib o‘tish, yuk tashish) va hokazolardan olingan. Gimnastikaning asosiy vositalari Gimnastika mashqlari pedagogik vazifalarga hamda harakatlantiruvchi faoliyat strukturasiga muvofiq tarzda quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi: Saf mashqlari – safda birgalikda bajariladigan, shug‘ullanuvchilarda faoliyat strukturasiga muvofiq bo‘lib harakat qilish malakalarini, qad-qomatni rostlovchi, ritm va sur’at hissasini tarbiyalashga yordamlashadigan harakatdir. Umumrivojlantiruvchi ayrim bo‘g‘in, qismlarda bajariladigan, ya’ni har yoqlama jismoniy tayyorgarlik uchun, organizmning funksional imkoniyatlarini kengaytirish va qad-qomatni tarbiyalash uchun qo‘llaniladigan mashqlardir. Erkin mashqlar – tanani ayrim a’zolari bilan qilinadigan turli harakatlarni, shuningdek, akrobatik va xoreografik mashqlarni birga qo‘shib bajarishdir. Amaliy mashqlar – yurish, yugurish, uloqtirish, tirmashib chiqish, oshib o‘tish, emaklab o‘tish, muvozanat saqlash, to‘siqlarda oshib o‘tish va hokazolar. Sakrash (tayanmay va tayanib) sakrovchilarni rivojlantirish, shuningdek, oyoq va qo‘llarning kuchini, harakat tezligi aniqligini, chaqqonlik va dadillikni rivojlantirish uchun qo‘llaniladi. Snaryadlarda bajariladigan mashqlar – sport gimnastikasining eng xarakterli vositalaridir. Ulardan ko‘zda tutilgan va statik holatlarni ham o‘z ichiga olgan muvozanat saqlash mashqlarini birlashtiradi. Badiiy gimnastika mashqlari – gimnastika asboblari (arg‘amchi, gardir, to‘p, cho‘kmarlar va h.k.) bilan va gimnastika asboblarisiz ijro etiladigan mashqlar.¹ ¹Morgunova I.I. Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi – Tashkent, 2011 y . 31 b. Ko’p bilim sohalarida turli ishlab chiqarish harakat faoliyatlarida buyum-hodisa tushuncha jarayonlarini qisqacha ifodalash maqsadida maxsus atamalardan foydalaniladi. Jismoniy tarbiyada, jumladan, behad ko’p mashqlar qo’llaniladigan gimnastikada atamalar juda muhim rol o‘ynaydi.[tahrir | manbasini tahrirlash. Atamalar mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchilar bilan o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlarini yengillashtiradi. Gimnastika atamalari gimnastikadan boshqa mashg’ulotlarda ham qo’llaniladi. Atamalarning ahamiyati Gimnastika mashqlarining aniq nomini bilmasdan turib, uni o’rganish qiyin. Gimnastika atamasi–bu gimnastika mashqlari umumiy tushunchalari, jihozlar, inventarlarning nomlarini qisqacha ifoda etish uchun qo’llaniladigan maxsus nomlar (atamalar) sistemasi, shuningdek, atamalar shartli qoidalaridir. Gimnastikadan atama deganda, biron harakatlanuvchi faoliyat yoki tushunchaning qisqacha shartli nomi tushuniladi. Boshqa sohalardagi kabi, gimnastika atamasi ham jismoniy tarbiya taraqqiyoti bilan, jumladan gimnastika taraqqiyoti bilan bir qatorda takomillashib bordi. Gimnastika atamasi 1938 yilda joriy etilgan. Olib borilgan ko’p izlanishlar va muhokamalar natijasi o’laroq, 1965 yilda gimnastika federatsiyasi amalda atamalarga so’nggi o’zgartirish va qo’shimchalarni kiritdi. Gimnastikadan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish joylari Gimnastikadan o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari odatda maxsus jihozlangan gimnastika zallarida yoki ochiq maydonchalarda o‘tkaziladi. Gimnastika mashg‘ulotlari quyidagidek zallarda o‘tkazish ko‘zda tutiladi. Umumta’lim maktablari va internet maktablari uchun: Zallarda jihozlar uchun qo‘shimcha xonalar, instruktorlar xonalari, yechinib kiyinadigan xonalar (erkak va ayollarga), shuningdek dush va xojatxonalar bo‘lishi kerak. Ular qulay joylarda bo‘lishi darkor. Oliy o‘quv yurtlari uchun . ³ ¹Morgunova I.I. Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi – Tashkent, 2011 y . 43,44,45….77. ²Cross Fit . Gymnastics training guide . Copyright 2015. Mazmunidan olindi. ³Morgunova I.I. Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi – Tashkent, 2011 y . 167-203 b. Oyoq siltash uchun kon. Bo‘yi 160 sm eni 36 sm, dastaklari 40-45 sm oraliqda simmetrik o‘rnatilgan, dastaklarning kon sirtidan balandligi 12 sm, poldan esa 120 sm bo‘ladi. Sakrash uchun kon. Uning o‘lchamlari ham dastkali konga o‘xshash bo‘ladi. Konning poldan balandligi 110-150 sm, ayollar uchun 110 sm balandlikda bo‘ladi. Kozyol. 100 sm dan 160 sm gacha bo‘lgan balandlikda ko‘ndalang yoki uznasiga qo‘yiladi. Bo‘yi 60 sm, qalinligi 40 sm. Bruslar. A) erkaklar parallel bruslar yog‘ochning uzunligi 350sm, poldan 160-170sm balandlikda o‘rnatilib oralig‘i 42-62sm bo‘ladi. b) ayollarning bruslari (balandligi xar- xil) pastki yog‘och 130-150sm, yuqori yog‘och 190-249sm balandda bo‘ladi; yog‘ochlar oralig‘i 43-55sm. Turnik tortqichlar yordamida mustahkamlangan tik tirgovuchlari gorizontal mahkamlangan, silliqlangan diametri 28 mm temir tayoqdan iborat. Mashg‘ulotning mazmuniga qarab turnik balandligini xar-xil balandlikda 120 sm dan 240 sm gacha o‘rnatsa bo‘ladi .¹ P. Edwards M.A. Gymnastics, London, The Royal Navy, 1999. 37st OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 1.Morgunova I.I. Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma – Tashkent, Ilm-ziyo - 2011 y 2. Сушко Г.К. Гимнaстикa и методикa её Adabiyotlar преподaвaния. Учебное пособие Т.: ILM-ZIYO.-2012 г 3. P.Edwards M.A. Gymnastics, London, The Royal Navy, 199 Vikipediyada « Sport » loyihasi bor Ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, (ht tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title= Gimnastika&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/index .php? Bu sahifa oxirgi marta 24-Sentyabr 2023, 07:50 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). title=Gimnastika&oldid=3892617 " dan olindi Download 42.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling