Korrupsion jinoyatlar yuzasidan tintuv va olib qo‘yish tergov harakatlarini


Download 333.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana02.01.2022
Hajmi333.28 Kb.
#192964
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5472357190637456162



18-savol 

Korrupsion  jinoyatlar  yuzasidan  tintuv  va  olib  qo‘yish  tergov  harakatlarini 

o‘tkazish taktikasi amaliy misollar bilan izohlab bering! 

 

Yuqoridagi  mantiqiy  savolni  yoritishdan  oldin  korrupsiya  jinoyati  nima 



ekanligi, unga qarshi kurashish uchun  qabul qilingan qonun hujjati bilan qisqacha 

tanishib  chiqsak.  Korrupsiya  (lot.  Corrumpere  —  buzmoq)  termini  odatda 

mansabdor  shaxslar  tomonidan  unga  berilgan  mansab  vakolatlari  va  huquqlardan 

o‗zlarining  shaxsiy  manfaatlarini  ko‗zlab  qonunchilik  va  axloq  qoidalariga  zid 

ravishda  foydalanishini  anglatadi.  Korrupsiyaga  qarshi  kurashishning  huquqiy 

asoslarini  yanada  takomillashtirish  maqsadida  O‗zbekiston  Prezidenti  Shavkat 

Mirziyoyev  tomonidan  2017-yil  3-yanvar  kuni  ―Korrupsiyaga  qarshi  kurash 

to‗g‗risida"gi  qonun  imzolandi.  E‘lon  qilingan  kundan  boshlab  kuchga  kiruvchi 

qonun 4-yanvar kuni ―Xalq so‗zi‖ va ―Narodnoye slovo‖ gazetalarida chop etildi. 

Qonun  korrupsiyaga  qarshi  kurash  sohasida  davlat  siyosatining  asosiy 

yo‗nalishlarini keltirib o‗tadi: jumladan, korrupsion huquqbuzarliklarni o‗z vaqtida 

aniqlash,  ular  oqibatlari,  sabablari  va  keltirib  chiqargan  sharoitlarni  bartaraf  etish 

hamda  korrupsion  huquqbuzarliklar  sodir  etilgani  uchun  muqarrar  jazolash 

tamoyilini  tadbiq  etish.  Ushbu  tamoyil  korrupsiya  jinoyatlariga  qarshi  huquqni 

muhofaza  etuvchi  organlar  tomonidan  tergov  va  surishtiruv  ishlari  davomida  olib 

boriladigan  harakatlarni  izchil  bajarilishini  nazarda  tutadi.  Misol  uchu  tintuv  va 

olib  qo`yish  kabi  isbotlash  tergov  harakatlarini.  Boisi,  ushbu  harakatlar  natijasida 

korrupsiya  jinoyatlarinig  barcha  ishtirokchilari,  korrupsiyaning  kelib  chiqishi 

to`g`risidagi faktik ma`lumotlar tezkor ravishda qo`lga kiritiladi. 

Albatta, buning uchun ham tergovchi, surishtiruvchi yoinki, ishni olib boruvchi 

mansabdor  shaxsda  ushbu  faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  vakolat  doirasi 

belgilangan bo`lishi muhim. Olib qo`yish va tintuv haqidagi fikrlarimizni normativ 

huquqiy  hujjatlar  va  ilmiy  o`quv  qo`llanmalar  bilan  batafsil  yoritishga  harakat 

qilamiz. 

O`zbekiston 

Respublikasi 

jinoyat-protsessual 

kodeksining 

157-

moddasida:  jinoyat  ishi  uchun  ahamiyatga  molik  narsa  va  hujjatlarning  aynan 




kimda  va  qayerda  ekanligi  ma‘lum  bo‗lib,  ularni  qidirishning  hojati  bo‗lmasa, 

surishtiruvchi,  tergovchi  va  sud  ularni  olib  qo‗yishga  haqli  ekanligi  keltirib 

o`tilgan.  Bundan  kelib  chiqadiki,  tergovchi  surishtiruvchi  va  sud  o`zi  uchun 

ma`lum  bo`lgan  hudud  va  shaxsda  joylashgan  ishda  dalil  sifatida  foydalanilishi 

mumkin bo`lgan narsalar va hujjatlarni olib qo`yish huquqiga egadirlar. Ko‗pincha 

u  korxonalar,  tashkilotlar  yoki  muassasalar  ofisida  turgan  hujjatlar  va  narsalarni 

olib qo‗yish uchun o‗tkaziladi. Olib qo‗yishda aynan ish uchun ahamiyatli narsani 

yoki hujjatni, nusxasini emas, uning aslini olishni ta‘minlash zarur. 

1

Ana shunday 



xavf-xatar mavjud bo‗lganda, olib qo‗yishga tintuvdagi singari mutaxassisni taklif 

etish maqsadga muvofiq. Masalan, buxgalteriya hujjatlarini olib qo‗yishda revizor, 

auditor  yoki  ekspertni  taklif  qilish  zarur.  Agar  o‗g‗irlangan  buyumlarni  olib 

qo‗yish ko‗zda tutilgan bo‗lsa, jabrlanuvchini taklif qilish mumkin. Olib qo‗yishni 

muvaffaqiyatli o‗tishi ko‗p hollarda tergovchining olib qo‗yilayotgan shaxs bilan, 

olib  qo‗yish  o‗tkazilayotgan  tashkilot  vakili  bilan  aloqasiga  bog‗liq.  Bunday 

vaziyatda  shuningdek,  kuzatuvchanlik  va  kerakli  hamma  narsa  olinganligiga 

ishonch ham katta hamiyatga ega. Agar tergovchi obyektlarni yashirilganligini his 

qilsa, u holda tintuv haqida qaror chiqaradi va tintuvga kirishadi. 

Agar  surishtiruvchi  va  tergovchi  biror  turar  joy,  xizmat,  ishlab  chiqarish 

binosida yoki o‗zga joyda yoxud biror shaxsda ish uchun ahamiyatli bo‗lgan narsa 

yoki  hujjatlar  bor  deb  o‗ylash  uchun  yetarli  ma‘lumotga  ega  bo‗lsa,  bu  holda 

tergovchi  olib  qo`yish  amaliyotidan  emas  tintuv  qilish  protsessual  harakatidan 

foydalanadi. 

2

Chunki  birinchi  tergov  harakatida  narsa  va  buyumlarning  kimda  va 



qayerda ekanligi protsessni yurituvchi shaxsga ma`lum. Ikkinchi tergov harakatida 

narsa  va  buyumlarning  kimda  ekanligi  va  qayerda  ekanligi  to`g`risida  yetarli 

ma`lumotlar mavjud emas, faqat ularda shu vositalar ma`lum bir hudud va shaxsda 

ekanligi  borasida  yetarli  taxminiy  asos  mavjud  bo`ladi.  O‗zR  JPKning  159-

moddasiga  binoan,  olib  qo‗yish  yoki  tintuv  surishtiruvchi  yoki  tergovchining 

qarori  yoxud  sudning  ajrimiga  ko‗ra  o‗tkaziladi,  bunda  ular  olib  qo‗yish  yoki 

                                                           

1

 KriminalistikaDarslik. A.K.Zakurlaev, D.B.Bazarova va b.q. – Toshkent: TDYUU, 2015.– 242 b. 



2

 O`zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi 158-moddasi 




tintuv  o‗tkazishni  surishtiruv  organiga  yoki  tergovchiga  topshirishga  haqlidirlar. 

Tintuvning  bevosita  vazifalari  quyidagilardan  iborat:  qidirilayotgan  obektlarni 

topish,  ular  yashirilgan  joylarni,  shuningdek  topilgan  obyektlarning  o‗ziga  xos 

belgilarini qayd etish; olib qo‗yilgan narsalarni jinoyat ishi materiallariga qo‗shib 

qo‗yish

1

.Tintuv  obyektlari  quyidagilar  bo‗lishi  mumkin:  uy,  kvartira,  xona, 



chorbog‗, dala hovlisi, hovlidagi imoratlar, xizmat yoki yordamchi binolar, garaj, 

hammom,  transport  vositalari:  avtomobil,  kater,  yaxta,  shaxsga  mulk  huquqida 

tegishli  bo‗lgan  har  qanday  ko‗chmas  mulk  (do‗kon,  rasta),  shuningdek  odam. 

Tintuv o‗tkazish vaqtida yopiq binolarni yoki buyumlar saqlanadigan joyni uning 

egasi  o‗z  ixtiyori  bilan  ochib  berishdan  bosh  tortsa,  tergovchining  o‗zi  ularni 

ochishga  haqli.  Kechiktirib  bo‗lmaydigan  hollarda  tintuv  tunda  o‗tkazilishi  ham 

mumkin.  Tintuvni  o‗tkazish  vaqtida  tintuv  o‗tkazilayotgan  binoning  egasi  yoki 

uning voyaga etgan oila a‘zolari, shuningdek uning advokati hozir bo‗ladi. Qidiruv 

harakatlarini  o‗tkazish  jarayonida  tergovchi  tintuv  o‗tkazilayotgan  joyda  turgan 

shaxslarga  bu  yerni  tark  etish,  luqma  tashlash,  telefon  qo‗ng‗iroqlariga  javob 

berish,  tergov  harakati  yakunlangunga  qadar  bir-biri  yoki  boshqa  shaxslar  bilan 

gaplashishni  taqiqlashi  mumkin.  Tintuv  va  olib  qo‗yishni  qayd  etishning  asosiy 

vositasi  bayonnoma hisoblanadi. Bayonnomada tintuv va olib qo‗yish qachon, kim 

tomonidan,  qayerda,  qanday  ish  bo‗yicha,  kimning  huzurida  o‗tkazilganligi  va 

uning  natijalari  qanday  bo‗lganligi  ko‗rsatiladi.  Bayonnomada  topilgan  va  olib 

qo‗yilgan predmetlar to‗g‗risida to‗la ma‘lumotlar ko‗rsatib o‗tiladi. Obyektlarning 

umumiy va xususiy belgilarini iloji boricha aniqroq ko‗rsatishga harakat qilinadi: 

shakli, hajmi, rangi, undagi har xil raqam va yozuvlarning mavjudligi va boshqalar. 

Obyektlarning  sifat  xususiyatlariga  alohida  e‘tibor  beriladi:  yangi,  eski, 

muomalada bo‗lgan va hokazo. Agar bir turdagi predmetlar olib qo‗yilsa ularning 

miqdori yozuv bilan ko‗rsatiladi. 

Xulosa o`rnida shuni aytsish mumkinki, olib qo`yish va shaxsiy tintuv yoki ish 

joyini  tintuv  qilish  bir  biri  bilan  uzviy  bog`liqdir.  Shaxsiy  tintuv  va  poraxo‗r 

                                                           

1

 M.M Kurbanov, B. Xamidov, O.T. G`aniyev. B.Z. Karimov. Korrupsion jinoyatlarni tergov qilish uslubiyoti. Oquv 



q`ollanma.-T.:TDYU. 110b.

 



sheriklarining  uy-joylarini  hamda  mansabdor  shaxsning-pora  oluvchining  ish 

joyini  tintuv  qilish  mazkur  jinoyatni  tayyorlash  to‗g‗risida  guvohlik  beruvchi 

hujjatlar va pora predmetlarini, jinoiy yo‗l bilan topilgan moddiy boyliklarni topish 

va olib qo‗yish maqsadida amalga oshiriladi. Odatda shaxsiy tintuv va xona tintuvi 

bir  vaqtda  amalga  oshiriladi.  Alohida  e‘tibor  poraxo‗rlik  sheriklarining  aloqasini 

tasdiqlovchi xatlarga, pochta kvitansiyalari, turli xil  yozuvlar, telefon nomerlariga 

qaratilishi lozim. Tintuv paytida shuningdek, shifrlangan yozuvlar, shubha ostidagi 

shaxs o‗z aloqasini inkor etuvchi shaxs tushgan fotosuratlarga e‘tibor berish kerak. 

Bundan  tashqari  yana  shuni  unutmaslik  kerakki,  tintuv  paytida  yoki  undan  oldin 

korrupsion  jinoyatni amalga oshirishga  uringan  shaxs  ish bilan  bog`liq hujjatlarni 

yo`q  qilishga  uringan  bo`lishi  mumkin.  Korrupsiya  jinoyatida  olib  qo`yish  va 

tintuv tergov harakatlarini o`tkazishning qolgan jinoyatlarda o`tkazilishidan asosiy 

farqlaridan biri olib qo`yilishi mumkin bo`lgan narsalarning miqdoriy qiymati aniq 

bo`lmasligidir

1

.  Ya`ni  ish  bo`yicha  berilgan  ma`lumotlardanda  ko`proq  bo`lishi 



ehtimoli  borligi.  Masalan,  faktlarda  10  mln  deb  ko`rsatilgan,  ammo  tergov 

natijasida  undan  ko`proq  15  mln  so`mlik  mahsulotga  oid  shartnoma  qog`ozi 

mavjud  bo`lishi.  Buning  boisi,  korrupsiya  haqidagi  jinoyat  ishi  jamoatchilik, 

mansabdor  shaxslar  vakillarining  ma‘lumotlariga  ko‗ra,  fuqarolarning  arizalari, 

matbuotdagi  xabarlar  va  IIO  organlarining  tezkor-qidiruv  tadbirlari  orqali  amalga 

oshiriladi.  Tergovchi,  jinoyat  ishi  qo‗zg‗atish  haqida  qaror  qabul  qilarkan,  yuz 

bergan  tergov  vaziyati  va  boshlang‗ich  ma‘lumotlarni  baholaydi.  Shunga  qarab 

qaysi  tergov  harakatlarini  o`tkazish  lozimligini  belgilaydi.  Ikkinchidan,  bunday 

jinoyatlar  tarkibi  bilan  o`tkaziladigan  tergov  harakatlarining  kechiktirib 

bo`lmasligidir.  Chunki  jinoyatchilar  o`z  kirdikorlari  izini  fosh  etishni 

xohlamaydilar  va  ish  bilan  bog`liq  barcha  narsalarni  yo`q  qilishlari  turgan  gap. 

Uchinchidan  ,  bunday  jinoyatlarda  jinoyatchilar  oldindan  kelishilgan  sir  mavjud 

bo`lib,  bir-birlarini  fosh  etmaslik  uchun  tergov  harakatlarini  chalg`itishga 

urinishlari  mumkin.  Masalan,  o`z  xohishlari  bilan  tergovchiga  ish  bilan  aloqador 

                                                           

1

 Криминалистик техника: Маърузалар курси / Т.Б.Маматқулов, А.Б.Бабамуродов, Ф.Э.Тўраев ва бошқ.; 



Масъул муҳаррир юридик фанлар номзоди, доцент Т.Б.Маматқулов. – Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ 

Академияси, 2017. – 200 б. 




bo`lmagan  hujjatlarni  taqdim  etish,  yoki  ularning  asl  nusxalarini  bermasdan 

ko`chirma nusxalarini berish. Ushbu holatda tergovchi taqdim etilgan hujjatlarning 

aslligini  bilish  maqsadida  mutaxassisga  ehtiyoj  sezishidir.  To`rtinchidan,  ushbu 

turdagi  jinoyatlarda  tintuv  va  olib  qo`yish  tergov  harakatlarini  olib  borish 

tergovchida  bir  muncha  psixologik  stresslar  yuzaga  kelishiga  sabab  bo`lishi 

mumkin. Chunki ushbu  jinoyatlar ko`pincha  mansabdor  shaxslar  tomonidan sodir 

etiladi.  Bundan  tashqari  tintuv  vaqtida  ishga  aloqador  bo`lgan  dalillarning 

yashirilganligi,  ularni  qayerdan  izlash  kerakligi  muammolari  tergovchini  bosh 

qotirishga undaydi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


20-savol 

Korrupsiya jinoyatini tergov qilishda maxsus bilimlarni qo‘llash shakllarini 

tushuntirib bering! 

 

Bilamizki,  bugungi  kunda  jamiyat  va  davlat  hayotining  asosini 



raqamlashtirilgan 

ilg`or 


texnika 

vositalar 

tashkil 

etmoqda. 

Ulardan 

foydalanilmaydigan  biron  bir  sohaning  o`zi  qolmadi.  Jumladan,  ularning  sud-

huquq  tizimidagi  o`rni  ham  ortib  bormoqda.  Boisi  bugungi  kunda  barcha  pul 

o`tkazmalari 

elektron 

ravishda 

amalga 

oshirilayotgani, 

yangi 

axborot 


texnikalarining tez ommalashayotganidir.. Natijada tergov va sud ishlarini yuritish 

davomida ham maxsus bilimlarga bo`lgan ehtiyoj yuzaga kelmoqda. Shu jumladan 

korrupsion  jinoyatlarni  tez va to`la  qonli ochishda  foydalanib kelinmoqda. Ushbu 

mavzuga to`xtalishdan oldin maxsus bilim nima ekanligiga batafsilroq yondashsak.  

Dastlabki  tergov  va  sud  jarayonida  ish  uchun  ahamiyatga  molik  holatlarni 

tekshirish uchun maxsus bilimlar talab etiladi. Maxsus bilim deganda fan-texnika, 

san‘at  yoki  kasb-hunar  sohasida  yuksak  bilim  va  ko‗nikmalarga  ega  bo‗lish 

nazarda  tutiladi.

1

  Maxsus  bilimlardan  foydalanish  tushunchasiga  Jinoyat 



protsessual  kodeksining  67-moddasida  shunday  izoh  berilgan:  ―Xulosa  berish 

uchun zarur fan, texnika, san‘at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‗lgan 

har  qanday  jismoniy  shaxs  ekspert  sifatida  chaqirilishi  mumkin‖.  O‗z  navbatida, 

―Sud  ekspertizasi  to‗g‗risida‖gi  qonunning  3-moddasida  ―Sud  eksperti  —  xulosa 

berish  uchun  fan,  texnika,  san‘at  yoki  hunar  sohasida  maxsus  bilimlarga  ega 

bo‗lgan,  belgilangan  tartibda  sud  eksperti  sifatida  tayinlangan  jismoniy  shaxs‖, 

deya ta‘rif berilgan. Shuningdek, qonunda ―sud ekspertizasi — fuqarolik, xo‗jalik, 

jinoyat  va  ma‘muriy  sud  ishlarini  yuritishda  ish  holatlarini  aniqlashga  qaratilgan 

hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, san‘at yoki hunar sohasidagi maxsus 

bilimlar  asosida  sud-ekspert  tekshirishlarini  o‗tkazish  va  xulosa  berishdan  iborat 

bo‗lgan protsessual harakat‖, deb qayd etilgan. Maxsus bilim ekspert va ekspertiza 

tushunchalarini  izohlashning  o‗zagini  tashkil  etuvchi  tushuncha  bo‗lib,  jinoyat 

protsessual  huquqi  va  qonuni  doirasida  shakllantirilgan.  Ushbu  holatni  Jinoyat 

                                                           

1

 KriminalistikaDarslik. A.K.Zakurlaev, D.B.Bazarova va b.q. – Toshkent: TDYUU, 2015.– 315 b. 




protsessual  kodeksidagi  ekspertiza  dalillarini  to‗plash  usuliga  bag‗ishlangan 

moddalarning  boshqa  protsessual  kodekslardagi  normalarga  nisbatan  ko‗pligi  va 

sifati bilan ham qiyoslash mumkin. Chunki ekspertizaning barcha imkoniyatlaridan 

jinoyatlarni  ochishda  va  shu  orqali  inson  huquqlarini  muhofaza  qilishda 

foydalaniladi. 

Shunday  ekan,  biz  korrupsion  jinoyatlarda  qo`llanilishi  mumkin  bo`lgan  bir 

necha maxsus bilimlarning turlari haqida qisqacha to`xtalib o`tsak. 

Sud fotografiyasi muhim kriminalistik sohalardan hisoblanib, uning jinoyatchilikka 

qarshi  kurashdagi  o‗rni  kattadir.  JPKning  91-moddasida  aytilishicha,  dalillarni 

qayd  etishda  bayonnoma  tuzish  bilan  bir  qatorda  ovoz  yozish,  video  yozuv, 

kinotasvir,  fotosuratga  tushirish,  qoliplar  tayyorlash,  nusxalar  olish,  rejalar, 

sxemalar  tayyorlash  va  axborotni  aks  ettirishning  boshqa  usullari  qo‗llanishi 

mumkin. 

1

Sud-tergov fotografiyasi quyidagi hollarda qo‗llaniladi: 



1) hodisa joyini, murdani, ashyoviy dalillarni, hujjatlarni ko‗zdan kechirishda; 

2) tirik shaxslarni guvohlantirishda;  

3) tintuv o‗tkazishda; 

4) tergov eksperimenti jarayonida

5) tanib olish uchun ko‗rsatishda; 

6) tirik shaxslarni va murdalarni ro‗yxatdan o‗tkazishda. 

Korrupsiya  jinoyatlarida  sud-fotografiyasidan  ashyoviy  dalillarni  ko`zdan 

kechirish,  tanib  olish  uchun  ko`rsatish  kabi  harakatlarda  keng  foydalaniladi. 

Fotosuratlar  tergov  harakatlari  bayonnomalariga  yoki  ekspert  xulosalariga  ilova 

qilinadi.  Ular  rasmiy  ravishda  tushirilgan  obyektlarni  aks  ettirib:  predmet  (iz) 

alomatlarini;  tergov  harakatlari  olib  borilgan  sharoitni;  ekspert  tekshiruv 

natijalarini  idrok  etishga  imkon  beradi.  Ko`p  qo`llaniladigan  keying  ekspertiza 

turlaridan  biri  bu  hujjatlarning  texni-kriminalistik  ekspertizasi  hisoblanadi.  Bu 

ekspertiza  turi  shubhasiz  hujjatlarning  ekspertizasi  bilan  bog`liq  boisi,  ko`pgina 

                                                           

1

 



Jinoyat protsessi darslik. Mualliflar jamoasi. O‘zbekiston Respublikasi ichkiishlar vazirligi – T.: IIV Akademiyasi. 

2012 yil. 564 bet. 

 



korrupsiya alomati bo`lgan jinoyatlar hujjatlarni qalbakilashtirish yo`li bilan sodir 

etiladi. Bu ekspertiza turning obyektlari: 

-  turli  hujjatlardagi  tadqiqot  qilinuvchi  rekvizitlar  (matn,  imzo,  pul-to‗lov 

hujjatlari,  qimmatbaho  ashyoviy  boyliklarni  olish-sotish  kabi  harakatlarni 

ifodalovchi  hujjatlar,  shaxsiy  hujjatlar,  ma‘lumotnomalar  va  boshqalar);  -  pul-

to‗lov  hujjatlari,  naqd  pul  kirimi  va  to‗lovi  bo‗yicha  turli  operatsiyalarni  aks 

ettiruvchi  chek  daftarchasi,  kirim-chiqim  orderlari,  kassa  daftarchasi,  to‗lov 

hujjatlari,  turli  kvitansiyalar,  deponent  kartochkalari.  Hujjatlarning  bunday 

tekshiruvi  natijasida  hujjatning  tayyorlanish  usuli,  hujjatning  mazmunini 

o`zgartirish usulini aniqlash, hujjatlarning asl birlamchi holatini tiklash, hujjatlarda 

qayd  etilgan  yozuvlarning  ko`rinmaslik  choralariga  qarshi  vositalar  topish  va 

boshqalar kiradi.  Jinoyatlarni tergov  qilishda  muhim  sanalgan  yana  bir  ekspertiza 

turi  bu  shubhasiz  kriminalistik  trasologiya  sanaladi.  Trasologiya  so‗zi  fransuzcha 

―latras‖ - iz, grekcha ―logos‖- ta‘limot so‗zlarining birikuvidan hosil bo‗lib, ―izlar 

haqidagi ta‘limot‖ degan ma‘noni anglatadi. 

1

Jinoiy hodisa davomida sodir etilgan 



harakatlar  natijasida  bir  buyumdan  ikkinchisiga  ma`lum  alomatlar  qoldig`i 

saqlanib  qoladi  va  izlar  degan  tushunchani  yaratilishiga  olib  keladi.  Korrupsiya 

jinoyatlarida  izlar  bilan  bog`liq  harakatlar  tezkor  qidiruv  tadbirlarida  keng 

foydalaniladi.  Barmoq  izlari  pora  berish  jinoyatlarida  pul  birliklariga  sepiladigan 

alohida  kukunlarning  izi  shular  jumlsidandir,  bunday  izlar  barmoq  izlarini  tahlil 

qilish  eksprtizasi  hisoblangan  daktiloskopiya  orqali  tekshiriladi.  Bunday  dalil 

o`zining  yuqori  darajada  rad  etib  bo`lmasligi  bilan  farq  qiladi.  ya'ni  har  bir 

shahsning  o'ziga  hos  hususiyatiga  ega  bo'lishi  va  bu  hususiyat  insonning 

umridavomida  o'zgarmas,  mustahkam  tasvirga  egaligidadir.  Terining  tuzilishi 

insonning homiladalik davrida shakllanib, umri bo'yi o'zgarmay va o'lgandan so'ng 

ham to'liq chirish yuz berganga qadar saqlanib qoladi. Teri kashtasining xususiyati, 

undagi barcha alomatlar yig'indisi ikkinchi shaxsda takrorlanmasligidadir.  

                                                           

1

 .M Kurbanov, B. Xamidov, O.T. G`aniyev. B.Z. Karimov. Korrupsion jinoyatlarni tergov qilish uslubiyoti. Oquv 



q`ollanma.-T.:TDYU. 110b.

 

 




Xulosa  o`rnida  biz  yuqorida  sanab  o`tilgan  ekspertiza  turlarining  korrupsion 

jinoyatlarda  qo`llanilishi  bilan  bog`liq  o`ziga  xos  xususiyatlarni  tahlil  qilsak. 

Korrupsion jinoyatlarni ntergov qilishda u yoki bu ekspertiza turini mukkamal deb 

bo`lmaydi, faqatgina  vaziyat  va  ish  holatlaridan kelib  chiqib  tanlangan  ekspertiza 

ishni  to`g`ri  hal  qilishda  yordamchi  bo`la  oladi.  Korrupsion  jinoyatlar  har  doim 

mansabdor  shaxsning  xizmat  vazifalarini  o‗z  g‗arazli  maqsadlari  yo‗lida 

suiiste‘mol qilishi bilan bog‗liq va ko‗pgina hollarda yashirincha, guvohlarsiz yuz 

beradi. Ammo bir qator vaziyatlarda jinoyatga aloqador shaxslarning barmoq izlari 

pora  predmetida,  o‗ramda  qoladi,  ba‘zan  esa  poraxo‗rlikning  boshqa  izlari  ham 

saqlanib  qoladi  (tovar  cheklari,  etiketkalar,  pul,  qimmatbaho  narsalar, 

jinoyatchilarning  shaxsiy  yozuvlari  va  boshqalar).  Shuning  uchun  ham  bunday 

jinoyatlarni fosh etishda sud ekspertizalari katta rol o‗ynaydi. Ko‗p hollarda, pora 

predmetida yoki uning o‗ramida qo‗l barmoqlari va kaftning izi, kundalik, daftar, 

yon  kitobchalarda  –  pora  berish  bilan  bog‗liq  yozuvlar,  bloknotlarning  toza 

varaqlarida  tekstning  bosilgan  izlarini  trasologik  va  daktiloskopik  ekspertizalar 

yordamida  aniqlash  mumkin.  Hujjatlarni  esa  kriminalistik-texnik  ekspertizasi, 

mikro  zarrachalar,  material  va  moddalarni  o‗rganish  uchun  trasologik  ekspertiza, 

ba‘zan esa kompleks ekspertizalar o‗tkaziladi. Bundan tashqari jinoyatlarni tez va 

jinoyatchilarni  jinoyatni  sodir  etganliklarini  rad  etishlarini  oldini  olish  maqsadida 

sud-tezkor  fotografiyasi,  kinotasvir  va  tezkor-qidiruv  vositalari  qo‗llanilishi 

mumkin.  bundan  ko`rinib  turibdiki  barcha  ekspertiza  turlari  maxsus  bilimlarni 

asosini tashkil qiladi va har qanday jinoyatlarni faol ochishda qo`l keladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



Download 333.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling