Ko’rilgan masala: ochiq darsning tahlil qilinishi


Download 28.5 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi28.5 Kb.
#1448381
Bog'liq
bayonnoma-2


Farg`ona shahar 18-umumiy o’rta ta’lim maktabining Ingliz tili fani pedagogik amaliyotchisi Omonjonova Mohigulning 7-“A”sinfda “Review” mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars tahlili
BAYONNOMASI
Sana: “25”-aprel 2023-yil
Tahlilda ishtirok etdilar:
Maktab direktori: A.A. Mamadaliyeva
Ingliz tili fani o’qituvchisi: M. Azimova
Ko’rilgan masala: ochiq darsning tahlil qilinishi.
7-“A” sinfda ingliz tili fani bo’yicha “Review” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars tahlili.
Masala yuzasidan maktab direktori so’zga chiqdi. U o’z so’zida darsda erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to’xtalib o’tdi. U pedagogik amaliyotchining quyidagi yutuq va kamchiliklari haqida aytib o’tdi:
Yutuqlari: Darsda o’quvchilar faolligiga erishildi, darsda ko’rgazmali qurollardan foydalanildi: kartochka, buklet, tarqatma materiallardan foydalanildi.
Yig’ilishda fan o’qituvchilari ham dars to’g’risida o’z fikrlarini aytdilar: Jumladan, Sh.Kurbanova o’z so’zida dars davomida ba’zi o’quvchilar o’qituvchi nazaridan chetda qolganligi, buning natijasida o’quvchilarga darsda berilishi kerak bo’lgan BKM (bilim, ko’nikma, malaka) elementlari o’zlashtirilmay qolganligi ta’kidlab o’tildi. Darsda erishilgan yutuqlar xususida to’xtalib, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishning afzalliklari ko’p ekanligini aytib o’tdi. Davlatimiz tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko’pgina afzalliklarga ega. Masalan, zamonaviy o’qitishning interfaol uslub metodlardan foydalanishni takomillashtirish. Darsda bir qator yutuq va kamchiliklarga to’xtaldi.
Ko’rilgan masala yuzasidan yig’ilish qarori:
1. Pedagogik amaliyotchi tomonidan o’tkazilgan dars “yaxshi” deb baholansin.
2. Darsda yo’l qo’yilgan kamchiliklar uslub-metod birlashma bilan birgalikda bartaraf etilsin.

Yig’ilish raisi: A.A. Mamadaliyeva
Ingliz tili fani o’qituvchisi: M. Azimova
Download 28.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling