Koreya tarixi


Download 27.92 Kb.
Pdf просмотр
bet1/14
Sana28.04.2017
Hajmi27.92 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

V.  S.  Xan
KOREYA  TARIXI
«Baktria  press» 
Toshkent -  2013
www.ziyouz.com kutubxonasi

Y/JK 94 (519) 
K B K  63.3 (5 K o p ) 
X  26
X a n   V.S.
K o re y a  tarixi/ V.C.  Xan.  - T o s h k e n t :  Baktria  Press,  2013. - 128 6.
M a z k u r   kitob  Vatan  ta rix sh u n o slig id a   K o re y a   tarixiga  oid   dastlabki 
n a sh r  hisoblanadi.  M u a llif  tarix  fanida  e rish ilg a n   y a n g i  ilm iy   natijalar 
a so sid a   K o re y a   ya rim   oroli  va  k o re y s  m a d a n iy a tin in g   e r g  q a d im g i  d a v r- 
la rd a n   to  h o z irg i  k u n g a c h a   b o 'lg a n   tarixi  to 'g 'r is id a g i  m a 'lu m o tla m i 
ilm iy -o m m a b o p   tarzda  tahlil  q ilgan.  K it o b n in g   alo hid a   boblari  k o re y s 
diasporasi,  0 'z b e k is t o n   va  K o re y a   R e sp u b lik a la rin in g   o 'z a ro   aloqalariga 
b a g 'ish la n g a n .
0 'q u v   q o 'lla n m a   K o re y a   tarixi  va  m ad a n iya ti  b ilan  q iz iq u v c h i  m aktab 
o ‘q uvchila ri,  talabalar,   q it u v c h ila r   va  k e n g  k ito b xo n la r  o m m a si  u c h u n  
m o'ljallangan.
K E K  63.3 ( 5 K o p )
Ta rjim o n :
A d h a m jo n  A s h ir o v
T a q rizch ila r:
tarix fanlari d o k to ri N .  K a rim o v a ; 
filo lo giya  fanlari d oktori  V.  N am .
O 'z b e k is to n   R e s p u b lik a s i  xalq  ta 'lim i  V a z irlig i  h u z u rid a g i  R e sp u b lik a  
ta'lim   m arka zi  h a m d a    z b e k i s t o n   R e sp u b lik a si  O liy   va   r t a   m a x s u s  
ta 'lim   V a zirlig i  h u z u rid a g i  0 'z b e k is t o n n in g   e ng  y a n g i  tarixi  m asalalari 
b o 'y ic h a   M u v o fiq la sh tiru v c h i-m e to d ik   m a rk a zi  to m o n id a n   n a sh rg a   tav- 
siya  etilgan.
Kitob  Koreya  Respublikasining   zbekistondagi  elchixonasi  huzuridagi  Ta'lim
 
markazi homiyligida chop qilindi.
© K o r e y a   R e s p u b lik a s in in g  T o sh k e n td a gi T a 'lim   m arka zi 
©  V. S. X a n  
©  Baktria p re ss
www.ziyouz.com kutubxonasi

M U N D   A R I J A
Kirish  ............................................................................................. 4
I Bob.  Qadimgi d a v r .............................................................   6
II Bob.  Qadimgi  C h o s o n .....................................................  14
III Bob.  Uch podsholik davri  ...............................................24
IV Bob.  Birlashgan Silla  davlati  ..........................................41
V Bob.  Koryo d a v la ti............................................................. 48
VI Bob.  Choson s u lo la s i........................................................69
VII Bob.  Mustamlaka davri.  Koreya urushi
va  Koreyaning bo'Iinishi  ......................................... 99
VIII Bob.  Bo'lingan K o r e y a ................................................ 111
IX  Bob  Koreya  va 0 'z b e k is t o n ........................................ 123
Tavsiya qilinadigan a d a b iy o tla r.....................................   127
www.ziyouz.com kutubxonasi

4
KIRISH
Afrosiyob  devoriy  suratlari  orasida  VII  asrda  O siyoning  shar- 
qiy  hududida  joylashgan  Tinch  okean  qirg‘oqlarini  yuvib  turuv- 
chi  uzoq  Kogoryo  m am lakati  elchilarining  Sam arqand  hukm dori 
saroyiga  tashrifi  ifodalanganligini  ko'rish  m um kin.  K eyinchalik 
m a'lum   m uddat bu  davlatlar orasidagi o'zaro aloqalar uzilgan.  Bi- 
roq,  globallashuv  jarayonida  odam lar  va  sarm oyalarning  chegara 
bilm asligi  natijasida  uzoq  m am lakatlar  orasidagi  o'zaro  m unosa 
batlar  odatiy  holatga  aylanm oqda.  Q olaversa,  kom m unikatsiya- 
ning  yangi  tizim i  -   tezyurar  transport,  internet,  uyali  aloqa  vosi- 
talari  orqali  turli  m intaqalarda  yashovchi  odam lar  vaqt  va  m akon 
chegarasini sezm agan  holda  m uloqotda bo'Im oqdalar.
Bugungi  kunda O 'zbekiston  va  Koreyani  o'zaro  strategik ham 
korlik  aloqalari  birlashtirm oqda.  Tabiiyki,  ikki  m am lakat  xalqla- 
rining  o'zaro  qiziqishlari  ham  kundan  kunga  oshib  borm oqda. 
Koreya  Respublikasi  O 'zbekiston  iqtisodiyotining  eng  yirik inves- 
torlaridan  biri  hisoblanadi.  M inglab  koreyslar  m am lakatim izga 
tashrif  buyurm oqdalar,  o'z  navbatida,  ko'plab  o‘zbekistonliklar 
Koreyaga  biznes,  ish,  o'qish  va  dam   olish  uchun  borishi  natijasida 
koreyslar o'zbek va  rus tillarida,  o'zbekistonliklar esa  koreys  tilida 
bem alol  so'z!ashm oqdalar.  Aynan  yaqin  aloqalar  tufayli  har  ikki 
m am lakat  haqida  yanada  ko'proq  m a'lum otga  ega  bo'lishga  inti 
lish  ham   tabiiy  holatdir.  Keng  kitobxonlar  om m asi  e'tiboriga  ha 
vola etilayotgan  m azkur kitob  ushbu  m aqsadni  am alga  oshirishga 
qaratilgan.
Koreya tarixiga oid o'zbek va rus tillarida chop etilayotgan  ush- 
bu  kitob m am lakatim izdagi birinchi nashr hisoblanadi.  To'g'ri,  av- 
vallari  ham   0 'z b e k isto n g a   Koreya,  Rossiya  yoki  Q ozog'istondan 
rus  tilida  chop  etilgan  va  kam  nusxadagi  nashrlar  kirib  kelgan. 
Shuningdek,  2012  yili  N izom iy  nom idagi  Toshkent  davlat  peda- 
gogika  universitetida  "M am lakatshunoslik.  Koreya  R espublikasi" 
nom li o'quv qo'llanm a chop etilgan bo'lib, unda nafaqat m am lakat
www.ziyouz.com kutubxonasi

KIRISH
5
tarixi,  balki  iqtisodi,  ta'lim   sohasi,  tilshunosligi,  adabiyoti,  etnog- 
rafiyasiga oid  m a'lum otlar berilgan  Biroq,  m azkur kitobda tarixga 
birm uncha  qisqa  o'rin   ajratilgan  va  rus  tilida  kam   nusxada  chop 
etilgan.  U m um an  olganda,  so'nggi  yillarda  qator  oliy  o'quv  yurt- 
larining  koreyashunoslik bo'lim larida  tayyorlangan  o'quv  m ateri- 
allaridan  am alda  aynan  m azkur  o'quv  yurti  talabalarigina  foyda- 
lanish im koniga ega.
U shbu  nashr  keng  kitobxonlar  om m asi  uchun  m o'ljallangan 
bo'lib,  unda  avvalo,  yoshlarga  hududiy  jihatdan  uzoq,  lekin  qa- 
rashlari jihatidan  yaqin  qo'shniIarim iz  haqida  um um iy  m a'lum ot 
berilgan.  M uallif,  garchi  Koreya  tarixi bilan  b og'liq  ko'plab  tarixiy 
m a'lum otlarni bayon qilishiga qaram ay, kitobda b a'zi tarixiy voqe- 
alar va ular bilan  bog'liq ismlar, joy nom lari,  sana va raqam larning 
batafsil izohini berm agan. Chunki,  kitobning hajm ini inobatga ola- 
digan  bo'lsak,  m azkur  nashr  Koreya  haqidagi  m a'lum otnom aga 
aylanishiga  sabab  bo'lgan   b o'lar  edi.  Shubhasiz,  bunday  nashm i 
tayyorlash  m uallifning asosiy m aqsadi em as.  Kitobda  Koreya  tari- 
xi bilan bog'liq  tarzda  bayon qilingan sharh va tafsilotlar kelgusida 
m aktab,  litsey,  kollej  va  oliy  o'qu v  yurtlari  uchun  tayyorlanadigan 
tarix darsliklarini  to'ldirib, o'quvchi va  talabalarning Koreya haqi- 
dagi bilim lari  yanada boyishiga xizm at qiladi.
X u llas,  m uallif  kitobxonlarni  Koreya  tarixi  va  m adaniyatiga 
jalb  qilish  orqali  m azku r  m am lakatning  m urakkab  tarixini,  ko- 
reyslarn in g  uzoq  tarixiy  davr  bilan   b og 'liq   b o 'lg an   dunyoqara- 
shi  va  tafakkur  tarzini,  ularning erkinlikka  intiluvchi ruhi ham da 
m ehnatsevarligini,  iste'dodi  va  erishgan  yutu qlarini  yoritishga 
h arakat  qilgan.
M uallif  ushbu  n ashrning  chop  etilishida  b eg 'araz  yordam ini 
ayam agan  K oreya  R espublikasinin g  0 'z b e k isto n d a g i  elchixonasi 
huzu ridagi  K oreya  Ta'lim   m arkaziga  o 'z  m innatdorchiligini  bil- 
diradi.
V.
  S.  Xan 
Toshkent shahri,  2013 yil.
www.ziyouz.com kutubxonasi

6
IBob.
 
QADIMGI DAVR
T o sh   asri 
Zam onaviy  Koreya  hududida  ilk  inson  ajdod-
larining paydo bo'lishi quyi paleolit -  taxm inan 
500  m ing  yil  a w a lg i  clavrga  to'g 'ri  keladi.  Q uyi  paleolit  davriga 
xos  eng  qadim gi  m anzilgoh  Pxenyan  shahridan  janubi-sharqdagi 
K om unm oru g'ori bo'lib, bu yerdan arxeik tosh qurollar va  hayvon 
suyaklari  topilgan.  G 'or  sohiblari  qadim gi  odam lar  yoki  arxant- 
roplar -  H om o  Erectus  turi  bo'lgan  bo'Isa kerak.
Shim oliy  Koreyadagi  Sinn  tog'idan  H om o  N eanderthalensis, 
ya'ni o'rta paleolit odam i yoki paleoantropi (quyi jag' tish va o'm rov 
suyagi)  topilgan.  0 'r t a   paleolitga  Chom m al  g'ori  (Janubiy  Koreya) 
ham  tegishli bo'lib, bu g'or ham  olim lar fikricha, neandertal  odam - 
lar  m akoni  bo'lgan.  G 'ordan  gom inidning  bilak  suyagidan  tayyor- 
langan m ehnat qurollari, suyak qurollar, toshga aylangan hayvonlar 
va chig'anoqlar topilgan.  Arxeologlar tom onidan  topib  o'rganilgan 
ba'zi  suyaklarda  insonlar va  hayvonlar  tasviri  aks ettirilgan.  Balki, 
g'or sohiblari zam onaviy odam ajdodlari bo'lsa  kerak.
Zam onaviy odam  H om o Sapiens (neoantrop  yoki krom anon) ti- 
pidagi odam lam ing Koreya hududida paydo boMish da vri taxm inan 
yuqori  paleolit  davri,  ya'ni  40000 -  30000  yil  avvalgi  davrga  to'g'ri 
kelsa  kerak.  20 m ing yil  a w a lg i sana bilan baholangan Sokchanni  I 
(Janubiy Koreya) m anzilgohidan  insonlarga tegishli  soch qoldiqlari 
topilgan bo'lib, olim larning  ta'kidlashlaricha, bu  topilma  m ongolo- 
id  irqiga  tegishli ekan.  Shuningdek,  m azkur  m anzilgohdan o'choq, 
bo'yoq qoldiqlari, toshdan yasalgan it, ayiq va toshbaqalar topilgan. 
Tosh qurollar va hayvonlar suyaklari topilgan paleolit m anzilgohla- 
ri  ko'pincha  suv havzalari  yaqinida joylashgan.
K oreyada  m ezolit  (o'rta  tosh  asri)  davriga  oid bir qator  m anzil- 
gohlar  aniqlangan  bo'lib,  ulardan  m ayda  tosh  qurollar -   m ikrolit- 
lar topilgan.
Turli  taxm inlarga  ko'ra,  N eolit  davri  Koreyada  eram izgacha
www.ziyouz.com kutubxonasi

I  Bob.  Q A D IM C I  DAVR
7
boTgan  8 -5   m ing  yillikda  boshlangan.  Aynan  bu  davrda  toshga 
ishlov  berish  texnologiyasi  yuqori  daraja  rivojlangan  va  ayniqsa, 
xanjar ham da o'roqlar ishlab chiqarish takom illashgan. N eolit dav- 
riga oid  m anzilgohlar yarim  orol  bo'ylab,  ayniqsa,  daryo va  okean 
qirg'oqlarida uchraydi.  Ularda  tosh qurollar bilan bir qatorda baliq 
ovlash  uchun  zarur  boTgan  uzun  nayza,  suyakdan  yasalgan  qar- 
m oqlar ham  topilgani quyi  paleolit davrida aholining asosiy  taomi 
daryo va  dengiz hayvonlari boTganligidan dalolat beradi.
Keyinchalik,  so'nggi  neolit  davrida  tog'  yonbag'irlarida  va  te- 
paliklarda  yashagan  jam oalar  xo'jalik  m ashg'ulotlariga  an an av iy 
ovchilik va baliqchilik bilan birga dehqonchilik ham da chorvachilik 
kirib kelgan. N eolit m anzilgohlari sohiblari dehqonchilik m ahsulot- 
laridan -  tariq,  loviya  va boshqa o'sim liklam i  yetishtirganlar. Yem i 
haydash  asosan  qoTda  bajarilgan boTib,  ilk neolit  davrida  hayvon- 
lar xonakilashtirilm agan. Yer,  asosan, tosh om och  va  hayvon shoxi- 
dan  qilingan  kurak yordam ida  haydalgan;  hosil  tosh  va  suyakdan 
yasalgan o'roqlar yordam ida o'rilgan; yetishtirilgan don va yovvoyi 
boshoqli o'sim liklar tosh yorg'ichlar yordam ida yanchilgan.
O shxona  anjom lari  sifatida dastlab naqshsiz silliq xum , dekcha, 
yog'och  kosalar  paydo boTgan.  So'nggi  neolit  davrida  taroqsim on 
naqshli  va  bo'yalgan  kulolchilik  buyum lari  tarqala  boshlagan.  Su- 
yak  m ahsulotlari,  uchli  yoy,  bigiz,  garpun  (katta baliq lam i  ovlash- 
da  ishlatiladigan  uzun  nayza),  igna,  yer  qaziydigan  kurak  yasash 
texnologiyasi  rivojlangan.  Kiyim  tikish  va  baliq  ovlash  uchun  to'r 
to qishda  suyak  ignadan  tashqari,  urchuq  va  to'quvchilik  dastgo- 
hidan ham   foydalanilgan.
N eolit  davri  turar  joylari  dum aloq  yoki  to'rtburchak  shaklida- 
gi  yopiq  tomli  yertoTalardan  iborat boTgan.  Aynan m ana shunday 
turar  joylardan  birida  5  ta  o'choq  topilgan boTib,  bu  yerda  yasha- 
gan odam lar  urug'chilik  tuzum ida  hayot kechirishgan. Q ishloqlar 
esa  bir  necha  o'n  va  hatto,  yuz  yertoTadan  iborat boTgan.  Ijtim oiy 
qatlam larning  paydo  boTishi  bilan  bogTiq  keyingi  davrlarda  qa- 
bila  sardorlarining  dafn  m arosim lari  oddiy  fuqoralam ikidan  farq 
qilgan.
So'nggi  neolit  davrida   zbekistonliklar  uchun  m aTum   va 
m ashhur boTgan  koreyslarning uy  poli  ostidan  m axsus  tuynuklar 
orqali  isitish  tizim i  -  ortdol  paydo  boTgan.  Bu  isitish  tizim i  dastlab
www.ziyouz.com kutubxonasi

8
IB o b .  Q A D IM G I  D AVR
Shim oliy K oreyadagi N am pxadon yodgorligidan topiigan.  Uy poli 
ichki  qism ida kichik toshlardan  tayyorlangan m axsus yo']akiar or- 
qali  yuborilgan  issiq havo yordam ida  isitilgan.
B ro n z a   va ilk  
Bronza  asrining  K oreyaga  kirib  kelishi
te m ir asri 
borasida olim lar tom onidan turli sanalar
bildirilgan.  U lam in g  fikricha,  mil  avv. 
II—I m ing yilliklardan  tortib to mil.  avv. V II-V I asrlargacha  boMgan 
davr  bronza  asri  hisoblanadi.  Bundan  tashqari,  K oreyaning  yana 
bir o'ziga xos  xususiyati  shundaki,  aynan bronza  davri  m intaqada 
uzoq  davom  etm agan  va  mibavv.  III—II  asrlar  chegarasida  yakun- 
langan.  Temir buyum lar  esa  m il.avv.VII  asr  yoki  mil  avv.  IV  asr  -  
bronza  asri  (bu  yerda  ham  turli  xil  sanalar  ko'rsatiladi)da  paydo 
bo'lgan va bronza b u y u m larb ilan  bir vaqtda ishlatilib,  yangi  davr- 
da nisbatan  keng  tarqalgan.
Bronzadan  yasalgan  buyum lar  orasida  qilichlar,  pichoqlar,  nay- 
za  uchi,  bolta  va  oyboltalar,  ot-arava  buyum lari,  idish-tovoqlar, 
zeb-ziynat buyumlari,  oyna va  tangalar ko'proq uchraydi.  Bu  davr- 
da  toshdan  mehnat  qurollari  yasash  davom  etgan  bo'lib,  so'nggi 
bronza  va ilk temir davrida zargarlik buyum lari -  qim m atbaho z eb - 
ziynatlar, yarim qim m atbaho toshlar va  m unchoqlar yasalgan.
Bronza  davrida  odam lar  dastlab  baland  tepaliklardagi  man- 
zilgohlarda  yashaganlar.  K eyinchalik,  ular  o 'z  yashash  joylarini 
m udofaa  devorlari  bilan  o'raganlar.  N atijada  dehqonchilik  qilish 
uchun qulay m anzilgohlar paydo bo'lgan. Yerto'lalar kengaytirilib 
yarim  yerto'lalarga  aylantirilgan  va  ondol  isitish  tizim i  ancha  om - 
m alashgan.  Har bir m anzilgoh o'ntadan  yuztagacha bo'lgan  yarim  
yerto'lalardan iborat bo'Igan.  Binolar katta hajm da qurilganligi uc- 
hun ularda jam oa bo'lib yashashgan  deyish  m um kin.
Bu  davrda  dehqonchilikda  dukkakli  o'sim liklardan  -   tariq, 
arpa,  bug'doy va  n  xat ekilgan.
O dam lar  orasida  ijtim oiy  tabaqalanish  (aslzoda,  oddiy  odam - 
lar va qullar) mavjud  bo'lgan  U ru g '-q ab ilalar orasida hokim iyatni 
urug' va qabila sardorlari boshqarganlar. Faqatgina hukm ron taba- 
qa  vakillarigina  bronzadan  yasalgan  buyum lardan  foydalangan- 
lar. Aholining asosiy qismi esa tosh,  suyak va yog'ochdan yasalgan 
buyum larni  ishlatishgan.  Shuningdek,  ijtim oiy  tabaqalanish  dafn
www.ziyouz.com kutubxonasi

I  Bob.  Q A D IM C I  D AVR
9
m arosim ida  ham   o'z  ifodasini  topgan.  Bu  m ayitni  chuqur  o‘ra 
qiiib  dafn  etishdan  farqli  tarzda  tosh  qutili  (toshlar  bilan  qoplan- 
gan  plita)  qabrga  ko'm ishda,  keyinroq  dolm enlar  fhasham atli,  o'n 
tonnalarcha  keladigan  ko'm ish   inshootlari)ga  dafn  qilishda  ku- 
zatilgan.  O datda,  dolm enlar  qabilaning  aslzodalari  (hukm dor  va 
boshliqlari)ga  atab  qurilgan.  Bunday  inshootlar,  asosan,  tog'  jins- 
laridan,  ya'ni,  katta  tosh  bo'laklari  va  plitalaridan  qurilgan  bo'lib, 
ular stol  (xontaxta) yoki qo'ziqorin ko'rinishida yasalgan.  M arhum  
bilan  birga  qu ro l-yaro g'lar  (pichoq,  qilich,  boltalar),  taqinchoqlar 
va  bronzadan  yasalgan  oyna  ko'm ilgan.  Bunday  katta  inshootni 
barpo  etish  ko‘pchilikning  m ehnatini  talab  qilgan.  K eyinchalik 
dolm enlar  o'ziga  xos  etnom adaniy  an’anaga  aylangan  va  nafaqat 
aslzodalar,  balki oddiy xalq uchun ham qurilgan bo'lib, Koreyadan 
30 m ingga  yaqin dolm enlar topilgan.
Temir  paydo  bo'lishi  bilan  birga  bronzadan  yasalgan  m ehnat 
qurollari  ham   ishlatilgan. Temirdan qurol-yarog'lar, aravalar, qish 
loq  xo'jaligi  va  hunarm andchilik  asboblari  yasalgan.  Bronza  va 
so'ngra tem irdan foydalanish (ayniqsa, om och dehqonchiligi) m eh- 
nat unum dorligining  oshishi,  o'z  navbatida,  ortiqcha  m ahsulotlar- 
ning  ishlab  chiqarilishi  va  xususiy  m ulkning  paydo boMishiga  olib 
kelgan.  Q olaversa,  m axsus  kasblar  (ziroatchi  dehqonlar,  kulollar, 
tem irchilar,  kon  qazuvchilar)  paydo  bo'lgan.  Tovar  ayirboshlash 
m unosabatlari  paydo bo'Iganidan  bu  davrga  xos  tangalar ham   da- 
lo latberad i.  Bronza va tem irdan yasalgan q u rol-yarog'lar bilan qu- 
rollangan  jam oalar  metall  va  boshqa  buyum lardan  foydalanishni 
bilm aydigan  boshqa  jam oalam i  o'zlariga  bo'ysundirishi  natijasida 
ancha katta uyushm a, o'z navbatida, quldorlik jam iyati  vujudga ke- 
lishiga sabab bo'lgan. Bu uyushm alar davlatchilikning ilk krinishi 
va  keyinchalik  koreys davlatchiligi vujudga kelishiga asos bo'lgan.
Ilk   e 'tiq o d la r  
Fetishizm , anim izm ,  totem izm ,  afsungarlik, sho- 
m onlik  kabi  ilk e'tiqodlar barcha  xalqlar ijtim oiy 
taraqqiyotining dastlabki  davrlariga xosdir.
K oreyaning  paleolit davri  yodgorliklarida,  m asalan,  Sokchanni 
I  m anzilgohida  toshdan  yasalgan  hayvonlar  (it,  ayiq  va  toshbaqa) 
topilishi  ham  m azkur  g'or sohiblari/efis/nzm  va  totem izm ga  e'tiqod 
qilganliklaridan dalolat beradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

10
1  Bob.  Q A D IM C I  D AVR
Fetishizm   -   n arsa-bu yu m larga  ishonish,  o'zlarini  ilohiy  jihat- 
dan  ulardan  kelib  chiqqan  deb  hisoblash  demakdir.  Fetishizm   va 
totem izm ga  oid  but-san am lar,  odatda,  tosh  va  yog'ochdan  ya- 
salgan.  Boshqa  tom ondan,  biz  bu  figuralardan  biror  urug'  tote- 
mi  (hayvon,  o'sim lik  va  boshqa  predm et)  bilan  ilohiy  aloqadorlik 
to'g 'risid agi  totem izm   ko'rinishini  kuzatishim iz  m um kin.  Tote- 
mizm  izlarini  koreyslarning  turli  afsona  va  rivoyatlari  bilan  birga 
qadim gi  am aliy  san'at  nam unalari,  qoyatosh  rasm lari,  suyaklarga 
ishlangan  tasvirlar  va  zeb -ziyn at buyum larida  ham   ko'rish  mum 
kin.  Xususan,  koreyslar  orasida  keng  tarqalgan  Tangun  haqidagi 
afsonada  birinchi  koreys  davlati  asoschisining  turm ush  o'rtog'i 
urg'ochi  ayiq  bo'lganligi  haqida  hikoya  qilinadi.  Boshqa  bir  afso- 
nada  koreyslarning  qadim gi  silla  qabilasi  ajdodi  tovuq  tum shuqli 
tug'ilgani  yoki silla  u rug'ining asoschisi boTgan chaqaloqni xo'roz 
him oya  qilganligi  haqida yoziladi
Ajdodlar  e'tiqodir\ing
  ilk  shakllari  ham  totemizm  bilan  bogTiq 
boTib,  unga  ko'ra  odam  vafot  etganidan  keyin  totem  hayvonga  ay- 
langan. Chunonchi, bu boradagi an'analar, ayniqsa, dafn m arosim la- 
rida yorqin ifodasini  topgan boTib,  m arosim  ishtirokchilari o'zlarini 
qaysi  totem  hayvondan  deb  hisoblashsa,  o'sha  hayvonning  terisiga 
yopinib,  ushbu  hayvonning harakatlariga  taqlid qilishgan.  Ajdodlar 
ruhi bir-biri bilan bogTiq boTgan, ikki olam -  m arhum lar va  tiriklar 
dunyosi  zaro  ajralib  turgan.  Ajdodlar  ruhi  doim o  tiriklarga  moyil 
boTib,  ularning  kundalik hayotida yordam   berar ekan.  Ajdodlar  ru- 
higa e'tiqod bo'yicha dolm enlam i misol qilib keitirish  mumkin.
D iniy e'tiqodning birm uncha keng  tarqalgan yana bir ko'rinishi 
ajdodlar  ruhiga  sig'inish -  anim izm   yoki  ru h -jo n   (nafaqat  ajdodlar 
ruhi va insonlar)ga  topinishdir. A nim izm  ko'rinishini  totem  fetish- 
larda,  xususan,  qadim gi  m ozor-qabristonlard a  ham da  qoyatosh 
rasm larida  ham  ko'rish  m um kin.  A nim izm   bilan  bir  qatorda  sho- 
m onlik  ham   koTeyslar  hayotida  m uhim   o'rin   egallagan.  O dam lar 
shom onlarni  ruhlar  bilan  m uloqot  qila  olish  qudratiga  ega  deb 
bilganlar.  Shom onlar  turli  kasalliklarni  davolaganlar  yo'qolgan 
odamlar,  jonivor  ham da  narsa-buyu m larn i  topish  bilan  birga  ke- 
lajakni  bashorat qilganlar.
Koreya  yarim  orolining  70  foizini  togTar  egallagani  bois  bu 
yerda  to   kulti  ham  boTgan.  Chunonchi,  m intaqada  ba'zi  togTar
www.ziyouz.com kutubxonasi

IB n b   Q A D IM G I  D AVR
1 1
ilohiy  xarakterga  ega  bo'Iib,  ularga  afsonaviy  davrda  -   yaralish 
davrida  bo'lajak  qahram onlar  tug'iladigan  yoki  m uhim   voqealar 
ro'y beradigan m akon sifatida qaralgan.  M uqaddas joy sifatida  tan 
olingan  Txeboksan  tog'ida  yashaydigan  ayiq  ayolga  aylanib,  os- 
m on  hukm dorining  o'g'liga  turm ushga  chiqqan.  Afsonaga  ko'ra, 
aynan  m azkur voqeadan Koreya  davlatchiligi  tarixi boshlangan.
Q adim gi  qavm larda  tog'larga  sig'inish  bilan  birga,  hosildorlik 
kulti, daraxt,  tosh va  boshqa kultlar ham bo'lgan.
U m um an  olganda,  Koreya  yarim  orolini  o'rab  turgan  dunyo 
ilohiylashtirilgan.  U larning  tasavvuriga  ko'ra,  yerni  turli  ruhlar, 
g'ayritabiiy  kuchga ega  ilohiy  hayvonlar va jum boqli  m avjudotlar 
o'rab  olgan.  Yuqoridagi jonzotlar bilan  aloqa qilish,  suhbatlashish, 
ahdlashish  va  qilgan yom on  ishlari  uchun  kechirim   so'ralgan.  Ko- 
reyslarning  deyarli  barcha  m arosim lari  u  yoki  bu  darajada  ajdod- 
lar e'tiqodi yoki ularga in'om !ar taqdim  qilish bilan bog'liq b o‘lgan. 
Bu  kabi  ilk  e'tiqod  shakllari  keyinchalik  rivojlangan  dinlar  kirib 
kelgan  davrda  va  ularning  ba'zilari  hatto  bugungi  kunda  ham 
o'tm ish ovozi  tarzida  saqlanib  qolgan.
K o re y sla r 
Koreyslar qadim gi  xalqlardan biri hisoblanadi.
e tn o g e n e z i 
O lim lar  bu  borada  fikr  bildirganda,  ko'proq
koreyslarning  irsiy  xususiyatlaridagi  qadim - 
gi  asoslar  bilan  birga  ularning  etnos  sifatida  shakllanishiga  ham 
e'tibor qaratadilar.
D unyoning ko'plab hududlarida asrlar davom ida bir xalq bosh- 
qasi  bilan  qo'shilib,  qo'shni  xalqlar  yoki  bosqinchilar  bilan  arala- 
shishi  natijasida  yangi  etnik  kom ponentlarning  paydo  bo'lishi 
yoki  transform atsiyalashuvi  sodir  bo'lgan.  Bir  necha  qabilalar  va 
xalqlarning boshqa xalqlar yoki etnik guruhlar bilan  qorishuvi  na- 
tijasida  keyingi  avlodlar  uzoq  ajdodlar  bilan  tashqi  antropologik 
qiyofasi,  tili  va  m adaniyatidagi  um um iylikni yo'qotgan.
Bu  borada  koreyslarning  o'ziga  xos  xususiyati  shundaki,  ular 
uzoq  vaqt  Koreya  yarim  orolida  dunyodan  uzilgan  holda  yasha- 
ganlar.  Shu bois yarim orol etnik jihatdan bir xalqdan  iborat bo'lib, 
u lam ing  etnogenezi  qadim gi  davrlarda  yakunlangan.  Bundan 
tashqari, K oreyaning m illiy davlat sifatida shakllanishi ham  Yevro- 
pa va O siyoning b ir qator davlatlariga qaraganda birm uncha avval
www.ziyouz.com kutubxonasi

12
IB o b .  Q A D IM C ID A V R
sodir  bo'lgan  bo'lib,  bunga  ham  koreyslarning  izolyatsiyalashgan 
hududda yashashi ham da etnik  bir xilligi sabab bo'lgan.
Um um an  olganda,  koreyslar  etnogenezi  m uam m osi  borasida 
quyidagilarni  ta'kidlab  o'tish  m um kin:
a) koreys xalqining etnogenezi jarayoni qadim gi davrda (taxm i- 
nan  neolit  davrida boshlanib,  bronza  va  tem ir asrida  tugallangan) 
yuz  bergan;
b)  bu  jarayonda  O siyoning  turli  hududlarida  yashagan  qabila- 
lar ishtirok etgan;
v)  m azkur  qabilalar  turli  ko'chishlar  vaqtida  tarqoq  qabilalar 
sifatida yarim  orolga  kirib kelganlar;
g)  koreyslarning  etnos  sifatida  shakllanishiga  qabilalam ing 
o'zaro  qorishuvi  ta'sir qilgan;
d)  turli  qabilalam ing  koreyslar  etnogenezidagi  o'rn in i  bir  xil 
tarzda baholab bo'lm aydi.
Koreyslarning qayerdan  kelib chiqqanligini bilish uchun,  avvalo 
u lam ing antropologik qiyofasi,  tili  va  madaniyatiga  e'tibor  qaratish 
lozim.  Til  tasnifi  bo'yicha,  koreys  tili  oltoy  tillari  oilasiga  mansub 
boTib,  bu  oilaga  turk,  m o'g'il,  tungus-m anjur boTimi,  shuningdek, 
yapon  tillari  kiradi.  Ba'zi  adabiyotlarda  esa  bu  tilni  o'rol-oltoy  til- 
lar oilasi  deb  ham  yuritiladi.  Antropologik  tasnifga  ko'ra,  koreyslar 
mongoloid  irqining Sharqiy Osiyo shoxobchasidagi  m anjur-koreys 
tipiga kiradi.  Bu  irq neolit davrida m anjur-koreys tipi, paleoosiyoWk- 
lam ing Tinch okean (avstroneziyaliklar) va kontinental  hududlarda 
yashovchi  m ongoloidlar bilan qorishuvi  natijasida paydoboTgan.
Paleoosiyoliklar  Shim oliy  va  Shim oli  Sharqiy  O siyoning  qa- 
dim gi  aborigen  xalqlari  boTib,  ular  Shim oliy  va  Sh im oli-Sh arq iy 
Sibir,  Kuril  orollari,  Saxalin  va  Yaponiyada  yashaganlar.  Ularga 
nivxlar,  eskim oslar,  yukagirlar,  ketlar,  aleutlar  va  aynlar  kiradi. 
Shu  bilan  bir qatorda  chukchalar,  koryaklar,  itelm enlar  ham   m az- 
kur  guruhga  m ansub  boTib,  ular  sh im oli-sharq iy  paleoosiyolik 
guruhini  tashkil  etadi.
Avstr0ne2.iyalik.lar  -
  Janubi-ShaTqiy  O siyo  (Indoneziya,  M alay- 
ziya,  Bruney,  Sharqiy  Tim or  va  Filippin),  Okeaniya,  M adagaskar 
va  Tayvan  hududlarida  tarqalgan  tillarda  so'zlashuvchi  xalqdir. 
Avstroneziyaliklarning  ilk  ajdodlari  Xitoyning  sharqiy  va  ja n u b i- 
sharqiy  hududlarida  yashaganlar.  Avstroneziyaliklarning m intaqa
www.ziyouz.com kutubxonasi

I  Bnb.  Q A D IM C I  D AVR
13
bo'ylab  tarqalishi  mibavv.  V -IV   m inginchi  yillarda  yoki  ularning 
ilk  va so'nggi  m igratsiyasi jarayonida sodir bo'lgan.
Bir  qator  olim larning  fikricha,  koreyslar  etnogenezida  O ltoy 
tog'lari  hududlari  va  M arkaziy  O siyoga  tutash  hududlarda  ya- 
shovchi  qabilalar  ham  ishtirok  etganlar.  U lar  bir  necha  m ing  yil- 
lar  ilgari  M anjuriya  va Xitoyning ba'zi hududlari,  Sibir va Prim ore 
o'lkalariga  qarab  siljiganlar  Koreya  yarim  oroliga  kelgan  qabila- 
larning b a'zilari m ahalliy xalqlarni siqib  chiqargan bo'Isa!ar, bosh- 
qalari esa m ahalliy aholi bilan  qorishib ketganlar. Siqib chiqarilgan 
aholining  katta  qism i  Yaponiya,  Saxalin,  Sharqiy  Sibir  va  Arktika 
hududlariga  ko'chib o'tgan.
K o'plab qabilalarning kirib kelishi yarim  orol xalqining m oddiy 
m adaniyatida,  xususan,  kulolchiligida  aks  etgan.  O lim larning  fik- 
richa, silliq sopol buyum lar Sibir m ongoloidlarining (mil.avv. V -IV  
m ingyillik) Baykal shoxobchasi orqali,  taroqsim on so p olb u y u m lar 
sh im oli-sharq iy paleoosiyoliklardan (mil.avv.  IV -  III m ingyilliklar 
atroH da),
  bo'yoqli  kulolchilik  nam unalari  esa  m ongoloid  irqining 
Sharqiy  O siyo  tipi  orqali  kirib  kelgan.  K oreyadagi  dolm enlar  ma- 
daniyati Jan u b i-S h arq iy  O siyoda ilk dafn m arosim lari bilan b og'liq  
an'analarga  sezilarli  ta'sir ko'rsatgan.  K oreya yarim   oroliga bronza 
davri  m adaniyati  M anjuriya  i  Sibirdan kirib  kelgan b o iib ,  m azkur 
m adaniyatning  uzatuvchilari  tun gu s-m on goloid   (oltoy)  guruhi 
b o ig a r .
Eram izgacha b o ig a n  I m ing yillikda Koreya yarim  oroli va unga 
tutash  hududlarda  koreyslarning  ilk  ajdodlari  va  qadim gi  koreys 
qabilalari  shakllangan  b o iib ,  ular  janubiy  va  shim oliy  guruhlarga 
bo  lingan.  Shim oliy  qabilalar  yozm a  m anbalarda  tu n -i  ("sh arq iy 
varvarlar" yoki "sh arq iy kam on ch ilar") nom ini olgan bo'lib, ularga 
tu n gu s-m an ju r qabilalariga  yaqin  b o ig a n  qabilalar va paleoosiyo- 
liklar  kirgan.  Aynan  m azkur  guruhga  K oreya  yarim  orolining  shi- 
moli va X itoyning sh im oli-sharq id a joylashgan choson, yem ek, puyo, 
okcho,  koguryo
  va  boshqa  qabilalar  kirgan.  Janubiy  qabilalarga  esa 
"u ch   x o n "  (m axan,  chinxan,  pyonxan)  va  kaya,  saro  ham da  boshqa 
qator qabilalar m ansub b o ig a n . Ular avstroneziya xalqlariga yaqin 
xalqlar  b o iib ,  yarim  orolning  m arkaziy  ham da  janubiy  qismida 
yashaganlar.  Koreyslar  etnos  tarzida  shim oliy  va janubiy  qabilalar- 
ning qo'shilishidan paydo boigarilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi

14



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling