Koriolis teoremasi Koriolis tezlanishi Koriolis Kuchi
Download 370.43 Kb.
|
Ismoilov Muzaffar 201 guruh 6 slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koriolis kuchi
Koriolis kuchi — biron sistemaga nisbatan harakat qilayotgan jismga shu sistema aylanma harakati koʻrsatadigan taʼsirga asoslangan inersiya kuchi. T.T.Koriolis nomiga qoʻyilgan. Aylanayotgan sanoq sistemasi (Yer) da harakatlanayotgan jism Koriolis kuchi taʼsirida oʻz nisbiy tezligi v ga va sistemaning burchak tezligi p ga tik yoʻnalgan tomonga ogʻadi yoki bu kuch shunday ogʻishga qarshilik koʻrsatayotgan jismga taʼsir qiladi. Koriolis kuchi jism massasining koriolis tezlanishiga koʻpaytmasiga teng va shu tezlanish yoʻnalishiga qarama-qarshi yoʻnalgan: bunda t —jism massasi, a =2[y5,b] —Koriolis tezlanishi.
Sutka davomida aylanayotgan Yerga yuqoridan erkin toʻshayotgan jismlarning sharq tomonga ogʻishi, Yer sirtida harakatlanayotgan jismlar Yerning Shimoliy yarim sharida shu jismlarning harakatiga nisbatan oʻngga, Janubiy yarim sharida esa chapga ogʻishi Koriolis kuchi tufayli-dir. Yer sekin aylanganligi tufayli, bu ogʻishlar juda kichik boʻladi. Juda katta tezlikdagi jism harakatlarida (mas, raketa va artilleriya snaryadlarining uchishida) yoki jism harakati juda uzoq vaqt davom etganda (mas, Yerning Shimoliy yarim sharidagi daryolar suvining oʻng qirgʻoqni yuvishi, Janubiy yarim sharida esa chap qigʻoqni yuvishi) bu ogʻishlar sezilarli boʻladi (bunda Yer aylanma harakatdagi "jism", daryo suvi — Yerga nisbatan harakatlanayotgan "jism"). Koriolis kuchi texnika (ayniqsa, kosmonavtika), meteorologiya, ballistikada hisobga olinadi
Download 370.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling