Koronavirus pandemiyasining dunyo mamlakatlari iqtisodiyotlariga ta`siri


Download 97.06 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi97.06 Kb.
#204656
1   2   3
Bog'liq
koronavirus pandemiyasining dunyo mamlakatlari iqtisodiyotlariga ta

Maydoni,ming kv.km

Aholi soni (mln. kishi)

YaMM (mlrd.dol)

Aholi jon boshiga daromad (dol )

AQSh

9831,6

327,2

20636,3

63080

Buyuk Britaniya

243,6

68,5

2777,4

41770

Germaniya

357,6

82,9

3905,3

47090

Rossiya

17098,3

144,5

1501,7

10230

Xitoy XR

9562,9

1392,7

13181,4

9460

Janubiy Koreya

100,3

51,6

1580,1

30600

Qozog‘iston

2724,9

18,3

147,6

8070

O‘zbekiston

447,4

33,0

66,5

2020

Qirg‘iziston

200,0

6,3

7,7

1220

Tojikiston

141,4

9,1

9,2

1010

Turkmaniston

488,1

5,9

39,4

6740

Belorus

207,6

9,5

53,8

5670

Armaniston

29,7

3,0

12,5

4230

Turkiya

785,4

82,3

858,1

10420

Jahon bo‘yicha

132025,2

7594,3

84478,9

11124

Manba: World Development Indicators. http://wdi.worldbank.org/table/WV.1, 2018

Koronovirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O‘zbekistonning yirik iqtisodiy sherik mamlakatlariga salbiy ta’siri

Global inqirozning respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sirlarini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronovirus pandemiyasi va global inqiroz xolatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora - tadbirlar to‘g‘risida” va “Kornovirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab – quvvatlashga doir qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida “ gi Farmonlari qabul qilindi va amaliyotda joriy etilmoqda.



Farmonda ko‘rsatib o‘tilgandek jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda respublikamizda insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab -quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.

2 –jadval. Dunyoning mamlakatlariga koronovirus pandemiyasining tarqalishi

Mamlakatlar

20.04.2020ga virus yuqtirganlar soni, kishi

Jahondagi ulushi,%

YaIM ning ulushi,%

AQSh

740746

31,38

24,400

Buyuk Britaniya

120067

5,09

3,300

Germaniya

144124

6,11

4,600

Rossiya

47121

2,00

1,780

Xitoy XR

82735

3,51

15,600

Janubiy Koreya

10661

0,45

1,900

Qozog‘iston

1852

0,08

0,180

O‘zbekiston

1657

0,07

0,080

Qirg‘iziston

568

0,02

0,009

Belorus

6264

0,27

0,001

Armaniston

1339

0,06

0,050

Turkiya

82329

3,49

0,100

Jami

2360337

52,51

52,000







Manba: Johns Hopkins University Center for Systems Science and Engineering. http://coronovirus.jhu.edu/

Raqamlar va ularning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki globallashuv va integratsiyadan, ikki va ko‘p tomonlama iqtisodiy aloqalardan inqirozgacha ko‘p naf ko‘rgan mamlakatlar koronovirus pandemiyasidan shunchalik ko‘p zarar ko‘rmoqdalar. Koronovirusga chalinganlarning soni jihatidan dunyoda ular peshqadam bo‘lmoqdalar (2 – jadval). Jumladan, AQSh da 2020 yil 20 aprel sanasiga 740 mingdan ortiq, Xitoyda 82,7 ming, Turkiyada 82,2 ming, Rossiyada 47,1 ming holatda koronovirus yuqtirganlar qayd etilgan. Chunki iqtisodiyotning salohiyati, savdo-sotiq munosabatlar, mamlakatlarning ochiqlik darajasi, tovarlar, investitsiya va turistlar oqimi o‘zaro kontaktlarining oshishiga va epidemiyaning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan. Nisbatan kam taraqqiy etgan va iqtisodiyoti ochiqligi past bo‘lgan mamlakatlar (masalan Tojikiston va Turkmaniston) pandemiya tarqalishidan xoli bo‘lmoqda. Tahlillar shuni taqozo qilmoqdaki mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi ulushi bilan koronovirusga chalinganlarning ulushi o‘rtasida o‘zaro korrelyasion aloqadorlik ( R = 0,75) bor ekan, shuningdek, mamlakatlarning koronovirus pandemiyasidan iqtisodiy yo‘qotishlari ham epidemiyadan zaralanish ulushlariga bog‘liq. Quyidagi jadvalda koronovirus pandemiyasi salbiy ta’sirida mamlakatlarning iqtisodiy zararlari va aholi jon boshiga daromadlarining qanchalik pasayishi prognoz qilingan.



3- jadval. Koronovirus pandemiyasi salbiy ta’sirida iqtisodiy zararlar prognozi

Mamlakatlar

Jami iqtisodiy yo‘qotish,mlrd.$

Har oydagi yo‘qotishlar, mlrd. .$

Har bir aholiga yo‘qotish, $

AQSh

619,09

51,59075

1892,08

Buyuk Britaniya

83,32

6,9435

1216,38

Germaniya

117,16

9,76325

1413,26

Rossiya

45,05

3,75425

311,77

Xitoy XR

395,44

32,9535

283,94

Janubiy Koreya

47,40

3,95025

918,66

Qozog‘iston

4,43

0,369

241,97

O‘zbekiston

2,00

0,16625

60,45

Qirg‘iziston

0,23

0,01925

36,67

Belorus

1,61

0,1345

169,89

Armaniston

0,38

0,03125

125,00

Turkiya

25,74

2,14525

312,79

Jahonda

2610,00

217,5

343,68

Manba: World Development Indicators. http://wdi.worldbank.org/table/WV.1, 2018 asosida muallif ishlanmasi

Jadval ma’lumotlariga nazar tashlasak aholi daromadlarining jon boshiga pasayishi AQShda (1892 dol), keyinchalik Germaniya (1413), Buyuk Britaniya (1216), Janubiy Koreya (918dol), Rossiya (311) va Xitoy (284dol)ga prognoz qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasida umumiy yo‘qotish 2,1 mlrd. AQSh dollarida va jon boshiga 60 dollarga teng bo‘ladi. Aholi daromadlaridagi yo‘qotishlarni qoplash uchun ba’zi mamlakatlar pul tarqatishmoqda. Ammo O‘zbekiston Respublikasi hukumati muqobil qaror qilib “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati orqali korxona va jamoat tashkilotlari kam ta’minlangan oilalarga xayriya tadbirlarini o‘tkazmoqdalar. Korxonalarning "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakatida qatnashishi davlat tomonidan inqiroz yo‘qotishlarini tadbirkorlar zimmasiga tashlagani emas, balki bu harakat ayni yalpi talab tushib borayotgandagi holatni o‘nglashga qaratilgan harakatdir. Chunki yalpi taklif pasaygan davrda yalpi taklifni aholiga pul tarqatish orqali oshirish inflyasiyani oshiradi va aholi undan naf ko‘rmasligi mumkin. Korxonalarning umumxalq xarakatida qatnashishi ularga naf keltiradi.



  • Birinchidan, korxona tovar yoki xizmatlarini (oldindan to‘plangan zaxiralarini talab tushib ketgan davrda sotish uchun reklama xarajatlarini qilishi kerak bo‘lardi;

  • Ikkinchidan, korxonaning “Saxovat va ko‘mak” umumxalq xarakatidagi ishtiroki xaridorlar, uning aholi o‘rtasidagi obro‘si va imidjini oshiradi;

  • Uchinchidan, umumxalq harakatida qatnashish korxonalar o‘rtasidagi oldingi shakllangan zanjirband iqtisodiy aloqalarni jonlantiradi. Biznes yuritish faollashadi va to‘rtinchidan marketiing xarajatlari tejaladi, chunki ular kelgusida jozibador (consumer loyalty) iste’molchilar guruhini shakllantiradi va h.k.o

Kornovirus pandemiyasi tugagandan keyingi iqtisodiy tiklanish va rivojlanish

Inqiroz davom etayotgan davrida milliy iqtisodiyotning birinchi galdagi vazifalari bozor ishonchini tiklash, nobozor sektorini, birinchi navbatda renta munosabatlari ta’sir hududini qisqartirish va raqobatchilikni rivojlantirishdan iborat. Milliy iqtisodiyotni energiya-xom ashyo yo‘lidan innovatsion yo‘nalishga o‘tkazish samaradorligi aholining turli ijtimoiy guruhlari, hokimiyat va biznes o‘rtasidagi aloqalarning ishonch darajasi bilan belgilanadi. Shuningdek, korxonalarning raqobatbardoshligi va ularning iqtisodiy holatiga koronovirus pandemiyasining ta’sirini yumshatish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish, transaksion sarflarni tejash chora - tadbirlari tavsiya etilgan.

Moliyaviy nochor korxonalarga imtiyozli kredit berish, bankdan olgan kreditlarini so‘ndirishga imtiyoz yaratish, mahsulotlarning energiya va boshqa xom ashyo sig‘imini pasaytirishni rag‘batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarini lokalizatsiya dasturlariga kiritish, ularning mahsulotiga bo‘lgan ichki talabni oshirish tadbirlari belgilangan. Ishlab chiqarishni yangi mahsulotlar va faoliyatlar bilan kengaytirish hisobiga diversifikatsiyalashni amalga oshirish, mahsulotlar va xizmatlar assortimenti va sifatini oshirish, ulardagi qo‘shimcha qiymat sig‘imini oshirish, sotish kanallari va bozorlarini kengaytirish, bandlikni, o‘z – o‘zining bandligini ta’minlash chora –tadbirlari keng joriy etilmoqda.

Bu holatlar kelgusida mamlakatimiz tez fursatda inqiroz ta’siridan chiqgan inqirozgacha bo‘lgan xolatni tiklab barqaror rivojlanish troyektoriyasiga o‘tishiga xizmat qiladi. Shu xususida yana bir olimlar o‘rtasidagi inqirozdan keyingi rivojlanish ssenariyalari munozorali bo‘lib turibdi. Ayrim olim va mutaxassislar kelgusida iqtisodiyotlarning rivojlanishi to‘g‘risida lotincha L- shaklida ( L- shape), U- shaklida ( U –shape) yoki V –shaklida (V-shape) bo‘lishini prognoz qilishmoqda. Ushbu harflarning ko‘rinishi yalpi taklif egri chizig‘ining shaklini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda milliy iqtisodiyotlar va jahon iqtisodiyoti oldingi shakliga kirib rivojlanish bosqichiga o‘tadi deganidir. Bizning tahlillarimiz shundan dalolat beradiki rivojlanayotgan kichik mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyoti 5 yoki 6 oyda iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplab bu yilgi YaIM ning o‘sish sur’ati 1,2 – 1,5 foiz atrofida va keyingi yili 7,0 - 7,2 foizga ko‘tariladi. Jahon iqtisodiyoti va rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya) iqtisodiyotlari iqtisodiyotining U – shaklda rivojlanadi, Boshqacha qilib aytganda bu iqtisodiyotlarga tiklanishi va rivojlanishi uchun ko‘proq vaqt (bir va bir yarim yil) talab etiladi.



Respublikamiz uchun koronovirus pandemiyasi ta’siridagi iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplash uchun bizningcha bu yil 5 yoki 6 oy talab etiladi va joriy yilda iqtisodiy o‘sish pasayib 1,2 – 1,4 foiz atrofida bo‘lishi va keyingi yili esa qabul qilingan Inqirozga qarshi chora tadbirlarning mahsuli sifatida o‘sish sur’ati 7,0 atrofida va undan yuqori bo‘ladi.
Download 97.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling