oylik muddatda ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi vazifalarini
amalga oshiruvchi boshqaruv
tashkilotini yoki boshqaruvchini belgilaydi.
Agar ushbu moddaning
ikkinchi
qismida
ko‘rsatilgan muddat mobaynida joylarning
mulkdorlari tomonidan ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli to‘g‘risidagi masala hal etilmagan bo‘lsa
yoki ko‘p kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash to‘g‘risida
qabul qilingan qaror amalga
oshirilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining
hududiy bo‘linmasi ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi
tashkilotni yoki
boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazadi.
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli umumiy yig‘ilishning qarori asosida istalgan vaqtda
o‘zgartirilishi mumkin. Umumiy yig‘ilishning boshqaruv usulini tanlash to‘g‘risidagi
qarori mazkur
ko‘p kvartirali uydagi barcha joylarning mulkdorlari uchun majburiydir.
23-modda. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun ochiq tanlov o‘tkazish
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun ochiq tanlov quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
tanlovda ishtirok etish uchun teng sharoitlar yaratish;
halol raqobat;
tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi axborotni olish erkinligi.
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini tanlash
bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston
Respublikasi Uy-joy kommunal
xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga va boshqa ommaviy axborot vositalariga
joylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy bo‘linmasi
ko‘p kvartirali uyni boshqarish bo‘yicha tanlovning tashkilotchisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: