Korreksion fanlarda o’quvchilarni eshitish idrokini rivojlantirish va talaffuzini shakllantirish mavzusida ma’ruza
Download 18.94 Kb.
|
доклад
Korreksion fanlarda o’quvchilarni eshitish idrokini rivojlantirish va talaffuzini shakllantirish mavzusida ma’ruza. Alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan kar bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab -internatida ta’limni rivojlantirish sohasida buyuk islohatlar boshlab yuborildi. O’qitishning yangi samarali usullari ishlab chiqila boshladi, ijodkorlikka keng yo’l ochildi, mustahkam bilim, ko’nikma, malakalarga ega, erkin fikrlovchi, ma’naviy boy, zukko bilimdon yoshlarni tarbiyalash maqsad qilib qo’yildi. O’quvchilar eshitish idrokini o’stirish-kar bolalarni o’qitishga ixtisoslashgan maktabimizda olib borilayotgan korreksion -pedagogik faoliyatning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu ish dars mashg’ulotlari va darsdan foydalanib amalga oshiriladi. O’quvchilar eshitish idrokini o’stirish va talaffuzga o’rgatish maqsadida tashkil qilinadigan yakka eshitish mashg’ulotlari har bir o’quvchi bilan individual tartibda olib boriladi. Mazkur dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish usul va yo’llarini tovushlarni to’g’ri qo’yish tartibini aynan ana shu mashg’ulotda yoritib beriladi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, u ta’lim jarayoniga yangicha yondashuvni ya’ni yakka mashg’ulot darslarida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishni tavsiya etadi. Eshitish idrokini o’stirishda ta’limiy o’yinlardan foydalanish orqali darsning qiziqarli tashkil etilishiga erishiladi. Bunda o’quvchining eshitish idrokini o’stirish bilan bir qatorda uning aqliy taraqqiyoti, ruhiy jarayonlari sezgi idrok, xotira, tafakkur, diqqati hamda tasavvurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kar va zaif eshituvchi bolalar maktablari o’quv -tarbiya jarayonida umumta’lim maktablari singari uch mezonga asoslanadi . Bular: -O’quvchi soni -O’qish joyi -O’quv mashg’ulotiga ajratilgan vaqt, ya’ni o’quv faoliyatining davomiyligi. Har uchala mezon maxsus maktablardagi o’quv jarayonini tashkil qilish, jumladan , o’quvchilar eshitish idrokini o’stirish ishlari amalga oshiriladigan o’quv- tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun juda muhim. Birinchi mezonga asosan o’quvchilar eshitish idrokini o’stirish umumta’lim darslarida, guruhli va individual darslar jarayonida amalga oshiriladi. Ikkinchi mezon o’quvchilar eshitish idrokini o’stirish bo’yicha o’quv faoliyatining qo’yidagi shakllarida o’z aksini topgan: eshitish kabinetidagi frontal mashg’ulot, ritmika xonasidagi musiqali ritmika mashg’uloti, eshitish xonasidagi yakka mashg’ulot va sinfdan tashqari mashg’ulot. Uchinchi mezonga asosan musiqali- ritmika, frontal va sinfdan tashqari darslar 45 minut, guruhli darslar 30 minut, yakka mashg’ulot darslari 20 minutni tashkil qiladi. “Talaffuzga o’rgatish va qoldiq eshitishni rivojlantirish” darsi o’quvchilar eshitish idrokini o’stirish, ya’ni, nutqni eshitib idrok qilishni rivojlantirishga qaratilgan asosiy dars mashg’ulotlardan biridir. U o’quvchilar bilan individual tarzda olib borilgani uchun ko’pincha “yakka eshitish mashg’uloti” deb yuritiladi. Uning maqsadi-o’quvchilarni atrofdagi insonlrning nutqini eshitish, hamda ko’rib-eshitish orqali idrok qilishga, past eshitish imkoniyati sharoitida muloqot vositalarini egallashga o’rgatish, o’quvchilar so’z boyligini , bog’lanishli nutqini o’stirish, to’g’ri talaffuzdan iboratdir. Yakka eshitish darslari ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi talaffuzga o’rgatish qismi qo’yidagi ish turlarini o’z ichga oladi: 1.Nutqiy nafasni to’g’ri yo’lga qo’yish orqali, bir nafas chiqarishda tovush, bo’g’in, so’z va jumlalarni to’g’ri ifodalay olishga o;rgatish. 2.Me’yoriy balandlikda, kuchda va ohangda ovoz chiqarish ko’nikmasini hosil qilish. 3. Alohida tovush va tovush brikmalarini to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish. 4.So’zlarni ravon, qo’shimcha tovushsiz, so’zdagi tovush tarkibini buzmay ifodalashga o’rgatish. 5. Tovush, so’z birikmalari, jumlalarni bir maromda ravon ifodalay olishga o’rgatish. Talaffuzga o’rgatish qo’ydagi bosqichlarda amalga oshiriladi. Tayyorlov bosqichi: Bu bosqichda nutq organlarini talaffuzga tayyorlash maqsadida nafas, ovoz, til, lab, jag’ mashqlari o’tkaziladi. 2.Tovush qo’yish bosqichi: Maqsadi alohida tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishga erishish bo’lib , u juda murakkab jarayon hisoblanadi:. 1.Taqlid usuli. O’quvchidan tovushni o’qituvchiga taqlid qilib talaffuz qilish talab qilinadi. Bunda bir nechta sezgi organlariga tayaniladi. Avvalambor tovush profeli ustida ishlanadi ya’ni o’quvchiga o’rgatilayotgan tovushning artikulyasion o’rni tushintiriladi (ko’rish sezgisi). O’quvchi qulog’iga o’rgatilayotgan tovush ovoz kuchaytiruvchi moslama orqali talaffuz qilinadi(eshitish sezgisi). Teri qo’yish sezgisi, ya’ni bola qo’lining orqa tomoniga og’izdan chiqayotgan havo oqimining urilishi va nutq organlaridagi tebranish sezdiriladi . O’qituvchi tovushni bir necha bor talaffuz qiladi. O’quvchi taqliddan tovushni talaffuz qila olmasa, mexanik usulga o’tiladi. 2. Mexanik usul. Artikulyasiya organlarni tegishli holatga keltirish maqsadida turli moslamalardan foydalaniladi. Bular shpatel, zond, bolalar so’rg’ichi, gugurt cho’pi, barmog’i ham bo’lishi mumkin. Foydalanishdan oldin mexanik vositalar yaxshilab tozalanadi, spirt yordamida zararsizlantiriladi. Masalan, “sh” tovushini hosil qilishda o’quvchidan “ s” tovushini talaffuz qilish talab qilinadi va shpatel yordamida tilning keng uchi yuqori tishlar orqasiga ko’tariladi.natijada “ sh” tovushi hosil bo’ladi. Aralash usul. Maqsadga erishish, ya’ni kerakli tovushni hosil qilish uchun barcha vositalardan keng foydalaniladi. Tovush hosil bo’lgandan so’ng u avvalo ochiq va yopiq bo’g’inlarda , unli tovushlar orasida, so’zlarda va nihoyat jumlalarda mustahkamlanadi. Tovush bola nutqida avtomatlashgandan so’ng o’xshash tovushlarni farqlatish bo’yicha mashqlar olib boriladi. Nutq tovushlarni farqlash bosqichida amalga oshiriladigan ishlarning maqsadi o’quvchining har bir tovushni toza, tushunarli talaffuz qilishga erishishdan iborat. Eshitishida nuqsoni bor bolalar nutqida ko’pincha oiladosh yoki hosil bo’lish o’rniga ko’ra bir xil tovushlar almashtirib talaffuz qilinadi, farqlash bosqichida o’quvchiga avvalambor farqlanadigan tovushlarning artikulyasiyasi tushuntiriladi, tovushlar yakkatartibda talaffuz qildiriladi. Keyin bo’g’inlarda, so’zlarda, jumlalarda farqlatiladi va mustahkamlanadi. Yuqoridagi mashqlarning asosiy maqsadi o’quvchilarning tovushni talaffuz qilish malakasini egallashlari va uni o’z nutqlariga kiritishlariga erishishdan iborat. Ma’lumki nutq insonning asosiy muomala vositasi bo’lib xizmat qiladi. Kar bolalarni og’zaki nutqqa o’rgatish eng avvalo ularni tevarak- atrofdagilar bilan kundalik muloqotda bo’lish vositasi bilan qurollantirish demakdir” degan edi F.F. Ray Yakka mashg’ulot darslarining ikkinchi qismi o’quvchilar eshitish idrokini o’stirishga qaratiladi. Kar bolalar eshitish qobiliyatini rivojlantirish ishi ulardagi eshitish qoldig’ining nechog’li ekaniga bog’liq bo’lib, bu ikki xil yo’nalishda amalga oshiriladi: Nutq materialini faqat eshitish orqali; Eshitib ko’rish orqali qabul qildirish; Kar bolalar eshitish qobiliyatini rivojlantirish ishining asosiy mazmuni ularni eshitish orqali yoki eshitib ko’rish orqali og’zaki nutqni qabul qilishga o’rgatish hisoblanadi. Bu ishning asosiy vazifalaridan biri kar bolaning eshitish qobiliyatini maksimal ribojlantirish, uni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish, eshitish qobiliyatidan foydalanib kar bolaning talaffuzini eshituvchilarning me’yordagi nutqiga yaqinlashtirishdan iboratdir. Eshitish orqali qabul qilishga o’rgatish ishi tovush kuchaytiruvchi moslamalardan keng foydalanilgan holda amalga oshiriladi. O’quvchilar eshitish qobiliyatini rivojlantirish ishi tayyorlov sinflarda II-chorakdan boshlab amalga oshiriladi. O’quvchilar eng avvalo berilgan ikkita so’zni farqlashga o’rgatiladi. Bunda o’quvchining ko’z oldida tasmaga yozilgan ikkita so’z turishi kerak. O’quvchilar tomonidan farqlanib, idrok qilingan so’zlar soni 6-10 taga yetgach, iboralarni qabul qildirish va farqlash ustida ish olib boriladi. Birinchi sinf o’quvchilari eshitish orqali so’zlarni , so’z birikmalari va qisqa jumlalarni qabul qilishga, farqlashga va anglashga (idrok qilishga) o’rgatiladi. Shuningdek birinchi sinfning ikkinchi yarim yilida boshlab, o’quvchilarga eshitish orqali kichik matnlarni qabul qilishga o’rgatiladi. 1-3 sinflarda matnlar asosan o’quvchilarga tanish bo’lgan so’zlardan tuziladi. Bunda o’quvchilar matnning mazmunini tushinishga o’rgatiladi. 4-5 sinflarda matn o’quvchilarga tanish va notanish bo’lgan so’zlardan tuzilib , kar bolalardan matnning mazmunini, matndagi so’zlar, so’z brikmalari, jumlalarni eshitib idrok qilish orqali tushunish talab qilinadi. Bu sinflarda va bundan keyingi yuqori sinflarda o’quvchilar dasturdagi matnlar asosida dialog tuzishga o’rgatiladi. O’quvchilar har bir matn yuzasidan dialogik nutqda erkin so’zlasha olishlari kerak. Yakka eshitish mashg’ulotinig har ikkala qismi ya’ni talaffuzga o’rgatish va o’quvchilar eshitish idrokini o’stirish o’zaro chambarchas bog’liq. Mamlakatimizda ta’limga bo’lgan e’tibor, izchillik bilan olib borilayotgan islohatlar ta’lim jarayoniga eskicha yondashishni inkor etadi. Barcha umumta’lim maktablari singari maxsus ta’limda ham o’qitishning yangi usullaridan foydalanish, ta’lim jarayonining samaradorligiga erishish asosiy maqsad hisoblanadi. Download 18.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling