Koreys va O’zbek tillarida qo’shma gaplarning qiyosiy tahlili 한국어와 우즈베크어 복합문의 비교 분석


Tatqiqotning maqsadi va zaruriyati


Download 96.88 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi96.88 Kb.
#1504937
1   2   3
Bog'liq
sh.2 5386465549888796307

1.1 Tatqiqotning maqsadi va zaruriyati.
Bizning yosh avlodlar orasida hozirgi kunda koreys tilini o’rganishga bo’lgan ta’lab ham kundan kunga ko’paymoqda. Ko’pgina yoshlar , nafaqat yoshlar balki talabalar ham ilm olish maqsadida Koreyaning ko’plab nufuzli institutlariga ketishmoqda. Statistika ma’lumotlariga qaraganda shu yili 4676 ta talaba Koreya davlatiga o’qish uchun yo’l olibdi. Bu hol albatta quvonarli. Chunki O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyayev “Bir narsani bilishimiz kerak: ilmsiz, innovatsiyasiz oldimizga qo‘ygan maqsadlarga hech qachon erisha olmaymiz. Hisobot uchun emas, natija uchun ishlash kerak,”3 – deya ta’kidlaganlaridek ilmsiz rivojlanishning iloji yo’qdir. Endi esa shu ilmni chet davlatlar bilan birgalikda o’zaro hamkorlik orqali almashinib ya’nada mustahkamlab olish esa nur ustiga a’lo nur bo’ladi.

Buning uchun albatta sharoit yaratib berayotgan prezidentimizga katta minnatdorchilik bildirsak ayni muddao bo’lardi. cChunki shu paytga qadar ta’lim soxasida hamkorlik qilish uchun prezidentimiz turli xil tashkilotlar va har tomonlama qulay pragrammalar yaratib berganlar. Ushbu gapga misol qilib yaqindagina o’tkazilgan Toshkentdagi 7-dekabrdagi davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilishidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyayevning “Ilm-fan – taraqqiyot asosi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innovatsion g‘oyalarga tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo‘q.
Faqat ilm va ma’rifat, intellektual salohiyat, har tomonlama bilimli kadrlar hisobidan biz O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa olamiz”4 deya aytgan gaplarini olsak mubolag’a bo’lmaydi.
Endigi biz yoshlarni qilishimiza kerak bo’lagan ish esa shunday sharoitlaradаn unumli foydalangan holda yurtimizni rivojiga hissa qo’shishdir. Buning uchun esa birinchi navbatda hamkorlik qilinayotgan yurtni ona tatilini yaxshi bilish talab qilinadi. Hozirgi vaqtda til o’raganish uchun barch imkoniyatlar mavjud. Misol qilib olsak til o’rgatuvchi o’quv markazlari juda ko’p va hilma-hil, filalogiya fakultetlari mavjud kollej. litsey hamda universitetlar, onlina til kurslari unda hattoki uyda o’tirib ( ya’ni farzand tarbiyasidagi ayollar ham ) o’rganishlarii misol tariqasida olsak bo’ladi. Shunday qulay imkoniyatlar bor paytda bittagina muammo tilni mukammal o’rganishda sezilarli darajada qiyinchilik tug’dirib kelyabdi.
Bu ham bo’lsa ishonchli manbalarning yetarlicha emasligi. Bu manbalarga eng avvalo darsliklarni kiritsak ayni muddao bo’lardi. Hozirgi kunda til o’rgatadigan o’quv marakzlari ko’pligi sababdan til o’rgatayotgan ustozlar ham kam emas. Ammo til o’rganishda buni ozi yetarli emas. Kitoblar, ya’ni til o’rganish uchun darsliklarni ko’paytirish va mukammallashtirish zarur. Darslik deyilganida lug’at yoki badiiy asarlar emas gramatik qoidalarni mukammal va o’quvchilarga onson tushuntirilga kitoblar yanda ko’proq sifatli qilib chiqarsak maqsadga muvofiq bo’lardi.
Shunday kamchiliklarni kuzatib va o’rganib chiqqan holda ushbu bitiruv malakaviy ishimni gramatika mavzusida yozishni o’z oldimga maqsad qildim.
Barcha tilning o’ziga yarasha qiyin gramatikasi mavjuddir. Aynan koreys tili gramatikasini tanlaganimning esa yuqorida ta’kidlab o’tgan edim ammo, yana bir sababi Koreya nafaqat urf- odatlari bilan balki o’z ona tilining o’hshashligi bilan ham bizning yurtga yaqindir. Ikki davlat ona tilining ichki gramatikalari qiyinligiyu mukammalligi bilan boshqa davlat tillaridan ajralib turadi. Lekin istisno tariqasida aytib o’tishim kerak bo’lga jihatlari ham mavjud.
Bular gramatikani mukammal bilish koreys tilida , nafaqat koreys balki barcha tillarda sof va ravon so’zlasha olish imkoniyatini beradi. Ammo hozirgi ko’pgina yoshlar koreys tilida onson mahalliy so’zlar orqali gaplasha olgani bilan ushbu til gramatikasini mukammal bilmasligi hammaga ayon. Koreys tilida, boshqa tillardan farqli o’laroq muomala madaniyatiga katta e’tibor qaratiladi. Ya’ni koreyslarning muomala madaniyatida hurmat, rasmiy va norasmiy muomala turlari mavjud bo’lib, hozirgi kunda bu 3 turni jamiyatda baravar faol foydalanib kelishmoqda. Ammo koreys tilini o’rganayotgan yoshlarning hammasi ham bu 3 tur haqida yetarlicha ma’lumotlarga ega emas.
Koreys tilida  “존댓말'”, “높인말” va “반말” degan muomala turlari mavjud bo’lib, bularni ishlatish o’rni ham turli hildir. Misol uchun,
존댓말 - hurmat-ehtirom shakli. Koreys tilida fe’l yoki sifat h.k. negiziga, -(으)시 qo’shilib gapning egasiga hurmat ko’rsatadi..5
 반말 - ko’cha til ( ya’ni do’stlar va yoshlar orasida o’zaro gaplashiladigan til ) turi hisoblanadi. Bu turda gramatikani mukammal bilish talab qilinmaganligi sababdan ham hozirgi paytda yosh avlod orasida keng tarqalgan.
높인말 – ramiy til ( hujjatlar, konfirensiyalar, majlislar yoki barcha ilmiy hududlarda ishlatilinadigan muomala turi ). Men nima sababdan bu 3 turni o’z malakaviy ishimning maqsadiga kiritkanligimga kelsak , yuqorida ayttib o’tgan turlarni ichidagi eng kerakligida ( 존댓말 va 높인말 ) so’zlasha olish uchun gramatikaning o’zini balki ichidagi bir bo’limi hisoblanmish qo’shma gaplar mavzusini mukammal bilishi kerak deb hisoblaganim uchundir. Chunki Koreyaga ish hamkorligi, bilim olish yoki bilim almashish maqsadida ketayotganlar asosan professorlar yoki yuqori qatlam insonlarning davrasida bo’lishadi. U yerda esa muomalaning rasmiy va hurmat shakillaridan foydalaniladi. Bunda esa gaplarning ketma-ketligi to’gri va anig’ qilib tuzish va gapirish kerak bo’ladi.

Tilni o’rganishdagi eng muhim jihatlaridan biri bu Gramatika bo’limini mukammal o’rganishdir. Gramatika katta bo’lim bo’lib o’z ichiga ko’plab qismlarni jamlagan. Gramatikaning hamma bo’limlari muhim ammo, ularni ichida gap tuzish tasnifi alohida o’rin tutadi deb hisoblayman. Gap tuzish tasnifi o’z ichiga sodda va qo’shma gaplarni mujassamlaydi. Sodda gaplar tasnifi murakkab emasligi bilan o’quvchi o’rganishida qiyinchilik tug’dirmaydi. Qo’shma gaplar esa soda gaplar yig’indisi hisoblanadi, shuning uchun ham biroz murakkab hisoblanadi.


Ushbu bitiruv mаlаkаviy ishning аsosiy mаqsаdi hаm gаp tаsnifining qаy dаrаjаdа fаol gаp bo‘lаklаrgа bo‘linishi vа bu jаrаyondаn keyin qo’shmа gаplаrning nutqdа kerаklilik dаrаjаsini tushuntirishdir.


Bu esа o’z nаvbаtidа koreys vа o‘zbek tillаridа qаndаy o‘zgаrishini o‘rgаnishdаn iborаt. Bu grаmаtik mаsаlа esа, bizningchа, tilshunoslik sohаsidа dolzаrbdir.


    1. Download 96.88 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling