Ko‘prik kechuvlari qidiruvlarida dala ishlari. Reja
— rasm. Ko’prikli o’tish joyining tafsilotli planiga misol
Download 122.6 Kb.
|
4.4.KO‘PRIK KECHUVLARI QIDIRUVLARIDA DALA ISHLARI
2— rasm. Ko’prikli o’tish joyining tafsilotli planiga misol.
O’tish joyidagi yo’l trassasi odatdagi tartibda davlat trigonometrik tarmog’ining yaqindagi belgilariga bog’danadi. Batafsil planning kengligi tafsilot plani kengligiga teng qilib olinadi, uzunligi esa (ya’ni daryo o’zani bo’ylab) ko’prikli o’tish joyidagi butun inshootlar kompleksini loyihalash uchun yetarli bo’lgan uzunlikda qabul qilinadi. Taxeometrik s’yomka minutli teodolit-taxeometr bilan olib boriladi, bunda qo’shimcha yo’llar, odatda, har ikkala oxiri bilan o’tish joyi trassasiga chiqadigan berk ko’rinishda qo’llanadi. Batafsil planni s’yomka qilish hududida nivelirlash uchun reperlar o’rnatilib, ular qo’sh nivelirlash yo’li bilan nishonlarga yoki aniq nivelirlash reperlariga bog’lanadi. Yirik masshtabli planlarda relefning kesimi, odatda, 1 m oralatib qabul qilinadi. Agar 1 m oralatib o’tkazilgan gorizontallar sirt relefi xaqida yetarlicha tassavur bermasa, balandlik bo’yicha 50sm oralatib qo’shimcha gorizontallar o’tkaziladi. Batafsil planlarning mashhtablari katta daryolar uchun 1:5000 va boshqa daryolar uchun 1:2000. . .1:1000 qabul qilinadi. Planlarni s’yomka qilishdan tashqari, geodezik ishlar tarkibiga o’tish joyidagi yul o’qini rejalash, gidrologik va gidravlik hisoblashlar uchun zarur bo’lgan morfostvorlarni rejalash va gidrometrik kuzatishlar o’tkaziladigan stvorlarni rejalash kiradi. Bu stvorlarni rejalash, odatda, batafsil planni s’yomka qilish uchun bajariladi. Barcha stvorlarning kesimlari alohida chiziladi. Stvorlarning joyini albatta poligonga bog’lanadi, poligon planni s’yomka qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi va piketaj burilish burchaklari va hokazolarni ko’rsatgan holda planga chizib qo’yiladi. Stvorlarga nishon qoziqlari qoqish teodolit bo’yicha olib boriladi. Chiziqlarni po’lat lenta bilan ikki marta o’lchanadi. Yetib bo’lmaydigan masofalar uchburchaklardan reja tortib va tomonlarning uzunligini bazis bo’yicha va uchburchaklarning uchlaridagi uchta o’lchangan burchak bo’yicha hisoblash yo’li bilan o’lchanadi. Pretsizion dalnomerli yuqori aniqlikdagi teodolit bo’lgan holdagina borib bo’lmaydigan masofalarni aniqlash uchun dalnomerdan foydalanish mumkin. Shu maqsadlarda yorug’lik dalnomerlari ishlatilishi ham mumkin. Stvorlardagi nuqtalarning balandlik belgilari nivelirlash yo’li bilan aniqlanadi. O’zanini o’zgartirib oqadigan daryolardan o’tish joylarida geodezik ishlarning ancha ko’p hajmi yetarlicha katta sondagi stvorlarni rejalashda bajariladi. Bu ishlar o’zan chuqurligi bilan uning kengligi h= ƒ(β) o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash va uning «normal» kengligi B0 ni aniqlash uchun zarurdir. Bu stvorlar qoziq; qoqib rejalanadi, ular bo’yicha piketajlar barpo qilinadi, suvning o’rtacha sathi va baland toshqinlarning o’tish izlari belgilanadi, o’zan tubi niverlirlanadi. Bu holda tafsilot plani (polosasi)ni s’yomka qilish shart emas. S’yomka qilinayotgan stvorlarning o’rniga alohida e’tibor berish zarur. Avvalambor daryo o’zanining tor joylarida (bo’g’izlarda) o’zanni toraytiruvchi inshootlar o’qi bo’ylab joylashgan stvorlar s’yomka kerak. Ularning ma’lum miqdori o’zan yaqqol o’zgargan qismlarda s’yomka qilinishi kerak, bu yerda o’zan ortiqcha kengligi bilan xarakterlanadi. S’yomka qilinadigan barcha stvorlar suv va cho’kindilar sarfi bir xil bo’lgan zonada joylashgan bo’lishi kerak. Odatda bunday zonaning uzunligi bir necha o’n kilometrdan oshmaydi. Aniq topografik xaritasi bo’lmagan va trassaning umumiy yo’nalishini tanlash juda qiyinlashgan past-balandli, tekshirilmagan joydagi ko’prikli o’tish joylarida yo’llarni o’tkazishda aerofotos’yomkani qo’llash qulaydir. Aerofotos’yomkadan foydalanish ikki hil bo’lishi mumkin. Avvalambor, joyni samolyotdan turib ko’zdan kechirib va xarakterli joylarni tanlab fotos’yomka qilishni qo’llab, trassaning ehtimoliy vaziyati va suv oqimi orqali qulay o’tish joylari aniqlanadi, chunki daryoning asosiy o’lchamlarini va plandagi qiyofasi (ko’rinishi)ni, shuningdek, daryo vodiysining ko’rsatmali elementlarini bunday rekognosirovka uchishlarida aniqlash qiyin emas (bunday usul aerovizual qidiruv nomi bilan yuritiladi). So’ngra aerofotos’yomka yo’nalishli tarzda qo’llanishi yoki yo’lni trassalash bo’yicha qabul qilingan yechimlarni asoslovchi va alohida uchastkalarda trassa o’rnini aniqlashtirishga imkon beruvchi fotoplanlar va topografik xaritalar tuzish uchun ancha katta maydonlarda qo’llanishi mumkin. Trassani o’tkazish uchun relefning xarakterli nuqtalarini (daryo vodiylari, tor dovonlari) bilish zarur bo’lgan kuchli past-balandli joylarda radionivelirlash qo’llanadi, shuningdek, altimetr bo’yicha joy belgilarini taxminiy aniqlash usulidan foydalaniladi. Keyingi usul pastlab uchishda nivelirlash deb ataladi. Aerofotos’yomkalarning konkret usullari, suratlarga ishlov berish va ularni deshifrovka (sifatini va sonini) aniqlash maxsus qo’llanmalarda (ko’rsatmalarda) bayon etiladi. Aerofotos’yomka shuningdek, joyning umumiy geologik tavsiflarini tuzish uchun ham foydalidir. Download 122.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling