Koreya Respublikasi, norasmiy nomlari: Janubiy Koreya, Koreya


Download 393 Kb.
bet7/7
Sana13.02.2023
Hajmi393 Kb.
#1196017
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Koreya Respublikasi

Asosiy maqola: Koreya Respublikasi aholisi

Koreyslar Seuldagi istirohat bogʻida hordiq chiqarishmoqda.

Janubiy Koreyada din
















Xristianlik


29.3%

Buddizm


22.8%

Von Buddizmi


0.3%

Konfutsiylik


0.2%

Cheondoizm


0.1%

Dinsiz


46.5%




Aholi soni - 51 814 400 nafar (2022). Zichlik 533 kishi. Janubiy Koreya aholisining katta qismini koreyslar tashkil etadi. Bundan tashqari mamlakatda kamida 300 ming nafar xitoyliklar istiqomat qilishadi. Janubiy Koreyaliklar oʻrtacha 81.6 yil umr koʻrishadi.
Deyarli hamma koreys tilida soʻzlashadi, maktablarda ikkinchi til oʻlaroq inglizyaponxitoyolmon va boshqa tillar oʻrgatiladi.
2020-yil maʼlumotlariga koʻra Janubiy Koreya aholisining 56 foizi dinsizdir.[13][14] Qolgan aholi oʻzini yo xristian, yoki buddist, deb koʻrsatgan; boshqa dinlar nihoyatda kam tarqalgan.
Madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
BTS - K-pop, rap, rock yo'nalishlarida muvaffaqiyat qozonib kelayotgan eng mashxur guruhlardan biri. Jamoa a'zolari Jimin, Jung Kook a V o'zlarining chiroyi bilan nafaqat koreys balki, xitoy, yapon, thai, hind va shu jumladan o'rta osiyolik qizlarni ham e'riboriga tushgan.

TVXQ - K-pop janrida ijro etuvchi mashhur koreys guruhlaridan biri.

Qish Sonatasi seriali shuhrati Oʻzbekistonga ham yetib kelgan.
Janubiy Koreya ommaviy madaniyati Osiyo qitʼasi va umuman dunyoda yoyilmoqda. XXI asrda paydo boʻlgan bu fenomen koreys toʻlqini deb nomlandi. Bu fenomen oʻz ichiga K-pop (koreys pop) musiqasi, koreys teleseriallari va filmlarini oladi.
Zamonaviy texnologiyalarning koreyslar hayotiga chuqur kirib borgani ularning madaniyatiga kuchli taʼsir qildi. Koreys yoshlari orasida videooʻyinlar shunchalik ommalashganki, matchlar hatto telekanallarda ham namoyish etiladi (misol sifatida Arirang kanalida tez-tez koʻrsatiluvchi Starcraft translatsiyalarini keltirish mumkin).
Sporti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fayl:Fifa202 korea.jpg
2002-yilgi futbol boʻyicha Jahon Chempionatidagi Koreya koʻrsatgan natijani koreys xalqi esdan chiqarmaydi.
1988-yil Yozgi Olimpiada oyinlari va 2002-yil futbol boyicha Jahon Chempionatining juda ham yuqori saviyada oʻtkazilishi Koreya Respublikasi sporti tarixidagi eng katta yutuqlardan biri hisoblanadi. 17-Futbol Jahon Chempionati 3-ming yillikda birinchi boʻlib Koreya va Yaponiyada oʻtkazildi. Binobarin, bu Osiyo qitʼasida birinchi bor futbol Jahon Chempionatining oʻtkazilishi boldi. Va eng muhimi, Koreya Respublikasi milliy futbol terma jamoasi birinchi bor yarim finalgacha yetib keldi. Albatta, bu juda ham gʻaroyib hodisa boʻlib, koʻpchilikni hayratga soldi. Janubiy Koreyalik futbolchilarning ajoyib ishtiroki Koreyaning xalqaro arenadagi oʻrnini jadal ravishda yuqorilatdi va Koreya tovarlarining talabi oshdi. Albatta muxlislarning oʻrni ham juda katta boʻldi. Koreyalik muxlislar oʻzlariga "Red Bulls" degan nomni shior qilishib oʻz futbolchilarini qoʻllab quvvatlashda charchamadilar va butun dunyoni hayratga soldilar. 2002-yil futbol Jahon chempionati oʻyinlarini 3,6 mln muxlis stadiondan turib va milliardlab muxlis oynai jahon orqali tomosha qilishga muvaffaq boldilar.
Fayl:Olomon sport korea.jpg
Koreya futbol ishqibozlari ommasi dengiz kabi oqqan.
Koreya maydoni boʻyicha ham, aholining soni boʻyicha ham katta davlatlar qatoridan joy olmagan boʻlsa-da, janubiy Koreya futbolchilarining ishtiroki yuqori boldi. Koreya terma jamoasi 6 marta futbol jahon chempionati final bosqichlariga chiqqan bolib, ulardan 5 marotabasi ketma-ket boʻlgan. Bu esa — misli koʻrinmagan voqeadir. Bunaqasi hali Osiyoda boʻlmagan.
Koreya sportning boshqa turlarida ham juda ajoyib natijalarni koʻrsatmoqda: short-trek, yengil atletika (marafon), dzudo, taekvando, boks, erkin va klassik kurash, kamon otish, stend oʻtish, badminton, gandbol va chim ustida xokkey sport turlari bular safidandir.
Jahon klassikasi darajasidagi Koreya beysbolchilari AQSh va Yaponiyada juda ham mashhurdir. Pak Chan Ho "Houston Astros" safida juda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan boʻlsa, Kim Ben Hen "Florida Marlins", So Je Ung — esa "Tampa Bay Devil Rays" safidadir. Qolaversa bir necha koreys futbolchilari Yevropa va Yaponiya klublarida toʻp surishadi.
Shuningdek, Koreya golf boʻyicha ham oʻz yutuqlari bilan faxrlanadi. Koreya golfchilari Pak Se Ri, Kim Mi Hen, Han Hi Von va Greys Pak hozirga kelib butun dunyoga mashhur boʻlib ulgirgandir, chunki ular bir necha bor LPGA turniri va AQSh ochiq chempionati gʻoliblari boʻlishgan. 2002-yil golfchi Choy Ken Dju ketma-ket PGA ikki titulini qoʻlga kiritgan.
Janubiy Koreyalik tennischilar ichida birinchi bor xalqaro turnir gʻolibi Li Hen Tek boldi. 2003-yil yanvar oyida Li Hen Tʼek "Adidas International" turnirida birinchi oʻrinni egalladi. Bu turnir Sidneyda (Avstraliya) boʻlib oʻtgan.
Hozirgi paytda Koreya hukumati mamlakatda sportni rivojlantirish maqsadida 5 yillik rejani amalga oshirmoqda (2003-2008-yy). Uning uchun 2,8 trillion KRV ajratilgan ($2,3 mlrd). Bu reja sportning deyarli barcha turlarini rivojlantirishga moʻljallangan boʻlib va qoʻshimcha professional sport, yangi sport texnologiyalarini ishlab chiqish va koʻplab sport inshootlarini qurishga ham yoʻnaltirilgan.
Koreyada ommaviy sport turlari bu — futbol, basketbolvolleybol va anʼanaviy sport turi bolgan belbogʻ kurashdir (SSIRIM). Bu sport turlari juda ham koʻp muxlislarni jalb qiladi. Bundan tashqari alpinizm, yugurishbadminton, suzish, aerobika, stol tennisi, bouling, skvosh, tennis va golf ham ommaviy sport turlaridir. Alpinistlarning juda ham koʻp boʻlganligidan koreyslarning nafaqat sportga boʻlgan qiziqishini, balki tabiatga boʻlgan muhabbatini ham koʻrish mumkin. Qolaversa mamlakat maydonining 70%i togʻli qismdan iboratdir.
Sport sohasidagi muhim aspektlardan biri bu Shimoliy Koreya bilan boʻlgan munosabatlarni ijobiylashtirish va oʻzaro almashuv dasturlarni amalga oshirishtir, zero sport bu tinchlik va doʻstlik elchisidir. Shimoliy Koreya sportchilari Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan ikkita katta xalqaro musobaqalarda ishtirok etganlar, 2002-yil Pusan yozgi Osiyo oʻyinlarida va 2003-yil Tegu yozgi Universiadasida.
Koreys kurash sanʼati taekvondo — milliy sport turi boʻlib, hozirga kelib butun jahonda mashhurdir. Bu sport turi bilan 40 mln odam shugʻullanib kelyapti. 2000-yil Sidney Olimpiada oʻyinlarida esa, taekvando Olimpiada sport turlari ichiga qoʻshildi.
2003-yil mart oyiga kelib Janubiy Koreya sport sohasini rivojlantirish yoʻlida dunyoning 23 davlati bilan shartnomalar imzoladi. Sport almashunuvlari 43 Milliy Olimpiya qoʻmitalari bilan olib borilmoqda. 2008-yil Pekin yozgi Olimpiada oʻyinlarida esa Janubiy Koreya, ajralmas Koreys Yarimoroli nomidan bitta bayroq ostida ishtirok etish niyatidadir.
Download 393 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling