Корхона иқтисодиёти ва инновацияларни бошқариш
Download 18.73 Kb.
|
-topshiriq korx
2-TOPSHIRIQ Savol “Корхона иқтисодиёти ва инновацияларни бошқариш” фанининг объекти ва предмети. Хўжалик юритишнинг замонавий бозор тизими томонидан корхона фаолиятига қўйиладиган талаблар. Режалаштиришни бозор механизмлари билан мос келиши. “Корхона иқтисодиёти ва инновацияларни бошқариш” фанини ўрганиш услубияти ва усуллари. Корхонанинг ишлаб чиқариш ва бозор муносабатлари (алоқалари). Ислоҳотларни чуқурлаштириш шароитида бошқарувнинг мақсади, вазифалари ва тамойиллари. 1-KEYS Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ulardan istiqbolda ko’zda tutilgan maqsadlar ulkan ahamiyatga ega bo’lib, bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi (2017 yil 7 fevral, PF-4947-son) farmonida “Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda” ekanligi belgilab berilgan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “Aynan ana shu eng muhim vazifalar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari va ustuvor vazifalariga jiddiy o’zgartirishlar kiritish uchun poydevor bo’lishi kerak” deb ta’kidlagan (Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston, T.: 2017. 9-b.).Demak, milliy eksportni diversifikatsiyalash mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratuvchi asoslardan bir hisoblanadi. Qolaversa, milliy ishlab chiqarishimizda qayta ishlash va innovatsion tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirish dolzarb hisoblanadi.Shubois xorij tajribalarini o’zlashtirish davlatimizga faqat manfaat keltiradi va milliy eksport salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Eksportni diversifikatsiyalashning iqtisodiy islohotlardagi o’rni o’ta muhimligini jahon tajribasida yaqqol ko’rish mumkin. Bugungi kunda ko’plab mamlakatlarda eksportni diversifikatsiyalash orqali raqobatni kuchaytirishga va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashga erishilganligi ma’lum. Keysning ta’limiy maqsadi: milliy eksportni diversifikatsiyalashni o’rganish va unda jahondagi tajribalardan foydalanib, umumlashtirish asosida ularni O’zbekiston amaliyotida ijodiy foydalanish ko’nikmlarini shakllantirish iborat. 1. Tashkiliy ta’minot Vaziyat: Milliy eksport tarkibini diversifikatsiyalashning asoslari nimalardan iborat? Jahon amaliyotida asosan rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti muntazam yuksalib o’sib bormoqda va ishlab chiqarish tarkibi muttasil takomillashib, nafaqat qayta ishlangan, balki chuqur qayta ishlangan va innovatsion tovarlar ishlab chiqarish izchil rivojlanib rivojlanib bormoqda. Bu ayni vaqtda mazkur mamlakatlarning xalqaro bozordagi mavqeini va raqobat salohiyatini yanada mustahkamlashga, turmush farovonligini muntazam oshirishga zamin yaratmoqda. Ana shunday natijalarning bosh omillaridan biri bu ishlab chiqarish tarkibining chuqur diversifikatsiyalashganligi va uning ijobiy ta’siri eksportda ham yaqqol namoyon bo’layotganligida ko’rish mumkin. Jahonda shunday vaziyat sodir bo’layotgan bir paytda milliy eksport tarkibida etarli darajada qayta ishlanmagan va an’anaviy tovarlarni katta salmoqqa ega bo’lishi, ayniqsa, xom ashyolarlarning etakchilik o’rni sezilib tursa, mazkur sharoitda milliy eksport salohiyatini oshirish va tashqi bozorda raqobatbardoshlikni ta’minlash orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga asos yaratish imkonsiz hisoblanadi. Qolaversa, jahon tajribasida xom ashyo mahsulotlarining narxi jahon bozorida beqaror ekanligi va uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun asos bo’lolmasligi ko’p bora isbotlangan. Shu bois jahon hamjamiyatida bugungi kunda erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning imkoniyatlaridan etarli darajada manfaatdor bo’lish yo’llaridan biri, bu eksport tarkibini hozirgi jahon bozori taqozo qiladigan tartibda diversifikatsiya qilish talab etiladi. Bu faoliyat o’ziga xos ko’p qirrali va rang-barang jarayon bo’lib, har bir mamlakatda o’zining milliy ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib sodir bo’lgan. Shundan kelib chiqib, milliy eksport tarkibini diversifikatsiyalashning asoslari nimalardan iborat bo’lishi lozimligini aniqlab olish kerak bo’ladi. Muammo. Milliy eksport tarkibini diversifikatsiyalashning samarasini aniqlash. Keys bo‘yicha savollar va topshiriqlar: Eksport tarkibini diversifikatsiyalashning mohiyatini o’rganish va tahlil qilish. Eksport tarkibini diversifikatsiyalashning maqsadlari, vazifalari va majburiyatlari, muvaffaqiyatlari va muammolari, izlanish natijalarini aniqlash va tahlil qilish. Eksport tarkibi diversifikatsiyalashgan mamlakatlarni o’rganish asosida xorijiy davlatlar tajribalarini samarasini aniqlash. Download 18.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling