Koronavirus pandemiyasi sharoitida inson hayotining barcha jabhasida misli koʻrilmagan oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda
Yangi tizimga oʻtilsa, qanday oʻzgarishlar sodir boʻladi?
Download 54.01 Kb.
|
MAQOLA YORDAMCHI
Yangi tizimga oʻtilsa, qanday oʻzgarishlar sodir boʻladi?
Mazkur tizimning oliy taʼlimga joriy qilinishi oʻqitish sifatini oshirish, shaffoflikni taʼminlash, korrupsiyaga barham berish, taʼlim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish hamda talabaning mustaqil oʻqib-oʻrganib, oʻz ustida ishlashiga zamin yaratadi. Bugungi kunda Yevropa kredit tizimi koʻhna qitʼaning deyarli barcha oliy oʻquv yurtida amaliyotga joriy etilgan. Kredit-modul tizimining joriy etilishi oʻqituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim omil hisoblanadi. Modulli taʼlimda pedagog tinglovchining oʻzlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yoʻnaltirilgan obyekt tomon mustaqil harakat qiladi. Eng katta urgʻu ham talabalarning mustaqil taʼlim olishiga qaratiladi. Oʻquv jarayonida mustaqil taʼlim olishning ahamiyati ortadi va bu kelajakda mutaxassislarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi hamda faolligini oshirishga olib keladi. Kredit-modul tizimida universitet talabalari har doim oʻqituvchi va kursdoshlaridan yordam hamda maslahat olish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu esa oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlaydi va jamoada ishlash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Kredit-modul oʻqitish tizimiga oʻtish oliy oʻquv yurti professor-oʻqituvchilariga boʻlgan majburiyat hamda talabni ham oshiradi. Yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek, modulli oʻqitish tizimi bilan oʻqituvchi nafaqat axborot beruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalarini, balki maslahatchi hamda muvofiqlashtiruvchilik vazifalarini ham bajaradi. Pedagogik jarayonda oʻqituvchining yetakchilik roli saqlab qolinadi. Yana bir gap. Taʼlimning kredit tizimi talabalar almashinuvini oshiradi. Chunki bitta universitetda olingan kreditlar ikkinchisida hisobga olinadi va talabalar kredit yoʻqotmasdan bir universitetdan boshqasiga oʻtishi mumkin. Aynan ushbu tizim oʻzbekistonlik talabalarning ilgʻor xorijiy universitetlarda oʻqishini davom ettirishiga hamda murakkab byurokratik toʻsiqlarni olib tashlashga imkoniyat yaratadi. Ammo shuni ham qayd etish lozimki, har qanday xalqaro tajribani koʻr-koʻrona, oʻz qadriyatlarimizni hisobga olmasdan turib, toʻgʻridan-toʻgʻri tatbiq etish, uning har bir elementini chuqur tahlil qilmasdan, ilmiy asoslarga tayangan holda amalga oshirilmas ekan, kelajakda maʼlum bir salbiy holatlarning yuzaga kelishini ham unutmaslik kerak. Yaʼni ushbu tizim bizning dunyoqarashimiz, shart-sharoit, barkamol insonni voyaga yetkazishga qaratilgan qadriyatlarimizga toʻla-toʻkis mos keladi, degani ham emas. Shu sababli, oʻquv jarayonining faol elementlari hisoblanmish professor-oʻqituvchi va talabaning ham bu boradagi qarashlarini oʻzgartirishimiz, mazkur tizim talablarini ularga singdirishimiz, oʻziga xos madaniyatni shakllantirishimiz darkor. Zero, mehnat bozori talabiga mos kadrlarni tayyorlamas ekanmiz, raqobatda oʻz oʻrnimizni, mavqeimizni yoʻqotishimiz muqarrar ekanligini his qilishimiz lozim. Ammo oldimizda bundan yaxshiroq yoʻl ham, tanlov ham yoʻq. Nega deganda, barcha rivojlangan mamlakatlarning oliy taʼlim muassasalari ushbu yoʻldan yurib, yuqori natijalarni qoʻlga kiritmoqda. Anʼanaviy oliy taʼlim tizimimiz dunyoda tan olinmaganidan keyin, biz ilgʻor standart va tizimlarni oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etishga majburmiz. Shunday ekan, yangilikka intilish, oliy taʼlim tizimini tubdan qayta isloh qilish boʻyicha boshlangan harakatlarni davom ettirish har tomonlama toʻgʻri qarordir. Soʻzimiz yakunida esa oʻzbek mumtoz adabiyotining zabardast vakili Zahiriddin Muhammad Boburning ilm oʻz-oʻzidan bunyod boʻlmasligi, kishi faqat katta havas va kuchli ishtiyoq bilangina unga ega boʻlishi taʼkidlangan quyidagi misralarini yodga olish oʻrinli: Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, Oʻrgangani ilm tolibi ilm kerak. Men tolibi ilmu tolibi ilme yoʻq, Men borman ilm tolibi, ilm kerak. Download 54.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling