Ko’payish
Download 56.35 Kb.
|
1460191558 62083
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinsiy Ko’payish
Izogamiya — ushbu jarayonda morfologik jihatidan bir hil va vegitativ hujayralarda hosil bo‘lgan gametalar qo‘shilib zigotani yuzaga keltiradi. Izogamiyaning ko‘rinishlaridan biri matashuvchilarda va diatom suvo‘tlarida vegitativ hujayralarni o‘zaro qushilishidir.
Oogamiya — harakatsiz yirik tuxum hujayraning mayda, xivchinli, harakatchan spermatozoid bilan qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Ushbu jarayon ham suvo‘tlarining har xil sistematik guruhlarida keng tarqalgan bo‘lib, qizil suvo‘tlarida spermatozoidlar, o‘rnida xivchinsiz spermatsiyalar hosil bo‘ladi. Suvo‘tlarining tarkibida jinsiy a’zolari ko‘p hujayrali bo‘lgan vakillari ham mavjud. Bularga xara va qizil suvo‘tlarining ayrim vakillari misol bo‘ladi.
Jinsiy ko‘payish hosilasi bo‘lgan zigotalar ayrim suvo‘tlarining vakillarida to‘g‘ridan — to‘g‘ri o‘sib chiqishi mumkin yoki ma’lum tinchlik davrini o‘tgach, qulay sharoit vujudga kelishi bilan o‘sadi. Ayrim paytlarda zigota o‘sib chiqishidan oldin reduksion bo‘linadi va hosil bo‘lgan tallom gaploid bo’ladi. Bunday tallomning faqat zigota, davrigina diploid bo‘lib, o‘simlikning vegetativ davri gaplobiont hayoti diploid holda o‘tib, faqat gametalarigina gaploid bo‘lishi kuzatiladi. Bunda gametalar hosil bo‘lishidan oldin reduksion bo‘linadi. Diploid zigotadan esa yana diplobiont vujudga keladi, va nihoyat uchinchi xil suvo‘tlarida hujayra yadrolarining bo‘linishi diploid tallomda rivojlanadigan zoospora yoki aplanosporalar hosil bo‘lishiga olib keladi.
Download 56.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling