Betonning bo’ylama cho’zilish mustahkamligi bo’yicha sinfi Bt ko’pgina inshootlarda (masalan, gidrotexnika inshootlarida) beton mustahkamligining asosiy ko’rsatkichi hisoblanadi. Betonning cho’zilishdagi mustahkamligi siqilishdagiga nisbatan 10 – 20 marta kam bo’lib, quyidagi empirik formula yordamida aniqlanadi:
(1.1)
Bo’ylama cho’zilish mustahkamligi bo’yicha betonning quyidagi sinflari belgilangan: Bt0,8; Bt1,2; Bt1,6; Bt2; Bt2,4; Bt2,8; Bt3,2. Beton sinfi konstruksiyaning vazifasi va ishlash sharoitiga bog’liq holda texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar asosida belgilanadi.
Betonning qirqilishdagi mustahkamligi Rsh = 2Rbt, sinishdagi mustahkamligi (l,5 – 2)Rbt, ko’p sonli takroriy yuklanishlardagi mustahkamligi Rr=(0,95 – 0,5)Rbt bo’ladi.
Shunday qilib, turli xil quch ta’siri ostida betonning mexanik mustahkamligi taxminan quyidagi qiymatlarga ega:
kubiklarni siqqanda R;
prizmalarni siqqanda (0,7…0,8)R;
o’q bo’ylab cho’zilishda (0,05…0,1)R;
egilishdagi cho’zilishda (0,1…0,18)R;
sof qirqilishda (0,15…0,3)R;
yorilishda (0,1…0,2)R.
Betonning sovuqbardoshlik bo’yicha markasi deganda, suv shimdirilgan betonni navbatma-navbat muzlatib eritganda beton namunalari bardosh beradigan sikllar soni tushuniladi. Og’ir beton uchun sovuqbardoshlik bo’yicha quyidagi markalar belgilangan: F50; F75; F100; F150; F200; F300; F400; F500.
Cyv o’tkazmaslik bo’yicha beton markasi sinalayotgan namunadan suv sizib o’tishi kuzatilmaydigan bosimni ifodalaydi. Suv o’tkazmaslik markalari – W2; W4; W6; W8; W10; W12, bunga mos qeladigan suv bosimlari – 0,2; 0,4; 0,6; 0,8; 1,0; 1,2 MPa. Zo’riqtirilgan beton uchun W12 dan kam bo’lmasligi kerak.
Zichlik bo’yicha beton markasi uning quritilgan holatdagi o’rtacha zichligini ifodalaydi. Yengil betonlarning zichlik bo’yicha markasi D800 dan D2000 ga qadar har 100 oraliqda o’zgarib boradi. Zichligi 2000 – 2200 kg/m3 bo’lgan betonlar o’rta vaznli, 2200 kg/m3) dan ortiq bo’lganlari esa og’ir betonlarga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |