III-BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI KREDITLASH AMALIYOTINING TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Tijorat banklarining kreditlash amaliyotidagi mavjud muammolar
Tijorat banklari o‘zlarining kredit operatsiyalarini amalga oshirishga doir bir qator ma’lumotlar asosida yuqoridagi boblarda o‘tkazilgan tahlillar natijasida shakllantirilgan ba’zi muammolarni keltirib o‘tamiz.
Birinchidan, avvalo mamlakatimiz Prezidentining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasining yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan davlat dasturini amalga oshirilishi uchun jami 37 687.8 mlrd. so‘m va 8 349.3 mln. AQSh dollari sarflanishi lozim. Shundan mamlakatimiz tijorat banklari o‘zlarining 16 941.2 mlrd.so‘m (yoki jami milliy valyutada sarflanishi lozim bo‘lgan mablag‘ning 44.9 foizi) bilan qatnashishlari belgilab qo‘yilgan43, bu esa hozirda barcha tijorat banklari jami kredit portfelining (2017 yil 1 yanvar holatiga 53 379 mlrd. so‘m) qariyb 32 foizini tashkil qiladi44.
Bundan tashqari tijorat banklarining o‘z oldiga qo‘ygan rejalari bo‘yicha xam jami kredit portfeli oshirib borilishi belgilab qo‘yilgan.
Bu esa mamlakatimiz banklari juda katta miqdorda resurs topishi lozimligini anglatadi.
Respublikamiz tijorat banklari kreditlash amaliyoti muammolarini o‘rganish maqsadida 2017 yilning yanvar-mart oylarida “Asakabank” ATB Surxondaryo viloyati filialining 55 nafar xodimlari bilan birgalikda Surxondaryo viloyatining bir qator tumanlarida so‘rovnomalar o‘tkazildi. So‘rovnoma viloyatning 29 667 nafar fuqarolari orasida o‘tkazildi. Uning natijalariga ko‘ra tadbirkorlik qilish
43“O‘zbekiston Respublikasining yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil.
44Markaziy bank ma’lumotlari.
maqsadida bank kreditlaridan foydalanish istagini bildirgan fuqarolar 5 933 nafar yoki, so‘rovnoma o‘tkazilgan jami aholini 20 foizi. Lekin ushbu bank kreditini olish istagini bildirgan mijozlarning faqatgina 1 224 nafariga yoki, jami kredit olish istagini bildirgan mijozlarning 20.6 foiziga “Asakabank” ATB Termiz filiali tomonidan umumiy summasi 9 437 mln. so‘m miqdorida mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |