Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishi reja
Download 251.5 Kb.
|
1 2
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHI REJA Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi. Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar. 2008 yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasini BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasiga qo‘shilishi. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonuni. (2017 yil fevral). Korrupsiya fuqarolik jamiyati rivojlanishiga zid bo‘lgan salbiy voqiylik. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan edi: “Har qanday davlat tuzumida eng muhimi - bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etish kerakki, mansabdor shaxslar qing’ir yo’l bilan boylik orttira olmasin”. Hozirgi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo’lgan eng birlamchi masalalardan biri korrupsiya muammosidir. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro miqyosga ko’tarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat islohotlar yo’liga jiddiy to’siq bo’lishi, balki o’tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug’dirishi barchaga ma'lum. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish va bunda korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlashning huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi. Eng avvalo, respublikamizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi)ning Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi (1995 y.), Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 y.), Xalqaro tijorat tashkilotlarida korruptsiya va poraxo’rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya (1997 y.), Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi (2000 y.) va boshqa xalqaro hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil vazifasini o’tamoqda. Xalqaro hujjatlar ichida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi konvensiya (2003 yil 31 oktyabr) asosiy xalqaro-huquqiy hujjat bo’lib, u ushbu jinoyatning mohiyatini to’liq ochib, unga qarshi kurash choralarini belgilab beradi. Barcha mamlakatlar korrupsiya illatini tag-tomiri bilan qo’porib tashlashda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilayotgan bo’lsa-da, unga qarshi kurash har bir davlatning o’zida olib borilishi muhim ahamiyatga ega. Zero, yuqoridagi Konvensiya milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish yo’nalishlarini belgilab beradi. O’zbekiston bu borada qat'iy qadam tashlab bormoqda. Xususan, 1997 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasida korrupsiya mamlakatning milliy xavfsizligiga tahdidlardan biri, deya e'tirof etildi. Shu maqsadda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi. Mamlakatimiz 2008 yil 7 iyulda BMTning yuqorida ko’rsatib o’tilgan Konvensiyasiga qo’shildi. Davlatimiz 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo’shilgan. Shuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha Yevroosiyo guruhi to’g’risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya qilingan. Davlat organlarida ham tashkiliy jihatdan qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, O’zbekiston Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi maxsus tuzilmalar (boshqarma va bo’limlar) tashkil etilib, qator vazirlik va idoralarda ichki xavfsizlik inspeksiyalari tuzilgan. Ularning faoliyatini yanada jonlantirish, huquqiy targ’ibotini kuchaytirish, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlash maqsadida internet va ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Aytish joizki, O’zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo’lib “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunni qabul qildi. Ushbu Qonun ijrosini ta'minlash yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan bir qator idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro’yhatidan o’tkazilgan. Bunga lizing xizmatlari ko’rsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari, rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O’zbekiston Markaziy banki tomonidan qo’llaniladigan choralar va sanktsiyalar to’g’risida nizomni misol qilib keltirish mumkin. Bundan tashqari, Adliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan Konvensiya talablaridan kelib chiqqan holda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining aksilkorrupsiyaviy ekspertizasini o’tkazish metodikasi ishlab chiqilgan va 2011 yil 20 oktyabrda tasdiqlangan. “O’zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirishni yanada takomillashtirish Milliy dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, hozirda takomiliga yetkazilmoqda. Shu narsani alohida ta'kidlash kerakki, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan institutsional mexanizmlarni isloh qilishda O’zbekiston Respublikasi-ning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrda e'lon qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kontseptsiya talablaridan kelib chiqib, rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini inobatga olgan holda, davlat hokimiyati idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shu jumladan, prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun ustuvorligini ta'minlash bo’yicha adliya organlarining rolini kuchaytirish choralari ko’rildi. Korrupsiya va uni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan holatlarning oldini olish hamda profilaktika qilish maqsadida iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma'muriy to’siqlarni bartaraf etish hamda litsenziyalash va ruhsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga oid bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mazkur chora-tadbirlarning yangi va yanada samarali tizimini yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2016 yil 14 oktyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan va 24 noyabrda quyi palata tomonidan qabul qilingan hamda Oliy Majlis Senatining 8-sessiyasida ma'qullangan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi qonun korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to’liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko’rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yo’nalishlari mustahkamlab qo’yilgan. Qonun fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlashning qo’shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi, xususiy mulk huquqiga g’ayriqonuniy tajovuzlarni, tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklashga ko’maklashadi. Qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat bo’lib, unda korrupsiya; korrupsiyaga oid huquqbuzarlik; manfaatlar to’qnashuvi atamalari asosiy tushunchalar sifatida berilgan. Qonunda «korrupsiya» tushunchasi «shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish» deya ta'riflangan. «Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik» deganda, «korruptsiya alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish»ni tushunish lozim. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish yuzasidan qator chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning institutsional va huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi. Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni amalga oshirish davomida milliy qonunlarga xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarini singdirish masalasiga alohida e’tibor berildi va bu munosabat 2008 yilda qabul qilingan «Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z aksini topdi. 2010 yilda O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istambul harakat dasturiga qo‘shildi. So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmlarini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga doir bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. E’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiruvchi qonun 4-yanvar kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etildi. Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan. Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan. Qonun korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini keltirib o‘tadi: aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish; davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish; korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish. Hujjatda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni keltirib o‘tadi. Jumladan, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, parlament va jamoatchilik nazorati, mansabdor shaxslar faoliyati sifatini baholash hamda ishga qabul qilish va mansab pillapoyalaridan ko‘tarilishda ochiqlik va xolislik tamoyili asosida tanlovli saralashlarni olib borish tizimlarini joriy etish belgilangan. Davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomi aniqlanib, ularning ijtimoiy himoyasi, moddiy ta’minoti, har tomonlama rag‘batlantirish choralari ko‘riladi. Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy maffatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, masalan, firmalarning menejerlari ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi pora pul bilan emas, balki boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi. Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. Yuridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”. Korrupsiya jinoyatchiligi – sinfiy va tarixan o‘zgaruvchan hodisa. E.I.Kairjanov fikriga ko‘ra, “jinoyatchilik tushunchasi xususiy mulk paydo bo‘lishi va jamiyat antagonistik sinflarga parchalanishi natijasida vujudga kelganini hech kim inkor eta olmaydi. Sinfiy jamiyat paydo bo‘lishidan oldin jinoyat tushunchasi ham, jinoyatchilik ham mavjud bo‘lmagan”. “Tarixiy tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish imkonini bermoqda”- deb ta’kidlagan edi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov. Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir. Unda o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi iqtisodiy munosabatlarni o‘ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yishga harakat qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bilan “xufyona” iqtisodiyotning manfaatlari ob’ektiv ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar etkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim shakllantirilayotgan o‘tish davrida korrupsiya o‘z xatti-harakati bilan bu jarayonning yo‘lini to‘sib qo‘yish imkoniga egadir. Ikkinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi”. Uchinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini emiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski zamonlarni, shu jumladan “qudratli markazning kuchli qo‘li”ni qo‘msash hissini tug‘diradi”. To‘rtinchidan, “hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi hissini kuchaytiradi. Davlatning o‘zini obro‘sizlantiradi. Mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham unga ishonchsizlik ortib boradi”. Ayni vaqtda qonunchilar, huquqni qo‘llovchilar va nazariyachilarning butun sa’y- harakatlari korrupsiya tushunchasiga ta’rif berish va uning asosiy turlarini aniqlashga qaratilgan. Bunda asosiy muammo – korrupsiyaga qarshi kurashni qanday qilib va qaysi vositalar yordamida amalga oshirish zarur degan savolga javob topish ikkinchi darajali ahamiyat kasb etib qolmoqda. Bu savolga mamlakatimiz rahbari Islom Karimov aniq javob berdi: “Mana shunday noma’qul holatlarga butunlay barham berish uchun boshqaruv sohasida, avvalambor, samarali ishlaydigan izchil sistema, tizimni shakllantirish kerak. Va bu tizim shunday ishlashi kerakki, bordiyu biror-bir mansabdor shaxs davlat siyosatidan chekinib, qonunga xilof ishlar bilan shug‘ullanadigan, o‘z manfaatini davlat, xalq manfaatidan ustun qo‘yadigan bo‘lsa, u kimligi, kimning qarindoshi, qaysi rahbarning og‘aynisi ekanidan qat’i nazar, muqarrar ravishda jazosini olishi shart. Ya’ni, bunday jazoning muqarrarligini shu odamdan yuqori lavozimda o‘tirganlar emas, balki tizimning o‘zi talab etishi zarur. Jamiyatda ana shunday qarash, ana shunday tushuncha shakllangan taqdirdagina qonun ustuvorligi so‘zda emas, amalda ta’minlanadi”. Xulosa qilib aytganimizda, Korrupsiya – davlat amaldorlari yoki o‘zga xizmatchilar pora evaziga og‘dirilishi va shu asosda ular o‘z xizmat vakolatlaridan shaxsiy yoki muayyan guruh manfaatlarda foydalanishi bilan tavsiflanuvchi ijtimoiy hodisa. Yuqorida bu salbiy illatning oqibatlarini ko‘rib o‘tdik. Korrupsiyaga qarshi kurash olib bormas ekanmiz, u tobora chuqur ildiz otib boraveradi. Birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi muammolar va shart-sharoitlarni yechish yo‘li bilan kamaytirish va cheklash mumkin, ikkinchidan esa, bu muammolarni yechishga korrupsiyaga qarshi barcha yo‘nalishlarda qat’iy kurash olib borish ko‘maklashadi. Korrupsiyaga qarshi nafaqat sud va huquqni muhofaza qilish organlari, balki har birimiz bir tan-u bir jon bo‘lib kurashsakgina ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin. Barchamizga ma’lumki, so‘nggi paytlarda korrupsiya keng ildiz otib borayotgan salbiy illatlardan biridir. Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy maffatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, masalan, firmalarning menejerlari ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi pora pul bilan emas, balki boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi. Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. Yuridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”. Korrupsiya jinoyatchiligi – sinfiy va tarixan o‘zgaruvchan hodisa. E.I.Kairjanov fikriga ko‘ra, “jinoyatchilik tushunchasi xususiy mulk paydo bo‘lishi va jamiyat antagonistik sinflarga parchalanishi natijasida vujudga kelganini hech kim inkor eta olmaydi. Sinfiy jamiyat paydo bo‘lishidan oldin jinoyat tushunchasi ham, jinoyatchilik ham mavjud bo‘lmagan”. “Tarixiy tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish imkonini bermoqda”, deb ta’kidlaydi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov. Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir. Unda o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi iqtisodiy munosabatlarni o‘ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yishga harakat qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bilan “xufyona” iqtisodiyotning manfaatlari ob’ektiv ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar etkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim shakllantirilayotgan o‘tish davrida korrupsiya o‘z xatti-harakati bilan bu jarayonning yo‘lini to‘sib qo‘yish imkoniga egadir. Ikkinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi”. Uchinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini emiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski zamonlarni, shu jumladan “qudratli markazning kuchli qo‘li”ni qo‘msash hissini tug‘diradi”. To‘rtinchidan, “hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi hissini kuchaytiradi. Davlatning o‘zini obro‘sizlantiradi. Mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham unga ishonchsizlik ortib boradi”. Beshinchidan, nopok yo‘l bilan boylik orttirganlar jazodan qutulib qolish va o‘zlarining jinoiy sarmoyalarini himoya qilish uchun har qanday xatti-harakatlarga tayyor turishlarini yaxshi bilib olish lozim. Xulosa Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan edi: “Har qanday davlat tuzumida eng muhimi - bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etish kerakki, mansabdor shaxslar qing’ir yo’l bilan boylik orttira olmasin”. Hozirgi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo’lgan eng birlamchi masalalardan biri korrupsiya muammosidir. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro miqyosga ko’tarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat islohotlar yo’liga jiddiy to’siq bo’lishi, balki o’tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug’dirishi barchaga ma'lum. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish yuzasidan qator chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy maffatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, masalan, firmalarning menejerlari ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi pora pul bilan emas, balki boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi. Download 251.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling