Ko'p qavatli epiteliy


Download 1.46 Mb.
Sana28.03.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1301351
Bog'liq
KO\'P QAVATLI EPITELIY

KO'P QAVATLI EPITELIY


Reja:
Ko‘p qavatli yassi epiteliy
Epiteliy
Ko‘p qavatli yassi epiteliy asosan himoya funksiyasini bajaradi, shuning uchun ham u tananing ko‘proq tashqi ta’sirotlarga uchraydigan joylarini qoplaydi.
Ko‘p qavatli yassi epiteliy qavatma – qavat joylashgan hujayralardan tuzilgan, uning faqat bazal qavatidagi hujayralari bazal membranada yotadi.
Ko‘p qavatli epiteliy 3 turga bo‘linadi:
1 Ko‘p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy;
2. Ko‘p qavatli yassi muguzlanadigan epiteliy;
3. O‘zgaruvchan epiteliy.
Ko‘p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy.
Bu epiteliy og‘iz bo‘shlig‘ining ichki yuzasini, qizilo‘ngachning shilliq qavati va ko‘z muguz pardasini qoplaydi.
Uning ustida bir necha qavat joylashgan ko‘p qirrali hujayralarni ko‘ramiz.
Bu qavat tikansimon hujayralar qavati deb yuritiladi.
Tikansimon hujayralar orasida hujayralararo ko‘prikchalar mavjud.
Electron mikroskop orqali tekshirilganda bu ko‘prikchalar sitoplazmatik o‘simtalardan tashkil topganligi aniqlangan bazal hujayrani va o‘simtali hujayralarning sitoplazmasida spesifik tuzilmalar – tonofibriallar joylashgan.
U bazal hujayralarda epiteliy yuzasiga perpendikulyar, yuqori qavat hujayralarda hujayra yuzasiga parallel yotadi va ularda tayanch funksiyasini bajaradi.
Bu hujayralar o‘zining hayot siklini tugatib muguzlanmay tushib ketadi, shuning uchun ham bu muguzlanmaydigan epiteliy deyiladi.
Ko‘p qavatli yassi muguzlanadigan epiteliy. Bu epiteliy terining epidermis qavatini tashkil qiladi. Morfofunksional xususiyatlariga qarab 5 ta qavat tafovut qilinadi: bazal, tikansimon hujayralar qavati, donador, yaltiroq va muguz qavatlar.
Bazal va tikansimon hujayralar qavati muguzlanmaydigan ko‘p qavatli yassi epiteliydagi birinchi va ikkinchi qavatlarning tuzilishiga o‘xshaydi.
Donador qavat sitoplazmasida k e r a t o g i a l i n donachalar yassilashgan hujayralardan tashkil topgan.
Yaltiroq qavat asosan kaft va tovon terisida uchraydi. Hujayralar yassi, chegaralari aniq ko‘rinmaydi, sitoplazmasida e l e i d i n oqsil moddasi bo‘ladi.
Yaltiroq qavat hujayralari muguz tangachalar hosil bo‘ladigan bir holatidir. Yadro va sitoplazma organlari parchalanadi va yaltiroq qavat bor joyda eleidendan, boshqa qismlarda esa tonofibrialla materialidan keratin hosil bo‘ladi.
Muguz qavat yassi muguzlangan hujayralardan tuzilgan. Yassi muguzlangan hujayralar doimo tushib, uning o‘rniga pastki qavatdagi hujayralar siljib keladi.
Bazal va o‘simtali hujayralar bo‘linib, ko‘payib differensiallashadi hamda muguzlanish prossesiga uchraydi va tushib ketadi, uning o‘rnini boshqa hujayralar to‘ldiradi.
Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling