Korporativ strategiya Reja
Download 85 Kb.
|
Korporativ strategiya
Korporativ strategiya Reja: 1.Diversifikatsiya bilan bog‘langan strategiya 2.Diversifikatsiya bilan bog‘lanmagan strategiya 3.Kapitalning siqib chiqarish va tugatish strategiyasi 1. Diversifikatsiya bilan bog‘langan strategiya Diversifikatsiya strategiyasi, tashkilotning biznes sohasi portfeliga, quyidagilar yordamida, biznesning yangi sohalari kirishini ko‘zlaydi: tashkilotga ega bo‘lish; tashkilotni «boshidan» yaratish; qo‘shma korxonalar yaratish; Biznes muhit portfeli doirasidagi diversifikatsiyalash natijasida, integral korporativ xarajatlarning pasayishida namoyon bo‘ladigan va manbalardan ko‘p funksional foydalanish hisobidan vujudga keluvchi, sinergetik samaralar bo‘lishi mumkin. Strategik boshqarishda sinergetik samaralar, strategik muvofiqlik (SM), deb ataladi va ular o‘zaro o‘zgarishi mumkin, birgina biznes soha portfeliga tegishli bo‘lgan, turli tashkilotlar xarajati tuzilishidagi, sarflashning o‘xshash qismlari sifatida aniqlanadi. SB da SM quyidagilarga ajraladi: marketing (yagona mijoz; yagona geografik maydonlar, sotish yo‘llari, reklamani kuchaytirish, ta’minlovchilar; o‘xshash savdo belgilari, sotuvdan keyingi servis; ishlab chiqarish (yagona ishlab chiqarish quvvati; o‘xshash texnologiyalar); boshqarish (yagona boshqaruv tizimlari va o‘qitish, menenjerlar). Marketing SM misoli. Savdo belgisini yaratish bahosi tashkilotlarning nomoddiy aktivlarida har doim asosiy qismni tashkil qiladi. Coca-cola va Marlboro kompaniyalarining savdo belgisi bahosi, har biri o‘ttiz mlrd. dollardan ko‘proq baholanadi. Agar tashkilot manzur bo‘lgan savdo belgisiga ega bo‘lsa, u holda u yangi tovarning taraqqiy etishi uchun undan foydalanishi mumkin va har qanday hollarda munosib savdo belgisiga ega bo‘lmagan va boshqa bir xil sharoitda, o‘xshash mahsulotning taraqqiy etishiga kirishgan, boshqa tashkilot bilan taqqoslaganda, bu taraqqiyotga ancha kam mablag‘lar sarflaydi. Diversifikatsiyalash strategiyasi ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: bog‘langan va bog‘lanmagan. Diversifikatsiya bilan bog‘langan strategiya, biznes sohalari orasidagi, unga kiruvchi mavjud bo‘lgan muhim SMlarni nazarda tutadi. Diversifikatsiyalash bilan bog‘langan tashkilotlar konsernlar deb ataladi. Masalan, Gilette kompaniyasi o‘z portfelida, SM ga ega bo‘lgan quyidagi biznes sohalaridan iborat bo‘ladi: piska va ustaralar; tish pastalari va chetkalar; kanselyariya buyumlari; kofe qaynatgichlar, budilniklar, elektrik tish chetkalari va hakoeo. Johnson and Johnson kompaniyasi quyidagi biznes sohalariga ega: bolalar uchun gigiyena va attorlik mahsulotlari; dori-darmonlar; stomatologik jihozlar; veterinariya preparatlari; ayollar gigiyenasi predmetlari; bandaj va yog‘lash materiallari va hokazolar. Tashkilotlar ko‘pgina biznes sohalariga ega bo‘lishi mumkin; buning ustiga SM ba’zi birlarining orasida mavjud bo‘lishi, boshqalarining orasida esa bo‘lmasligi mumkin. Uyushmalar tasniflash masalasiga aniqlik kiritish uchun, «ushbu strategik darajada, diversifikatsiyaning ko‘p uchraydigan turi» degan tushuncha mavjudki, unda diversifikatsiyaning tashkilotdagi bir tartibli kichik tizimlar tahlili darajasidagi ko‘p uchraydigan turi nazarda tutiladi. Download 85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling