Koʻpincha darmonsiz, ogʻir xastalik oqibatida uzoq vaqt


Download 118.53 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.01.2023
Hajmi118.53 Kb.
#1109033
Bog'liq
Yotoq yara - Vikipediya



Yotoq yara
Yotoq yara — koʻpincha darmonsiz, ogʻir
xastalik oqibatida uzoq vaqt
koʻrpatoʻshak qilib yotib qolgan
bemorlarda tananing suyak boʻrtib
chiqqan joylari (dumgʻaza, tirsak, tovon,
kallaning ensa qismi)da paydo boʻladigan
yara. Asosan boʻrtib chiqqan suyaklar teri
osti yogʻ qatlamining yupqaligi va terining
doimo bosilib, mahalliy qon aylanishining
buzilishi sabab boʻladi. Yostiqtumor.
Bunda yumshoq toʻqimalar iriydi. Uzoq


vaqt bitmaydigan chuqur Yo. ya. orqa
miya shikastlanganda, shuningdek, orqa
miyaning siqilib qolishi bilan kechadigan
kasalliklarda; yirik nervlar, mas, quymich
nervi zararlanganda esa tovonda hosil
boʻladi. Vitamin yetishmovchiligida,
moddalar almashinuvi buzilganda Yo.
ya.ning paydo boʻlish xavfi koʻpayadi.
Yuraktomir sistemasi yetishmovchiligiga
chalinib, tinkamadori qurigan bemorlarda
Yo. ya. tez — bir kun ichida hosil boʻlishi
mumkin. Yo. ya.da yuqumli kasalliklar
(toshmali terlama, ich terlama va b.)
zoʻrayib ketadi. Shilliq qavatni yot jismlar
qisib qoʻyganida ham Yo. ya. paydo
boʻlishi ehtimoli bor. Bemorni notekis
toʻshakka yotqizish, choyshabning


ifloslanib, yigʻilib qolishi, ich kiyimning
choklari va burmalari qalin boʻlishi, uringa
toʻkilgan ovqat qoldiklari, bemorni
palapartish parvarish qilish Yo. ya. hosil
boʻlishiga olib keladi. Yo. ya. astasekin
rivojlanganda avvaliga chegarasi noaniq
koʻkimtirqizil soha koʻzga tashlanadi,
soʻngra epidermis (terining yuza qavati)
koʻchib tusha boshlab, pufakchalar hosil
boʻladi (bu jarayon boʻlmasligi ham
mumkin). Ichkariga va yon tomonlarga
yiringli shish tarqalib, muskul, pay va
suyaklar usti ochilib qolib, nekroz
(toʻqimalarning irishi) roʻy beradi. Yo.
ya.dan saramas, flegmona, sepsis, gazli
gangrena kabi asoratlar qolishi mumkin.


Oldini olish. Bemorni toʻgʻri parvarish
qilish va holatini muntazam ravishda
oʻzgartirib turish (agar bunga monelik
boʻlmasa, miyasiga qon quyilmagan va
miokard infarkti boʻlmagan boʻlsa); uni
choyshab tekis qilib yozilgan maxsus
toʻshakka yotqizish va h. k. Yo. ya. hosil
boʻlishi ehtimoli boʻlgan joylarga, mas,
dumgʻaza va quymich tagiga choyshab
oʻralgan yoki jild kiydirilgan rezina tuvak,


tovon tagiga ichiga paxta solingan doka
doiralar qoʻyiladi; bemor qorni bilan
yotganda esa bunday doiralar tizza
qopqogʻi, doʻnglar va yonbosh suyaklari
tagiga qo'yiladi. Badanning eng koʻp
botadigan joylari kuniga 1—2 mahal
kamfora spirti yoki boshqa spirtli
eritmalar bilan artib turiladi. Bunda yengil
massaj (uqalash) ham qilib boriladi (yana
q. 
Bemorni parvarish qilish
). Asosan
ultrabinafsha nurlar, antiseptik vositalar,
margansovka (kaliy permanganat) va h.
k. bilan davolaniladi. Yo. ya. paydo
boʻlganda bemorning umumiy ahvolini
hisobga olgan holda doridarmonni vrach
tayinlaydi. Rahmatilla Rahmonov.
[1]


1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Yotoq_yara&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Yotoq_yara&oldid=3500139" 
dan olindi
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 18-Dekabr 2022, 04:55 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 118.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling