Korrelyatsiya koeffitsienti. Ma’ruza rejasi


Download 245.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi245.76 Kb.
#1583268
Bog'liq
Korrelyatsiya koeffitsienti.



Korrelyatsiya koeffitsienti. 
Ma’ruza rejasi
1.Statistikada korrelyatsiya.
2. Korrelyatsiya koeffitsienti. 
3.Chiziqli va chiziqli bo’lmagan regressiya.
Tayanch tushunchalar: Korrelyatsiya, Korrelyatsiya koeffitsienti
koeffitsienti, statistikaning regression modellari, regression bo’lanishlar.

Omillarnig har bir qiymatiga turli zamon va makon sharoitlarda natijaviy belgi 


aniq 
qiymatlari 
emas, 
balki 
har 
xil 
qiymatlari 
mos 
keladigan 
bog`lanish korrelyatsion bog`lanish deyiladi.
Korrelyatsion bog`lanishlarning xarakterli xususiyati shunda iboratki, bunda 
omillarning to`liq soni noma’lum bo`ladi. Bundan tashqari, formulalar yordamida 
korrelyatsion bog`lanishlarning faqat taqribiy ifodalarni yozish mumkin.
Korrelyatsiya so`zi lotincha “correlation” so`zidan olingan bo`lib, o`zaro 
munosabat, muvofiqlik, bog`liqlik degan lug`aviy ma’noga ega. Bu atamani 
statistika faniga ingliz biologi va statistigi Frensis Galton XIX asr oxirida kiritgan. 
O`sha paytda bu so`z “correlation” (muvofiqlik) ko`rinishida yozilar edi va oddiy 
bog`lanish (correlation) emas, balki bog`lanishga yaqinroq mazmunga ega edi, 
chunki bog`lanish so`zi odatda faqat funktsional shakldagi bog`lanishga nisbatan 
ishlatilgan. Umuman fan sohasida “korrelyatsiya” atamasi ancha burun, XVIII asr 
oxirida frantsuz paleontologi Jorj Kuv’e tomonidan qo`llanilgan.
Korrelyatsion bog`lanish umumiy holda quyidagicha ta’riflash mumkin. O`zaro 
bog`langan ikkita belgidan biri X ning ayrim qiymatlarini
yoki
orqali, ikkinchi belgi Y ning birinchi belgi X ning 
har bir qiymatiga mos keladigan qiymatlarini
yoki
deb belgilaylik. Bir belgi X ning har bir qiymatiga ikkinchi 
o`zgaruvchan Y belgining 
taqsimoti 
mos 
kelsa, 
bunday 
munosabatda korrelyatsion bog`lanish deb yuritiladi.
Statistikada o`zaro bog`lanishlarni o`rganish uchun maxsus usullardan 
foydalaniladi. Xususan funktsional bog`lanishlarni tekshirish uchun balans va 
indekslar metodi, korrelyatsion bog`lanishlarni o`rganish uchun esa parallel qatorlar, 
analitik gruppalash, dispersion tahlil va regression va korrelyatsion tahlil usullari 
keng qo`llaniladi.
Korrelyatsion bog`lanishlarni o`rganishda ikki toifadagi masalalar 
ko`ndalang bo`ladi. Ulardan biri o`rganilayotgan hodisalar (belgilar) orasida 
qanchalik zich bog`lanish mavjudligini baholashdan iborat. Bu korrelyatsion tahlil 
deb atatluvchi usulning vazifasi hisoblanadi.
Korrelyatsion tahlil korrelyatsion koeffitsientlarni aniqlash va ularning 
muhimligini, ishonchliligini baholashga asoslanadi.
Ikki belgi orasida korrelyatsion bog`lanish mavjudligi yoki yo`qligi 
aniqlash uchun korrelyatsion koeffitsenti topiladi. O`lchanuvlar natijasida olingan 
o`rganayotgan belgining son qiymatlari yoziladi.


bu yerda lar bir belgining son qiymatilari
lar 2-chi belgining son qiymatlari.
Bu ma’lumotlar asosida korrelyatsiya koeffitsienti quyidagi formula bo`yicha 
hisoblanadi:
bu yerda - lar(yoki
lar) soni
=
=
Korrelyatsiya koeffitsienti
larni hisoblamasdan quyidagi formula 
bilan hisoblash mumkin:
Korrelyatsiya koeffitsienti quyidagi xossalarga ega:
1)
Korrelyatsiya koeffitsienti – 1 va 1 orasida bo`ladi:
2)
Agar korrelyatsiya koeffitsienti musbat bo`lsa, kuzatilayotgan 2 belgi orasida 
to`g`ri proportsional bog`lanish mavjud bo`ladi, ya’ni bir belgining son 
qiymatlari o`sishi bilan (kamayishi bilan) ikkinchi belgining ham son 
qiymatlari o`sadi (kamayadi).


3)
Agar korrelyatsiya koeffitsienti manfiy bo`lsa, kuzatilayotgan 2 belgi orasida 
teskari proportsional bog`lanish mavjud bo`ladi, ya’ni bir belgining son 
qiymatlari o`sishi bilan (kamayishi bilan) ikkinchisining son qiymatlari 
kamayadi (o`sadi).
4)
Agar r = 0 bo`lsa, korrelyatsion bog`lanish mavjud bo`lmaydi.
5)
Agar r = 1 yoki r = -1 bo`lsa, kuzatilayotgan 2 belgi orasida funktsional 
bog`lanish mavjud bo`ladi.
Umuman olganda korrelyatsiya koeffitsienti qancha katta bo`lsa, shuncha kuchli 
bog`lanish va qancha kichik bo`lsa, shuncha kuchsiz bog`lanish bo`ladi. Ko`pincha 
agar 
bo`lsa, bog`lanish juda kuchsiz va
bo`lsa, bog`lanish juda 
kuchli hisoblanadi.
r ning qiymatiga qarab, bog`lanish kuchining turlari
Qiymati
0,1-0,3
0,3-0,5
0,5-0,7
0,7-0,9
0,9 va undan 
yuqori
Bog`lanish kuchi
Bo`sh O`rtamiyona Sezilarli Yuqori 
Juda ham 
yuqori
Korrelyatsion bog`lanishni tekshirishda ko`zlanadigan ikki hodisa vazifasi bir 
hodisaning o`zgarishiga qarab, ikkinchi hodisa qancha miqdorda o`zgarishini 
aniqlashdan iborat. Afsuski, korrelyatsion tahlil usuli – korrelyatsiya koeffitsientlari 
bu haqida fikr yuritish imkonini bermaydi. Regression tahlil deb nomlanuvchi 
boshqa usul mazkur maqsad uchun xizmat qiladi.
Regressiya so`zi lotincha regressio so`zidan olingan bo`lib, orqaga 
harakatlanish degan lug`aviy ma’noni bildiradi. Bu atamaning statistikaga kirib 
kelishi ham korrelyatsion tahlil asoschilari F.Gal’ton va K. Pirson nomlari 
bilan bog`liqdir. Buning tarixi quyidagicha bo`lgan: Otalar bo`yi ularning 
o`g`illarining bo`yi orasidagi bog`lanish F.Gal’ton va K.Personda qiziqish 
uyg`otgan. F. Gal’ton 200 dan ortiq oilalarni o`rganib otasi bo`ychan bo`lgan 
oilalardan o`g`illarining o`rtacha bo`yi pastroq va aksincha, otasi pakanaroq 
oilalarda esa o`g`illar bo`ychanroq ekanini aniqlangan. Bundan kelib 
chiqib tadqiqodchi aholi bo`yining o`rtachadan tafovuti kelajak avlodda kamayadi 
– regressiyalanadi degan xulosaga kelgan. Buning sababi shundaki, farzandlari 
bo`ylari nafaqat otalari bo`yicha bog`liq, balki ularga ona bo`yi va boshqa bola 
voyaga etishi bilan bog`liq omillar ta’sir etadi va ular ikkiyoqlama yo`nalishda bola 
o`sishiga ta’sir etgani uchun o`g`il bolalar bo`yini o`rtacha darajaga yaqinlashtiradi. 
Umuman olib qaraganda, bo`y o`zgaruvchanligi kamaymaydi, albatta, hozirgi 
“akseleratsiya” davrimizda o`rtacha inson bo`yi avloddan avlodga cho`zilib (uzayib 
) bormoqda. Korrelyatsiya koeffitsent kuzatilayotgan 2 kishi orasida bog`lanish bor 
yo`qligini aniqlab beradi. Lekin belgining aniq bir qiymatiga 2 belgining qanday 
qiymati mos kelishini, bir belgining qiymatlari qanchagadir o`zgarganda 2-chi 
belgining qiymatlari qanchaga o`zgarishini korrelyatsiya koeffitsientidan aniqlab 
bo`lmaydi. Bu savollarga javob olish uchun regressiya koeffitsenti va regressiya 
tenglamasi topiladi.


Regressiya koeffitsenti quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi.
yoki
bu yerdagi r
lar oldingi bo`limdagidek hisoblanadi.
Bu erda regressiya koeffitsentlarini
larni hisoblanmasdan ham topsa 
bo`ladi:
Regressiya 
koeffitsienti 
hisoblangandan 
keyin 
quyidagi 
regressiya 
tenglamalarini tuzish mumkin:
yoki
Bu tenglamalar yordamida esa bir belgining aniq bir qiymatiga 2-chi belgining 
mos keladigan qiymatini topish mumkin.
Regression tahlil amaliy masalalarni yozishda muhim ahamiyatga ega. U 
natijaviy belgiga ta’sir etuvchi belgilarning samaradorligini amaliy jihatdan etarli 
darajada aniqlik bilan baholash imkonini beradi. Shu bilan birga regression tahlil 
yordamida iqtisodiy hodisalarni kelajak davrlar uchun istiqbol miqdorlarini 
baholash va ularning ehtimol chegaralarini aniqlash mumkin. Buning uchun 
regressiya tenglamalari yoki iqtisodiy – statistik modellar tuziladi. Bunday modellar 
nazariy jihatdan asosli, amaliy jihatdan qoniqarli natijalar berish uchun ular 
regression tahlil bilan korellyatsion tahlil usullarini birgalikda qo`llanilishida 
asoslanishi lozim, chunki bu usullar bir – birini to`ldiradi va taqozo etadi.
Shunday qilib korrelyatsion bog`lanishlarni har taraflama chuqur tahlil 
qilish uchun korrelyatsion tahlil va regressiya usullari birgalikda qo`llanishi kerak.
Misol: Odamning bo`yi va og`irligi misolida korrelyatsiya, regressiya 
koeffitsientlari va regressiya tenglamasi qanday topilishini ko`rib chiqamiz. 10 
odamning bo`yi va og`irligi o`lchanib quyidagi ma’lumotlar hosil qilingan bo`lsin:
170
160
172
165
160
174
165
176
178
180
68 
66
72
64
64
70
69
77
80
82


bular asosida va larni topamiz.
Endi quyidagi jadvalni to`ldiramiz.
-
-
( - )( - )
( - )
2
( - )
2
170
160
172
165
160
174
165
176
178
180
68
66
72
64
62
70
69
77
80
82
0
-10
2
-5
-10
4
-5
6
8
10
-3
-5
1
-7
-9
-1
-2
6
9
11
0
50
2
35
90
-4
10
36
72
110
0
100
4
25
100
16
25
36
64
100
9
25
1
49
81
1
4
36
81
121
401 470 408
Jadvaldan foydalanib formula bo`yicha va
ni topamiz.
Regressiya tenglamasi esa quyidagicha bo`ladi:
y-71= 0,9(x-170)
y= 0,9x- 82
 
[1]
 SoongT.T.Fundamental so fprobability and statistics for engineers.p.140-145.

Download 245.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling