Koreys va O’zbek tillarida qo’shma gaplarning qiyosiy tahlili 한국어와 우즈베크어 복합문의 비교 분석


Tatqiqot doirasi va tatqiqot usuli


Download 96.88 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi96.88 Kb.
#1504937
1   2   3
Bog'liq
sh.2 5386465549888796307

Tatqiqot doirasi va tatqiqot usuli

Tilshunoslik fani har doim taraqqiyotda va uzluksiz rivojlanishdadir. Grammatika ilmi doirasida “transformatsion tahlil”, “derivatsion tahlil”, “bevosita ishtirokchilar tahlili” kabi qator tushunchalar paydo bo‘ldi.6 Ular o‘zbek tilshunosligida ham o‘z ifodasini topdi.
Biz hаm, yuqoridagilаrdаn kelib chiqqаn holdа, o‘zbek vа koreys tillаri mаterillаri аsosidа qo’shmа gаplаrning tаhlilini qiyosiy jihаtdаn o‘rgаnishni lozim deb topdik. Аmmo, shuni hаm eslаtib o‘tish kerаkki, til funksiyаsi turlichа yo‘nаlishdа bo‘lishi mumkin. Zero, “funksiyа” terminining o‘zi turlichа аnglаshiladi. Mаsаlаn, grаmmаtik, semаntik, sintаktik yoki formаl sintаktik funksiyalаrning hаr biri ma’lum bir mаvzuning аsosini tаshkil qilа olаdi. Chunki ulаrning hаmmаsini bittа tаhlil doirаsigа sig‘dirib bo‘lmаydi.
Shunday ekan yuqorida keltirilganidek biz ham faqatginа grаmаtikа bo’limining bir bo’laginigina yoritib berishlikni maqsad qildik.


O’zbek tili qo’shma gap sintaksisi shakllanishida akademik G.Abdurahmonov va M.Askarovlarning xizmati kattadir. O’zbek tili qo’shma gaplarning tadqiqiga bag’ishlangan “Hozirgi zamon o’zbek tilida ergashgan qo’shma gaplarning sostavi” asari bilan o’zbek tilida qo’shma gaplar alohida tadqiq qilinishni boshladilar. 1955 yilda F.Kamol “Qo’shma gaplarga doir masalalar” kitobini nashr etdi va unda qo’shma gaplarning maqomi, ularning tasnifi haqida dastlabki ma’lumot berdi. [7] O’zbek tilida qo’shma gaplar tadqiqiga bag’ishlangan G.Abdurahmonovning ishini ko’rsatishimiz lozimdir. Jumladan, olim qo’shma gaplarni mazmun jihatdan quyidagi guruhlarga bo’lib chiqadi: aniqlovchi, ega, kesim, payt, o’rin, sabab, shart, maqsad, to’siqsiz, natija, ravish, qiyoslash ergash gapli qo’shma gaplar. O’z navbatida, qiyoslash ergash gapli qo’shma gaplar uchga bo’linadi: chog’ishtirish, o’xshatish, miqdor-daraja ergash gapli qo’shma gaplar. G.Abdurahmonov qo’shma gaplarning 15 turini izohlaydi. [1] G.Abdurahmonov bog’lovchisiz qo’shma gaplar va komponentlarning biriktiruvchi bog'lovchilar, bog’lovchisiz qo’shma gaplar va ularning komponentlarining sabab, natija, shart kabi mazmun munosabatlari, murakkab qo’shma gaplar va uning turlari bo’yicha masalalarni atroflicha talqin etdi. Professor G.Abdurahmonov qo’shma gaplar nazariyasi va ular bilan bog’liq masalalarni chuqur o’rganib, hattoki, xorij mutaxassislari e’tibor bermagan masalalarga e’tibor qaratdi. Misol tariqasida, uyushiq kesimli gaplar haqida shunday ta’rif beradi: “Sodda va qo’shma gaplarni farqlashda qiyinchilik tug’diradigan holat shundan iboratki, ba’zi bir sintaktik konstruktsiyalarning tarkibida faqat bir ega — sub’yekt bo’lishiga qaramay, qo’shma gap sanaladi, chunki bu xil konstruktsiyani tashkil etgan qismlarning ham Grammatik, ham semantik jihatdan o’ziga mustaqil ekanligi ko’rinib turadi; bu xil konstruktsiyani tashkil etgan qismlarning har biri ma’lum fikr tugalligini ifodalaydi, ularning predikativlik va modallik xususiyatlari bo’ladi”. [2] Qo’shma gaplarning o’rganilishi L.Asqarovaning ishlarida qo’shma gaplarning o’rganilishi davom ettirildi. Olima qo'shma gaplarni bog’langan, ergashgan, bog’lovchisiz kabi turlarga ajratadi. G.Abdurahmonov tomonidan tavsiya berilgan qo’shma gaplarning turlarini qiyoslab va chog’ishtirib o’rgandi. Shuningek, A.Berdaliyev qo’shma gaplar sintaksisi sohasiga tizimli tilshunoslikning o’xshashlik (paradikmatika), sintaktik ziddiyatlar (oppozitsiya) kabi tushunchalarni olib kirdi. [8] Lekin A.Berdaliyevning ishida qo’shma gaplarning ajratilish va tasniflash masalalari qo'yilmagan. Mazkur masala G.Abdurahmonov, M.Asqarova va N.Turniyozovlarning ishlarida ko’rinadi. A.Nurmonov o’z ishlarida qo’shma gaplarni mazmun jihatdan o’rganib, gaplarning semantik tizimidagi propozitsiya aspekti, predikativ qurilmalar va kommunikativ aspekti kabi masalalarga o’z e’tiborini qaratdi. R.Sayfullayeva o’z tadqiqotlarida qo’shma gaplarni substantsial jihatdan talqin etgan. Hozirgi kunda qo’shma gaplar nazariyasi keng o’rganilmoqda. Jumladan, professor G.Hoshimov qo’shma gaplarni hajm jihatdan tadqiq qilish alohida ahamiyatga egaligini ifodalaydi. Olim qo’shma gaplarni quyidagi turlarga bo’lib chiqadi: politaksema o’z navbatida kollotaksema (collotaxeme), parataksema (parataxeme), gipotaksema (hypotaxeme), gipertaksema (hypertaxeme), supertaksema (supertaxeme), ultrotaksema (ultrataxeme), arxitaksema (architaxeme), sinkrotaksema (syncrotaxeme) larga bo’linadi. [4] Qo’shma gaplarning tadqiqi ustida ko’plab olim-u olimalar, professorlar izlanishlar olib borgan va olib boryapti. Ko’rinib turibdiki, qo’shma gaplarni har tomonlama tadqiq etish nihoyatda dolzarb masala hisoblanadi. Adabiyot: Абдураҳмонов Ғ. Қўшма гаплар классификацияси // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. — 1980. № 4. Абдураҳмонов Ғ. Қўшма гаплар классификацияси // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. — 1980. № 4 Виноградов В. В. Основные вопросы синтаксиса предложения (на материале русского языка)//Исследования по русской грамматике. — М. 1975– С.154. Ҳошимов. Г. М. Типология сложных предложений разносистемных языков.– Т. «Фан», 1991-C.105 Nurmonov A. Tanlangan asarlar. –Toshkent “Akademnashr”, 2012. — B.288 Nurmonov A. Tanlangan asarlar. –Toshkent “Akademnashr”, II jild, 2012. — B.418 Nurmonov A. Tanlangan asarlar. –Toshkent “Akademnashr”, II jild, 2012. — B.422 Sayfullayeva R. Hozirgi o’zbek tilida qo’shma gaplarning substantsional (zotiy) talqini. — Toshkent. “Fan”, 2007.– B.19. Ключевые слова sintaksis, gap, so’z birikmasi, qo’shma gaplar Как издать спецвыпуск? Правила оформления статей Оплата и скидки Научный журнал “Молодой ученый” в социальных сетях: Номера журнала Научные конференции Тематические журналы Как опубликовать статью Полезная информация Оплата и скидки Об издательстве Вопрос — ответ Редакционный совет Отзывы наших авторов Реклама на сайте Срочная публикация научных статей Публикация научных статей студентов Как опубликовать научную статью магистранту Спецвыпуски +7 (843) 500-57-53 info@moluch.ru © 2008–2023, Издательство «Молодой учёный» Публичная оферта и реквизиты Пользовательское соглашение Политика конфиденциальности Политика рекламной рассылки Разработка сайта OctoberWeb

Пожалуйста, не забудьте правильно оформить цитату:


Абдухалимова, С. У. O’zbek tilshunosligida sintaksis va qo’shma gaplar nazariyasi / С. У. Абдухалимова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 20 (310). — С. 674-676. — URL: https://moluch.ru/archive/310/69941/ (дата обращения: 07.05.2023).

CHECK THIS OUT

Inspire Dot
9 Tips To Protect Your Relationship

Visu Caps


Ushbu arzon o'zbek vositasi ko'rish qobiliyatini 98% tiklaydi
2.3. O’zbek va koreys tillarida gap bo’laklari joylashuvining

o’xshash va farqli jihatlari.


O’zbek tilida gap bo’laklarining tartibi, asosan, erkin. Ularning o’rnini almashtirish odatda grammatik holatni o’zgartirmaydi. Masalan: Oppoq bulutlar qishloq ustidan shoshilmay, toqqa qarab o’tib ketadi; Qishloq ustidan oppoq bulutlar shoshilmay o’tib ketadi toqqa qarab; O’tib ketadi shoshilmay toqqa qarab oppoq bulutlar qishloq ustidan; Shoshilmay o’tib ketadi qishoq ustidan toqqa qarab oppoq bulutlar.

Mazkur gaplarda gap bo’laklarining o’rinlarini almashtirish grammatik holatni o’zgartirmagan, ammo gap mazmuniga ma’lum darajada ta’sir etgan, negaki har gal boshqa-boshqa gap bo’laklariga odatdagidan ko’proq ahamiyat berilgan. Lekin, shunga qaramay, gap bo’laklari ma’lum bir normativ tartibda joylashish xususiyatiga ega. O’zbek tilida ega, odatda, gap boshida, kesim gapning oxirida keladi. Ikkinchi darajali bo’laklar esa ega va kesim orasida joylashadi. Bunday tartib, asosan, darak gaplarda bo’lib, u to’g’ri yoki normativ tartib deyiladi.

Har bir gap bo’lagiga nisbatan tartib quyidagicha bo’ladi:

I. Ega, odatda, gap boshida keladi, yoyiq gaplarda ega ba’zan kesim oldida ham kelishi mumkin.Ba’zan ega gapning oxirida ham keladi.

II. Kesim odatda gapning oxirida keladi, she’riyatda, ishorlarda kesim gapning boshida ham keladi.

III. Vositasiz to’ldiruvchi odatda fe’l kesim oldida keladi. Ba’zan vositasiz to’ldiruvchi gapning boshida keladi. Vositali to’ldiruvchi ham ko’pincha kesimdan oldin keladi.

IV. Hol ham asosan kesimdan oldin keladi:

1. Payt holi, odatda, gap boshida, ba’zan egadan keyin, ayrim hollarda kesimdan oldin keladi.

2. O’rin holi, odatda, kesimdan oldin keladi, ba’zan esa gap boshida keladi.

3. Ravish holi, odatda, kesim oldida, ba’zan gap boshida keladi.

4. Miqdor-daraja holi ham kesim oldida keladi.

5. Sabab va maqsad hollari kesimdan oldin, gapning boshida yoki o’rtasida keladi.

18

V. Aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Agar bu tartib o’zgarsa, ularning grammatik holati ham o’zgaradi.



1. Qaratuvchi qaralmishdan oldin keladi.
2. Sifatlovchi sifatlanmishdan oldin keladi.

Gapda sifatlovchi birdan ortiq qo’llansa, ularning tartibi quyidagicha bo`ladi:

1) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish.

2) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + olmosh bilan ifodalangan sifatlovchi + sifat bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish.

3) – dagi affiksli so`z bilan ifodalangan sifatlovchi + sifat bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish.

4) miqdor tushunchasini bildiruvchi so’z (son, olmosh, ravish) bilan ifodangan sifatlovchi + sifat bilan ifodangan sifatlovchi + sifatlanmish.

5) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + son bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish.

Izohlovchi izohlanmishdan oldin yoki keyin keladi. Agar gap bo’laklarining normativ, to’g’ri tartibi o’zgarsa, inversiya hodisasi ro’y beradi. Inversiya hodisasi ko’proq jonli tilda va she’riyatda kuzatiladi. Inversiyada odatda gap bo’laklarining grammatik holati o’zgarmaydi.

Koreys tilida bosh bo’laklar bilan ikkinchi darajali bo’laklarning o’zaro munosabatida bosh bo’laklar – hokim, ikkinchi darajali bo’laklar esa ularga tobe. Bosh bo’laklarning o’zaro munosabatida ega – hokim, kesim esa unga tobe. Demak, ega – mutloq hokim: u o’z tarkibidagi ikkinchi darajali bo’laklarga ham, kesimga ham hokim. Kesim esa faqat o’z tarkibidagi ikkinchi darajali bo’laklarga hokim.

Bosh bo’laklar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokisiz, ayrim, mustaqil

gapni tashkil eta oladi. Bunday gaplar sodda gapning yig’iq turini tashkil qiladi,

masalan:


마이클 씨는 호주인입니까?

[Mayikil shinin hojuin imnikka?]

Janob Mayk, Avstraliyalikmisiz?

19

kkinchi darajali bo’laklar bosh bo’laklarsiz alohida, to’liq gapni tashkil eta olmaydi. Ular gapda bosh bo’laklarga bog’liq holda qatnashadi. Ikkinchi darajali bo’laklar qatnashgan gaplar sodda gapning yoyiq turini hosil qiladi.



수미는 엄마의 말씀을 진심으로 듣고 있었다.
[Suminin ommae malssimil jinshimiro titko issotta]

(Sumi onasining gaplarini chin yurakdan eshitib o’tirardi.)

Demak, sodda gaplar, tarkibida bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning qatnashishiga qarab, ikki xil bo’ladi: yig’iq gap 간결한 문장 [kangyol han munjang] va yoyiq gap 충실한 문장 [chhung shil han munjang].

Koreys tilida gaplarning grammatik nuqtai nazardan to’g’ri tuzilishida

so’zlarning ketma ketlikda to’g’ri qo’yilishi va ifodalanishi muhim ro’l o’ynaydi. Bu esa o’z navbatida gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklarini ma’noviy va grammatik jihatdan to’g’ri bo’glanishini ta’minlovchi muhim bir vositadir.

So’zlar tartibi gap bo’laklarining nutqda o’rinlashishini bildiradigan sintaktik hodisadir. Koreys tilida so’zlar tartibi erkin, biroq unda so’zlarning bog’liq tartibi ham uchraydi. Bu hol koreys tilida gap qurilishining o’ziga xos xususiyatini ko’rsatadi. Ba’zi bo’laklar gapda turli o’rinlarda kela olsa, ayrim bo’laklar faqat muayyan o’rinda keladi. So’zlarning sintaktik vaziyati, vazifasi maxsus grammatik vositalar (turlovchilar, tuslovchilar, ko’makchilar kabi) asosida belgilanganda, so’zlar tartibi erkin bo’ladi. So’zlarning sintaktik vaziyati, vazifasi maxsus grammatik vositalar asosida emas, balki gapdagi o’rniga ko’ra belgilanganda, so’zlar tartibi bog’liq bo’ladi.

So’zlar tartibi sintaktik va stilistik vazifalarni bajaradi.

Erkin tartibda so’zlar o’rnining almashinishi grammatik holatni va gapning mazmunini butunlay boshqa qilib yubormaydi, balki gapdagi biror bo’lakka alohida diqqat qilinganini ko’rsatib, umumiy fikrga qo’shimcha tus beradi. Quyidagi gapning bo’laklarini almashtirib ko’raylik:

1) 어제 언니는 비행기로 서울에서 미국으로 갔어요

20

Kecha opam samolyotda Seuldan Amerikaga ketdi (boshqa yerga emas, Amerikaga)



2) 어제 언니는 비행기로 미국에 서울에서 갔어요
Kecha opam samolyotda Amerikaga Seuldan ketdi (boshqa yerdan emas, Seuldan)

3) 어제 언니는 서울에서 미국에 비행기로 갔어요.

Kecha opam Seuldan Amerikaga samolyotda ketdi (boshqa narsada emas, samolyotda)

4) 어제 비행기로 서울에서 미국에 언니는 갔어요.

Kecha samolyotda Seuldan Amerikaga opam ketdi (boshqa kishi emas, opam)

5) 언니는 비행기로 서울에서 미국에 어제 갔어요.

Opam samolyotda Seuldan Amerikaga kecha ketdi (boshqa kuni emas, kecha) Yuqoridagi gaplarda so’zlar tartibining o’zgarishi mantiqiy urg’u bilan bog’liq. Mantiqiy urg’u gapdagi mazmunan ahamiyatli bo’lakni alohida ajratib ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Mantiqiy urg’uli bo’lak yuqori ton bilan aytilib, undan keyin

qisqa pauza qilinadi. Mantiqiy urg’u kesimga tushganda, tartib o’zgarmaydi, kesim turgan joyida yuqori ton bilan aytiladi. Mantiqiy urg’u ega, to’ldiruvchi yoki holga tushganda, ular kesimning yoniga keltiriladi. Faqat aniqlovchini kesimning yoniga keltirib bo’lmaydi. U odatda o’zi aniqlanmishining oldida turadi.

Mazmunan ahamiyatli bo’lakni doim kesim yoniga keltirilishi shart emas. Ba’zan bu bo’lak tartib o’zgarishsiz, turgan joyida ham mantiqiy urg’u olishi mumkin.

Adabiy tildagi erkin tartibning taraqqiyotida jonli so’zlashuv nutqining ta’siri ham bor. Jonli so’zlashuv nutqida so’zlovchi suhbatdosh uchun zarur deb bilgan ma’lumotni, muhim narsa-hodisani oldin, uncha zarur bo’lmagan hodisani keyin aytadi.

Koreys tilida so’zlar tartibi asosan erkin bo’lsa ham, sodda gapda har bir gap bo’lagining odatda qo’llanadigan o’z o’rni bor. Bu gapning tarkibi, gap bo’lagining sintaktik ifodalanish usuli, u bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa so’zlarning o’rni kabi hodisalar bilan belgilanadi. Shu asosda so’zlarning to’g’ri (odatdagi) tartibi va teskari (odatdagidan chekinish) tartibi farq qilinadi. Teskari tartib inversiya deb ham

21

yuritiladi.



To’g’ri tartibni normal hol, teskari tartibni – inversiyani anormal hol deb tushunish to’g’ri emas. So’zlar tartibining bu ikki turi nutqda o’z qo’llanish o’rinlariga ega. To’g’ri tartib ko’proq ilmiy asarlar uchun xarakterli bo’lsa, inversiya badiiy asarlar uchun xarakterlidir. Gapdagi so’zlarning har qanday o’rin almashtirish inversiya bo’lavermaydi. Masalan, bir hafta – yeti kun gapidagi so’zlar o’rnining yeti kun – bir hafta tarzida o’zgartirilishi inversiya emas. Bular konstruksiyalarni qayta tuzish deb hisoblanishi kerak.
Inversiyada so’zlar o’rnining o’zgarishi, almashinishi ularning gapdagi sintaktik vazifalarini butunlay boshqa qilib yubormaydi. Balki, u yoki bu bo’lakning darajasini, rolini, ahamiyatini ko’rsatish uchun xizmat qiladi.

Xulosa


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, b ugungi kunda fan-texnika, iqtisod, xalqaro munosabat va xalqaro madaniyatlarning rivojlanishi dunyodagi ko’plab mamlakatlarning tarixi, madaniyati, iqtisodi va siyosatini chuqurroq tushunishga va tahlil qilishga imkon beryapti. Bu borada XX-asrning oxirgi o’n yilligida ko’plab sohalarda yutuq va muvaffaqiyatlarga erishgan Koreya Respublikasi ham bu borada chetda qolmadi. Koreya bilan turli sohalarda hamkorlik qilayotgan va hamkorlik o’rnatish istagidagi davlatlar avvalam bor, ushbu ajoyib mamlakatning tarixi, madaniyati hamda urf-odatlarini o’rganish barobarida, Koreya Respublikasining qisqa fursat ichida qo’lga kiritgan yutuq va muvaffaqiyatlarining asosi bilan ham qiziqadilar. Ammo, ko’pchilikning koreys tilini bilmasligi, yuqoridagi hoxish-istaklarning amalga oshishida qandaydir ma’noda to’siq bo’lishi mumkin deya ayta olamiz. Aynan shuning uchun ham, xozirgi kunda koreys tilini o’rganishga bo’lgan ehtiyojning jadal sur’atlar bilan oshishi ajablanarli xol emas. Koreys tilini o’rganish barobarida bu tilni o’zbek tili bilan bir til oilasi tarkibiga kirishini o’ziyoq koreys tilini o’rganish o’zbeklar uchun qiyin vazifa emasligini isbotlaydi.

Bundan tashqari ingliz va rus tiliga qaraganda koreys tilini o’rganishning yana bir yengillik tarafi shundaki, har ikkala til, ya’ni o’zbek tilida ham koreys tilida ham gap bo’laklarining joylashuv tartibi bir-biriga yaqin. Shuning uchun ham bu tilni tezda o’zlashtira olamiz. Binobarin, O’zbekiston va Koreya davlati o’rtasida o’rnatilgan iliq do’stlik munosabatlari tufayli ham birgalikda ochilgan korxonalarda o’zbeklar va koreya millatiga mansub kishilarning birgalikda ish olib borishlari uchun eng muhim bo’lgan narsa bu albatta tildir. Bundan tashqari O’zbekistonda o’tkaziladigan turli xil koreys tadbirlari, yig’ilish va turli xil ko’rgazmali tanlovlar ham koreys tilining O’zbekistonda naqadar keng tarqalganidan darakdir. Shu bilan bir qatorda yosh kadrlarni kelajakka tayyorlash, ularni bilimli, dunyo qarashi keng bo’lgan shaxs sifatida tarbiyalashda chet tillarini ham o’rgatish zarurligi uchun ko’plab imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, koreys tilini o’rganmoqchi bo’lgan inson hech qanday qiyinchiliklarsiz o’ziga kerakli bo’lgan ma’lumot yoki manbani topa



23

oladi. Bundan tashqari Koreya davlati bilan hamkorlikda o’tkaziladigan “Koreys tilini bilish darajasi” imtixonlari ham tez-tez tashkillashtirilishi fikrimizning yaqqol dalilidir. Shunday ekan koreys tilini o’rganish davomida o’zbek tili bilan solishtirib o’rganilganda har ikki tildagi gap bo’laklari tartibi sezilarli darajada bir-biriga o’xshash ekanligi shubhasizdir.



Ushbu kurs ishida o’zbek va koreys tillarida gap bo’laklari va ularning joylashuv tartibidagi o’xshash va farqli jihatlar o’rganilib tahlil etildi

1Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish –
mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. – T.: O’zbekiston, 2011. T. 19. 25-26 b.

2 Каримов И.А. Баркамол авлод - Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Т.: Ўзбекистон, 1998. 8-бет.

3 https://yuz.uz/uz/news/ilm-fan-va-innovatsiyani-rivojlantirish-masalalari-tanqidiy-korib-chiqildi?view=shavkat-mirziyoev-rossiya-federatsiyasi-delegatsiyasini-qabul-qildi#:~:text

4 https://daryo.uz/2017/12/07/shavkat-mirziyoyev-ilm-fansiz-marifatsiz-davlatning-kelajagi-yoq#:~:text

5 https://imginn.com/p/Bwvu16aAdJM/#:~:text

6

Download 96.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling