Korporativ tarmoqni tahlil qilish va kuzatish
OmniPeek dasturiy analizatori (tahlil qiladigan asbob)
Download 287.61 Kb.
|
Korporativ tarmoqni tahlil qilish va kuzatish
OmniPeek dasturiy analizatori (tahlil qiladigan asbob)
OmniPeek dasturiy ta’minoti (to’rtta har xil variantlarda ishlab chiqariladigan: Basic, Professional, Enterprise va Connect) korporativ tarmoqlarining ishlashini to’liq tahlil qilish uchun mo’ljallangan. OmniPeek qo’llanmasi, ko’tarib yurishga qulay bo’lgan (portativ) tarmoq analizatori uchun dasturiy ta’minot sifatida yoki OmniEngine dasturiy sinov vositalari (probniklar) uchun konsol sifatida ishlagan holda, korporativ tarmoqlarini tezkorlik bilan tahlil qilish va aniqlash (diagnostika qilish) bo’yicha muhandislarga yordam beradigan, ichki his bilan seziladigan (intuitiv) ravishda tushunarli va odatda qo’llaniladigan grafik interfeysni taklif qiladi. Mazkur qo’llanma barcha boshqariladigan nimtarmoqlar uchun markazlashtirilgan ekspert tahlil qilinishini ta’minlaydi. Ekspert tahlil qilinganda, OmniPeek tarmoq bog’lamalarining juftlari orasidagi so’zlashuvlarda (dialoglarda) muammolarni aniqlaydi (diagnostika qiladi), buning natijasida tarmoqning qaysi elementlari ishlashida kamchiliklar paydo bo’lganligini tezkorlik bilan aniqlash imkoniyati yaratiladi. Tarmoq muhandislari aniq ekspert hodisalari paydo bo’lganda, yoki tarmoq siyosatining tarkibiy tuzilma shaklidagi qoidalariga rioya qilinmaganda tegishli xabarlarni olishlari mumkin. OmniPeek qo’llanmasi ham tarmoqning, hamda multimedia trafigining chuqur tahlil qilinishini va aniqlanishini (diagnostika qilinishini) ta’minlaydi, bu o’z navbatida tarmoqni tahlil qilishning bir nechta har xil vositalaridan foydalanmaslik imkoniyatini yaratadi. Ushbu dasturiy ta’minotining (DT) foydalanuvchilari har qanday olib beriladigan (translyatsiya qilinadigan) mediaoqim uchun ovoz va / yoki video olib berilishining sifati to’g’risidagi ma’lumotni ko’zdan kechirishi imkoniyatiga ega. OmniPeekda shuningdek ovozning va videoning olib berilishi uchun ovozli chaqirishlarni qaytadan tiklash va signallar berilishini tahlil qilish imkoniyatlari mavjud. Tarmoqning yomon ishlashi holatida mazkur mahsulot muhandislarga muammoning sabablarini aniqlashda yordam beradi. OmniPeek dasturiy ta’minoti (DT) qo’llanmalarning javob berish vaqtini, paketlarni olib berilishining aylanma (round-trip) to’xtalishini, serverlarning javob berishi tezligini, ma’lumotlar bazalari bilan tranzaktsiyalarni amalga oshirish tezligini va ko’pgina boshqa past darajali ko’rsatkichlarni nazorat qilish imkoniyatini yaratadi. Mazkur dasturiy ta’minot (DT) har bir nazorat qilinadigan qo’llanma uchun Application Performance Index (Apdex Score) baholashni beradi, ushbu baholash foydalanuvchilarning mazkur qo’llanmaning ishidan qanoatlanganligi darajasini ta’riflab beradi. Apdex Score bo’yicha yomon bahoni ko’rib, uning sabablarini aniqlash maqsadida muhandis aynan ushbu baholashni hisoblashda foydalanilgan aniq tarmoq trafigini tahlil qilib chiqishi mumkin. Qo’llanmalarning ishlashi to’g’risidagi OmniPeek dasturiy ta’minoti (DT) tomonidan beriladigan ma’lumot OmniPeek yordami bilan tarmoq muhandislari tarmoq trafigini egallashlari va saqlashlari mumkin, bundan keyin tarmoqdagi noxush hodisalarni tekshirib ko’rish, tarmoq ishidagi muammolarni aniqlash (diagnostika qilish), lavozim yo’riqnomalariga va tizim siyosati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, qo’llanmalar ishlashini tahlil qilish hamda ishga aloqador tranzaktsiyalarni bajarish maqsadida uning o’tmishga qaratilgan (retrospektiv) tahlilini amalga oshirishlari mumkin. Ichki his bilan sezgan (intuitiv) ravishda tushunarli bo’lgan o’zaro faol (interaktiv) axborot paneli kerakli ma’lumotlarni izlab topish mezonlarini osonlik bilan belgilash imkoniyatini yaratadi. OmniPeek dasturiy ta’minotining to’la-to’kis funktsionali yuqorida sanab o’tilgan imkoniyatlar bilan mutlaqo cheklanmaydi. Mazkur paketning boshqa muhim funktsiyalari orasida MPLS va VLAN tarmoqlar tahlilini alohida ko’rsatib o’tish mumkin. OmniPeek dasturiy ta’minoti (DT) bilan bir qatorda, WildPackets kompaniyasi (aynan OmniPeek dasturiy ta’minotidagiga o’xshash ravishda) tarmoqlarni tahlil qilish bo’yicha ilg’or texnologiyalarni amalga oshiruvchi OmniEngine aqliy (intellektual) dasturiy sinov vositalarini (probniklarni) ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotlar tarmoqning ishini haqiqiy vaqt masshtabida tahlil qilishadi, bitta yoki undan ko’proq tarmoq interfeyslari yordami bilan uning trafigini egallab, tarmoq qo’llanmalari va xizmatlarining (shu jumladan Apdex Score va MOS) metrikalarini, shuningdek kelgusida o’rganib chiqish uchun, masalan, tarmoqdagi noxush hodisalarni tekshirib ko’rish maqsadida, egallangan ma’lumotlarni ham saqlashadi. OmniEngine dasturiy ta’minoti (DT) xizmat sifatida ajratilgan Windows-serverlarda yoki WildPackets kompaniyasining Omnipliance va TimeLine tarmoq yozuv qurilmalarida ishlaydi. Download 287.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling