Koronavirus «covid-19» kasalligining oldini olish choralari


Download 14.89 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi14.89 Kb.
#163034
Bog'liq
covid 19

Koronavirus «COVID-19» kasalligining oldini olish choralari


Bosh davlat sanitariya vrachining qaroriga muvofiq koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha maxsus tartib ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining 2020-yil 27-fevraldagi 2-sonli Qaroriga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus «COVID-19» kasalligining kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan harakatlar algoritmiga asosan joriy etiladigan Tartib» ishlab chiqildi. Unga asosan 2020-yil 1-martdan boshlab «COVID-19» koronavirus kasalligi  bo‘yicha epidemik vaziyat murakkab  bo‘lgan dalvatlar toifalangan bo‘lib, ulardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga quyidagi tartibga asosan karantinga olinadi:

1-a. toifa – Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Italiya, Afg‘oniston va Yaponiya davlatlaridan kelgan fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali, bir vaqtda uyushgan holda kirib kelganda Epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi qaroriga muvofiq belgilangan muassasalarda 14 kunlik karantinga joylashtirib tibbiy nazorat, tashxisot va davolash ishlarini tashkil etiladi. Ular inson hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan maxsus muassasalarga joylashtiriladi.

Bunda fuqarolarga karantin mobaynidagi qat'iy intizom talablari eslatiladi. 

1-b. toifa – Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Italiya, Afg‘oniston, Yaponiya, Fransiya, AQSh, Germaniya, Singapur, Ispaniya, XXR Gonkong, XXR Makao, XXR Tayvan davlatlaridan fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali, bir vaqtda uyushmagan holda kirib kelganda yashash joylarida 14 kunlik karantinga olinib tibbiy kuzatuv joriy etiladi.

Fuqarolar 14 sutka davomida yashash joyida (uy, mehmonxona, yotoqxona, va boshqalar) doimiy ravishda izolyasiyada bo‘lishi lozim, oila ’'zolaridan tashqari kishilar bilan muloqotda bo‘lmasliklari, aholining ommaviy to‘planadigan joylariga borishiga ruxsat etilmaydi.

Shundan so‘ng ham ularning ahvoli 10 kun mobaynida tibbiyot xodimi tomonidan telefon orqali surishtirib turiladi.

1-a va b toifadagi guruhlar uchun istisnolar: rasmiy va hukumat delegatsiyalari a’zolari, shuningdek, xizmat va diplomatik pasport egalari, aviakompaniyalar uchuvchilari va ekipaj a'zolari, lokomotiv brigadalar, temir yo‘l transportining transport faoliyati bilan bog‘liq shaxslar va xalqaro avtoulovlarda yuk tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilar.

Shuningdek 1-b toifa va 2-toifadagi guruhlar uchun quyidagi tartib joriy qilinadi: klinik ko‘rsatmalarga asosan o‘tkir respirator infeksiya alomatlari aniqlangan shaxslar shifoxona sharoitida tashxisi va davolash maqsadida yotqiziladi.

2-toifa – Tailand, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Malayziya, BAA davlatlaridan kelgan fukarolar yashash joylaridagi davolash-profilaktik muassasalari shifokorlari tomonidan 14 kun mobaynida tibbiy kuzatuvga olinadi. Bu toifaga ekipaj a'zolari, lokomotiv brigadalar, temir yo‘l transporti faoliyati bilan bog‘liq shaxslar va xalqaro avtoulovlarda yuk tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilar ham kiradilar. 

Ularga ham ma'lum cheklovlar tavsiya etiladi, shuningdek, mamlakat chegarasini kesib o‘tgandan so‘ng, 14 kun mobaynida yashash joyidagi tibbiy muassasalari tomonidan tibbiy nazoratga olinadi va keyingi 10 kun davomida telefon orqali xabar olinadi.

3-toifa – Baxrayn, Kuvayt, Armaniston, Belorusiya, Ummon, Pokiston, Gruziya, Chexiya, Iroq, Livan, Kanada, Litva, Estoniya, Ruminiya, Gretsiya, Gollandiya, Norvegiya, Avstriya, Daniya, Shvetsiya davlatlaridan kelgan fuqarolar yashash tibbiy muassasalari tomonidan 14 kun mobaynida telefon orqali kuzatuvga olinadi.

Bu toifadagi davlatlardan kelgan shaxslar oxirgi tashrifidan 14 kundan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, telefon orqali xabar olinadi. Shaxslar hududiy tibbiyot muassasalarga o‘zi haqida xabardor qilgan holda, mamlakat bo‘ylab harakatlanish huquqiga ega. Ular uchun ham ma'lum cheklovlar belgilangan. 

Tibbiy xodim tomonidan har kuni (24 kun davomida) telefon orqali salomatlik holati so‘raladi.



Agarda, fuqarolar «COVID-19» koronavirus kasalligi qayd etilmagan boshqa davlatlarda 14 sutkadan ortiq vaqt mobaynida istiqomat qilib, so‘ngra  O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan bo‘lsa, ularga nisbatan karantin va cheklovlar joriy etilmaydi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
Download 14.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling