Korrupsiyaga qarshi kurash mehanizatsiyalari
Download 53.7 Kb.
|
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MEHANIZATSIYALARI
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MEHANIZATSIYALARI Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurash doirasida Аdliya vazirligi tomonidan ham bir qator chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, unda adliya tizimiga kiruvchi idoralar va muassasalar faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, Аdliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oshirish markazida ham korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha bir qator ishlar ishlar amalga oshirildi 2018-2019 oʼquv yilida yu.f.n., dotsent G.Аlimovning «Yuridik shaxslarning korrupsion huquqbuzarliklari uchun javobgarligini tartibga soluvchi xalqaro standartlar tizimi» mavzusidagi monografiyasi tayyorlanib chop etildi, i.f.d., professor B.Isroilov (mualliflar jamoasi) tomonidan 2018 yil dekabrda Sankt-peterburg politexnika universiteti olimlari bilan xammualliflikda “Современная система противодействия отмыванию преступных доходов и финансированию терроризма” ва “Экономическая безопасность” oʼquv qoʼllanmalari chop etildi. Oʼzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi (Innovatsion rivojlanish vazirligi) granti doirasida G.Аlimov va B.Isroilov ham muallifligida “TТеневая экономика, коррупция, взяточничества: уголовно-проавовая оценка” nomli monografiyasi tayyorlanib chop etishga topshirildi. Shuningdek, Yuristlar malakasini oshirish markaziga muntazam ravishda tahsil olishga kelgan barcha toifadagi tinglovchilar guruhlari uchun, markaz Jinoiy huquqiy fanlar kafedrasi tomonidan “Oʼzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari”, Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi tomonidan “Korrurpsiyaga qarshi kurashning halqaro huquqiy asoslari va xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzularida maʼruzalar oʼqib kelinmoqda. 2019 yil 09 yanvaridagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 5618-sonli, «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisida»gi Farmoni yuzasidan Markaz professor-oʼqituvchilari respublikamizning barcha mintaqalarida xizmat safarlarida boʼlishib aholi oʼrtasida Farmonda nazarda tutilgan boshqa dolzarb vazifalar qatorida korruptsiyaga qarshi kurashishda aholini huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalarda yuzdan ortiq maʼruzalar oʼtkazishdi. Markaz mutaxassislari va professor-oʼqituvchilari respublikamiz miqyosida oʼtkazilgan korrupsiya mavzusiga oid oʼnlab ilmiy amaliy konferentsiya, davra suhbatlarida maʼruzalar bilan ishtirok etib kelishmoqda. Yuristlar malakasini oshirish markazi jamoasi korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha respublika idoralararo komissiyasining hamda Аdliya vazirligini korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha amalga oshirilishi nazarda tutilgan chora-tadbirlar rejalarining tegishli bandlarini ijrosini ham oʼz vaqtida taʼminlab kelmoqda. Yuristlar malakasini oshirish markazi bundan keyin ham respublikamizda korruptsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari boʼyicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlarga oʼz xissasini qoʼshib boradi. 1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining (bundan buyon matnda – Markaz deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati (bundan buyon matnda - Siyosat deb yuritiladi) Markaz xodimlari orasida hamda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish maqsadida, Markazning yuqori ahloqiy meʼyorlarga sodiqligini, shuningdek, Markaz xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yoʻl qoʻymaslikni aks ettiradi. 2. Ushbu Siyosat talablari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining talablari bilan bir vaqtda egallab turgan lavozimi va bajaradigan vazifa va funksiyalaridan qatʼi nazar Markazning barcha xodimlariga tadbiq etiladi. 3. Markazning kafedra va boʻlimlari hamda hududiy filiallarining korrupsiyaga qarshi kurashishining asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi: Markazda korrupsiyani tubdan yoʻqotishga erishish; aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish; Markaz faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyani oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini taʼminlash. 4. Siyosat Markazning ichki hujjati sifatida yuqorida koʻrsatilgan asosiy maqsadlarga erishish uchun Markaz faoliyatida korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga barham berishga qaratilgan asosiy talablar va tamoyillarni belgilab beruvchi asos hisoblanadi. 5. Markazga ishga qabul qilinayotgan har qanday shaxs ushbu Siyosat bilan imzo qoʻygan holda tanishishga va uning qoidalariga rioya qilishga majbur. 6. Markaz korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy maqsadlaridan kelib chiqib: Markaz va Markaz xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi Ustavi (Nizomi), mansab yoʻriqnomalari hamda boshqa ichki hujjatlarda belgilangan maqsad, vazifalar va faoliyatning asosiy yoʻnalishlariga rioya qilishlari lozim; Markaz xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining odob-ahloq qoidalariga rioya qilishlari shart; Markaz xodimlari korrupsiyaga “mutlaqo toqatsizlik” tamoyilga tayangan holda korrupsiya bilan bogʻliq har qanday xatti-harakatlarda ishtirok etishi, yaʼni pora beruvchining manfaatlarini koʻzlab harakat qilishi yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora, yaʼni pullar, qimmatbaho qogʻozlar, boshqa mol-mulk, mulkiy tusdagi xizmatlarni berishni talab qilish, tovlamachilik qilish, vaʼda berish va pora berish, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun toʻlovlarni olish, shaxs tomonidan pora olish yoki gʻayriqonuniy boshqa maqsadlarda oʻz xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanishi qatʼiyan taqiqlanadi; Markaz va Markaz xodimlari oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish va (yoki) Markaz manfaatlarini ifodalash doirasida vijdonlilik va halollik tamoyillariga amal qilishi, shaxsiy manfaatlarini hisobga olgan holda oʻzlarining xizmat mavqeidan va (yoki) adliya organlarining mol-mulkidan foydalanmaslik va manfaatlar toʻqnashuviga olib keladigan vaziyatlardan saqlanishlari lozim; Markaz va Markaz xodimlari oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda jismoniy va yuridik shaxslardan biron-bir sovgʻa yoki ish jarayonida mehmondoʻstlikning belgilari, qarz, kafolatlar, kafilliklar, mukofotlar shaklida ragʻbatlantirish vositalarini, naqd pul mablagʻlari yoki ularning ekvivalenti, qimmatli qogʻozlar koʻrinishida moddiy yordam qabul qilish taqiqlanadi; Markaz va Markaz xodimlari boshqa xodimlarga ularning shaxsi bilan bogʻliq bayramlar (tugʻilgan kun, bolaning tugʻilishi, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni)da beridigan, xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq boʻlmagan sovgʻalar berish Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga muvofiq amalga oshirishlari kerak; Markaz xodimlarini tanlash, ularni attestatsiyadan oʻtkazish va faoliyatini baholash, shu jumladan mukofot pullarini toʻlash, ustama haqlar va boshqa turdagi mukofotlarni belgilash jarayoni barcha xodimlar uchun shaffof, teng va xolis boʻlishi lozim; Markaz kontragentlar bilan munosabatlarda oʻz faoliyatini Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatning asosiy tamoyillari va talablariga muvofiq amalga oshirishi shart; Markaz qonunda nazarda tutilgan hollarda xayriya va homiyliklarni olgan paytda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, mablagʻlarni qonunda va (yoki) shartnomada belgilangan maqsadlar uchun samarali sarflanishini taʼminlash, shuningdek Internet tarmogʻidagi oʻzining rasmiy veb-saytlarida imkon qadar barcha choralarni koʻrishlari kerak; Ichki xujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda hujjatlarda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon yaratadigan korrupsiyaviy omillar kelib chiqishini oldini olish, aniqlash va istisno qilish maqsadida ekspertiza oʻtkazilishi lozim; Adliya organlari va muassasalari xodimlari, advokatlar, notariuslar, yuriskonsultlar, patent vakillari, mediatorlar hamda boshqa soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Markazning ichki hujjatlariga muvofiq halol, adolatli va obyektiv asosda taʼlim berilishi lozim; Markaz faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi lozim; Markazda chet el fuqarolarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, Markaz professor-oʻqituvchilari va tinglovchilarining xorijiy davlatlardagi oʻquv va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda tajriba orttirishi xalqaro shartnomalar, davlat organlari oʻrtasida bitimlarni tuzishda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasliklari kerak. 7. Xodimlarning faoliyatini nazorat qilish uchun Markaz oʻquv xonalarida video va audio yozuv kameralari joylashtiriladi, ularning yozuvlari Markazning masʼul xodimlari tomonidan doimiy ravishda kuzatib boriladi. Markazning rasmiy veb-saytlariga korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan ayrim jarayonlarning onlayn translyatsiyalari joylashtiriladi (xususan, xodimlar bilan suhbat oʻtkazish va ularni sinovdan oʻtkazish, komissiya yigʻilishlari, tinglovchilardan yakuniy sinov (suhbat)larni oʻtkazish va boshqalar). 8. Markaz xodimlari va tinglovchilarda korrupsiyaga qarshi amaldagi qonun hujjatlari talablari, ushbu Siyosat qoidalari yoki Markazda korrupsiyaga qarshi boshqa chora-tadbirlar va tartib-taomillar bilan bogʻliq boʻlgan har qanday savollar boʻlsa, ular Markaz korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi yoki Markazning “halollik ofitseri”ga murojaat qilishlari mumkin. 9. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi xabarlarni quyidagi aloqa kanallari orqali berish mumkin: Adliya vazirligining “1008” telefon raqami va (71) 234-52-40 telefon raqami; Markazning Telegram kanallari; Markazning rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan shakllar; Markazning elektron pochta manzillari; toʻgʻridan-toʻgʻri huquqni muhofaza qilish organlariga. 10. Markazning aloqa kanallariga kelib tushgan barcha xabarlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Markazning ichki hujjatlariga muvofiq Markaz tizimining masʼul xodimi tomonidan xolis tarzda va oʻz vaqtida koʻrib chiqiladi. 11. Vazirlik tizimida korrupsiya faktlari toʻgʻrisida vijdonan xabar bergan Markaz xodimlari, agar bu maʼlumotlar tasdiqlangan boʻlsa, ichki hujjatlarga muvofiq ragʻbatlantirilishi mumkin. 12. Ushbu Siyosat quyidagi hollarda qayta koʻrib chiqilishi va tuzatilishi kerak: korrupsiyaga qarshi kurashish amaldagi siyosat va tartib-taomillarni qayta koʻrib chiqish zaruratini keltirib chiqaradigan holda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi oʻzgarganda; korrupsiyaga qarshi kurashish samarasiz nazorat va tartib-taomillar aniqlanganda va Markaz faoliyatida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirishga zarurat tugʻilganda; Korrupsiya – jamiyat kushandasi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda, “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amaliyotga tatbiq etilmoqda. Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatining samaradorligini oshirish maqsadida Prezidentimizning 2020-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Bugun fuqarolarimiz tomonidan agentlik faoliyatiga doir turli fikrlar bildirilmoqda, savollar tugʻilmoqda. Keng jamoatchilik oʻrtasida yuzaga kelayotgan turfa qarashlarga oydinlik kiritish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal BURXONOV bilan suhbatlashdik. – Yaqinda agentlik boshqaruv apparatiga 10 nafar xodim tanlov asosida ishga qabul qilinganidan xabarimiz bor. Ular orasida xotin-qizlar yoʻqligi muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Tanlovning qanday oʻtkazilgani, umuman, tashkilotga xodimlarni saralash bilan bogʻliq jarayon haqida gapirib bersangiz? – Prezidentimizning agentlikni tashkil etish toʻgʻrisidagi farmonida tashkilot boshqaruv xodimlarini xalqaro mezonlar asosida tanlov yoʻli bilan ishga qabul qilish belgilangan. Bu jarayonda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tajribalarini oʻrgandik, ular bilan muzokaralar oʻtkazdik, tavsiyalarini inobatga oldik. Dastlab tanlov komissiyasini tashkil qildik. Komissiya aʼzoligiga Prezident Administratsiyasi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning qatʼiy tavsiyasiga koʻra jamoat tashkilotlari vakillarini, psixologlarni jalb qildik. Komissiya aʼzolari yordamida tanlovning xalqaro standartlarga asoslangan nizomini ishlab chiqdik. Tanlovning birinchi bosqichida 13 186 talabgordan onlayn shaklda arizalar kelib tushdi. Ular orasidan 146 nomzod saralab olindi va test sinovlari bosqichiga oʻtdi. Test savollari orqali qonunchilikni bilish, xalqaro hayotdan, korrupsiya bilan bogʻliq tendensiyalardan xabardorlik darajasi, tarix, falsafa kabi fanlarni oʻzlashtirgani va psixologik qobiliyati sinaldi. Test jarayoni toʻgʻridan-toʻgʻri “Feysbuk” ijtimoiy tarmogʻi orqali translyatsiya qilindi, OAV va jamoat tashkilotlari vakillarini ham kuzatuvchi sifatida taklif qildik. Test natijalariga koʻra, 23 nomzod toʻrtinchi bosqichga yoʻl oldi. Bu bosqichda talabgorning kasbiga layoqatliligi, tayyorligini koʻrsatuvchi psixofiziologik test boʻldi. Jarayondan barcha oʻtdi. Beshinchi bosqichda tanlov komissiyasi aʼzolari talabgorlar bilan birma-bir suhbatlashdi. Suhbatda ularning malakasi, oʻzlari tanlagan lavozimga mos yoki aksincha ekani, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha salohiyati baholandi. Pirovardida 10 nafar nomzod agentlikka ishga qabul qilish uchun tavsiya etildi. Nima uchun tarkibda xotin-qizlar yoʻq, degan savolingizga javoban aytishim mumkinki, avvalo, bu men uchun ham kutilmagan natija boʻldi. Agentligimiz boshqaruv apparati xodimlari soni 50 kishidan iborat. Biz tanlovni 30 lavozim uchun eʼlon qilgandik. Talabgorlarning 10 foizga yaqini xotin-qizlar edi. 1200 dan ziyod xotin-qizdan uchinchi bosqichga 15 nafari, toʻrtinchi bosqichga esa 2 ayol oʻtdi. Ular ham suhbat chogʻida maʼqul koʻrilmadi. Albatta, bu bizning xohishimiz emas edi. Hammaga bir xil imkoniyat berildi... Shu oʻrinda tanlovdan oʻtib, yaqinda ish boshlagan mutaxassislarimiz tarjimayi holiga eʼtibor qaratsak, ular turli sohada faoliyat yuritganiga guvoh boʻlamiz. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, moliya-iqtisod sohasida, jamoat tashkilotlarida ishlaganlar, tadbirkorlik bilan shugʻullanganlar ham bor. Bir soʻz bilan aytganda, oʻz sohasini mukammal bilgan, yetarli bilim va tajribaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmini tushunadigan kadrlar tanlab olindi. Endi 20 ta boʻsh ish oʻrnimizni tezroq toʻldirishimiz kerak. Buning uchun, avvalo, uchinchi bosqichga oʻtgan, nisbatan yaxshi natija koʻrsatgan talabgorlarning ayrimlarini suhbatga taklif qilyapmiz. Ular orasida ayollar ham bor, albatta. Shu bois, agentlikka ayollar ishga olinmadi, degan xulosaga kelishga hali erta. Qolaversa, vazirlik va idoralardan ham tanlovimiz talablariga javob beradigan ayollar nomzodini tavsiya qilishni soʻrayapmiz. Lekin talab va qoidalar oʻzgarmay qoladi, aslo yumshatilmaydi. Bunga haqqimiz yoʻq. Komissiya aʼzolari talabgorlar qobiliyatini qatʼiy iroda bilan koʻrib chiqadi. Agar biz talablarimizni xotin-qizlar uchun istisno qiladigan boʻlsak, boshidan yoʻnalishimizni notoʻgʻri tanlagan boʻlamiz. Bugun barcha boshqarmalarimizda vakillar ishlayapti. Bundan tashqari, bizda texnik va yordamchi personallar bor. Hozirgacha 20 ga yaqin xodimni ishga qabul qildik. Yaʼni biz toʻlaqonli ish boshladik. – Bu juda yaxshi, albatta. Yana bir mulohazali savol tugʻiladi – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oʻz zimmasidagi vazifa va yoʻnalishlarni bajarishi uchun qay darajada huquqiy asosga ega. Taʼsir mexanizmi bormi? Yoki shunchaki monitoring yurituvchi, mamlakatda korrupsiya holatlarini tahlil qiluvchi, shu asosda tegishli tashkilotlarga maʼlumot yetkazuvchi tashkilot boʻlib qoladimi? Umuman, yangi tuzilma korrupsiyaga qarshi qanday kurashadi, demoqchimiz. – Toʻgʻri aytdingiz. Agentlik tashkil etilganiga yaqinda 3 oy boʻldi va xalqimiz bizdan koʻp narsa kutyapti. Shaxsan oʻzimga ham murojaatlar boʻlyapti, ijtimoiy tarmoqlar orqali munosabat bildirishimizni, qaysidir jinoiy xatti-harakatlarga baho berib, ularga tegishli choralar koʻrishimizni soʻrashyapti. Hatto agentlikdan hali natija koʻrmadik, degan fikrlar ham yoʻq emas. Men bugun “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi orqali aytmoqchimanki, normal demokratik-huquqiy mamlakatda bitta siyosiy davlat tuzilmasining tashkil etilishiga bir necha oy, baʼzan yillar kerak boʻladi. Bizda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tashkil qilish gʻoyasi shu yil boshida Prezidentimiz Murojaatnomasida aytilgan edi. Koʻp tayyorgarlik koʻrildi. Buning uchun farmon tayyorlash, tashkilot faoliyat mexanizmini ishlab chiqish, bunda boshqa bir huquqni muhofaza qiluvchi organ faoliyatini takrorlab qolmaslik yoki oʻxshash vakolatlar boʻlmasligi kabi tamoyil va mezonlar hisobga olindi. Nihoyat, oradan 6 oy oʻtib Prezident farmoni eʼlon qilindi. Agentlikning tashkil etilishi katta ishning debochasi, xolos. Endi agentlik toʻlaqonli choralar koʻrishi, u yoki bu vazifalarni bajarishi, turli masalalarga munosabat bildirishi, reaksiya qilishi uchun mustahkam huquqiy asos kerak. Bu farmonda ham koʻrsatib oʻtilgan. Shuning uchun ham biz hozir agentlik faoliyatini bevosita tartibga soluvchi qonun loyihasi ustida ishlayapmiz. Bu qonunda fuqarolarimiz tomonidan koʻtarilayotgan, turli gap-soʻzlarga mavzu boʻlayotgan muhokamalarga chek qoʻyamiz. Muhimi, har bir murojaat, har bir korrupsion holat chetda qolmasligi, davlat idoralari, birinchi oʻrinda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oxirigacha yetkazilishi, jinoyat uchun jazo muqarrarligini taʼminlovchi mexanizmga asos boʻladigan qonun maromiga yetkazilyapti. Jumladan, qonun loyihasiga koʻra, bizda davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining qarorlarini, agar agentlikda shu qarorga doir korrupsion holatlar boʻyicha shubha boʻladigan boʻlsa, toʻxtatib turish, vazirlik va idoralarga taqdimnoma kiritish vakolati boʻladi. Korrupsion jinoyatlarni fosh etish jarayonlarida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birga agentligimiz vakillari ishtirok etishini ham taʼminlaymiz. Hozirda bu qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan. Taʼkidlash joizki, bu qonun faqatgina agentlik faoliyatini tartibga soladi. Agentlik faoliyatining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi, umuman, Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda yangi tizim, yangi mexanizm yaratish uchun esa yana bir qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ham tamomila qayta koʻrib chiqish kerak. Shu kunlarda amaldagi qonun hujjatlariga tegishli qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha ham ishlar boshlab yuborilgan. Agentlik faoliyati doirasida mamlakat hayotining turli jabhalarida yangi yoʻnalishlar ochilyapti. Demoqchimizki, oldimizda davlat xaridlarini, davlat xizmatchilari faoliyatini nazorat qilish vazifasi turibdi. Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiyalashni biz yaqin yillargacha rivojlangan davlatlarda kuzatardik. Prezidentimiz topshirigʻiga koʻra, bu amaliyotni Oʻzbekistonda ham tez orada yoʻlga qoʻyamiz. Har bir vazirlik, idora faoliyat mezonlari asosida odob-axloq kodeksini ishlab chiqish masalasini koʻtaramiz. Bular boʻyicha alohida qonunlar ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, korrupsion jinoyatlar boʻyicha tergov, surishtiruv harakatlarini olib borish, umuman, jinoyat-protsessual qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish zarurati tugʻilmoqda. Chunki yangi tuzilma tashkil etildi. Uning samarali ish yuritishi, Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda yangi tizim yaratish uchun bizda mustahkam huquqiy poydevor boʻlmogʻi kerak. Hozirdan aytish mumkinki, yangi qonun qabul qilinishi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tegishli majburlov choralarini koʻrishga, tegishli protsessual vakolatlarga ega, eng asosiysi, korrupsion jinoyatlarga jazo muqarrarligini taʼminlovchi idoraga aylanadi. – Bugun Oʻzbekistondagi korrupsiya bilan bogʻliq vaziyat qanday? – Yaqin-yaqingacha men ham Oʻzbekistonda korrupsiya holatlari juda koʻpligini bilardim. Lekin yangi lavozimga oʻtganimdan keyin mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hali oldimizda katta ishlar borligini tushunib yetdim. Muammolar juda koʻpligi, korrupsiya ildiz otib ketgani, bunga oddiy fuqarolar ham, davlat idoralari rahbarlari yoki davlat xizmatchilari ham, kerak boʻlsa, qonunchilikda ham, maishiy hayotda ham, davlat xizmatchilari bilan fuqarolar oʻrtasidagi munosabatlarda ham yaqqol amin boʻlishimiz shu fikrga kelishimga asos boʻldi. Ayniqsa, qonunchiligimizda yashirin korrupsiogen omillar mavjudligi barcha sohalarda bu illat ildiz otishiga zamin yaratyapti. Yaʼni, aytmoqchimanki, masala juda jiddiy. Bugun bironta sohada korrupsiya yoʻq, deb aytolmaymiz. Oʻzbekistonda keyingi yillarda juda katta islohotlar amalga oshirilyapti. Baʼzi vazirlik va idoralar “bizda korrupsiya yoʻq, unga barham berdik” deb maqtanishyapti ham, koʻkrak kerishyapti. Yoʻq, aslida bunday emas. Afsuski, oddiy fuqarodan soʻrasangiz, “hali korrupsiya hamma joyda bor”, deydi. Biz vaziyatga kompleks yondashish kerakligini tushunib yetyapmiz. – Korrupsiyaga qarshi kurashishda dunyo mamlakatlari tajribasi bilan tanishgan, bevosita tahlil qilib borayotgan mutaxassis sifatida ayting-chi, siz qaysi mamlakatlarning bu boradagi strategiyasi, saʼy-harakatlarini maʼqullaysiz, muvaffaqiyatli deb sanaysiz? – Hattoki eng rivojlangan, biz uchun korrupsiya begona, deya bong urayotgan davlatlarda ham u yoki bu yoʻnalishda boʻshliqlar bor. Korrupsiyaga toʻliq barham berilmagan. Biz, albatta, eng ilgʻor tajribalarni oʻrganishga harakat qilyapmiz. Yevropa, Osiyoning rivojlangan davlatlari – Singapur, Yaponiya va Janubiy Koreya ham bu borada ildamlayapti. MDHning ayrim davlatlari tajribasini ham oʻrganyapmiz. Bulardan xulosa qilish mumkinki, korrupsiyaning oldini olishga kompleks yondashmasak, hech qachon biz bu illatni yenga olmaymiz. Faqatgina bitta sohani tanlab, bir yoʻnalishda, masalan, qonunchilik yoʻnalishi boʻyicha kurashadigan boʻlsak, korrupsiya zanjirini uzib boʻlmaydi. Shu oʻrinda oʻrganishlarim xulosasi asosida alohida taʼkidlamoqchiman, barcha mamlakatlarda korrupsiyaning oʻchogʻi davlat xizmatchisi ekan. Korrupsiyaga yoʻl ochib beradigan ham, unga yoʻl qoʻyadigan ham, birinchi navbatda, davlat xizmatchisi boʻlib chiqyapti. Shuning uchun ham biz, avvalo, davlat xizmatchilarining odob-axloqiga alohida urgʻu berishni maqsad qilganmiz. Buning uchun nima qilamiz? Biz korrupsiyaga qarshi kurashishni faqatgina DXX, prokuratura yoki ichki ishlar idoralarining vazifasi, deb bilar edik. Prezidentimiz taklifiga koʻra, endi barcha idoralarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tuzilmasini tashkil etish vazifasi qoʻyilmoqda. Chunki barcha idoralarda, aksariyat davlat xizmatchilarida korrupsion moyillik bor. Bu jarayonni boshlab yuborganmiz. Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Hisob palatasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining 26 tasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini (“komplayens nazorat”) joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqdik. Oʻrni kelganda, korrupsiyaga zamin yaratayotgan yana baʼzi omillarni ham aytish kerak. Bu yerda faqat davlat xizmatchilarini ayblash ham adolatdan emas. Demak, omillardan asosiysi – oylik maoshning kamligi, fuqarolarimiz uchun ijtimoiy himoya, ijtimoiy imkoniyatlar yetarli emasligi. Oddiygina aholiga tibbiyot, taʼlim tizimidagi imkoniyatlarini taʼminlab bera olmas ekanmiz, hech qachon korrupsiyani yenga olmaymiz. Buni xorij tajribasi ham koʻrsatib turibdi. Bu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlar koʻmagida Janubiy Koreya, Sloveniya va Singapurdan ekspert-maslahatchilarni jalb qilganmiz. Bugungi kunda ular qonun hujjatlarini ishlab chiqishda, agentlik faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyishda bizga yordam beryapti. – Agentlik tashkil etilganidan bugungi kungacha qanday ishlar amalga oshirildi? – Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining 26 tasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini yoʻlga qoʻyganimizni aytdik. Hozir bir qator qonun loyihalari ustida ishlayapmiz. Davlat xizmatchilarining daromadlari, mol-mulki va manfaatlari toʻqnashuvini deklaratsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi, normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonun loyihalari shular jumlasidan. Prezidentimiz bizga xalqaro tashkilotlar grant va kredit mablagʻlarining maqsadli sarflanishini nazorat qilish vazifasini ham yuklagan. Bu boʻyicha ish boshlandi. Ishchi guruh tuzildi. Taʼkidlash kerakki, eng koʻp korrupsion jinoyatlar xalqaro grant va kredit mablagʻlari sarflanishida kuzatiladi. Oʻgʻrilik ham shu yerda, talon-tarojlik ham shu mablagʻ atrofida kechadi. Bu borada juda koʻp imkoniyatlar, koʻp jihatlarning nazoratsiz qolganini koʻrdik. Koʻpchilik biladi, 100 millionlab dollar mablagʻ aholini toza ichimlik suv bilan taʼminlashga, yoʻllarni taʼmirlashga ajratilgan. Lekin siz bironta viloyat yoki tuman misolida aholi toʻliq toza ichimlik suv bilan taʼminlangan, barcha yoʻllar taʼmirlangan, qurilgan, deb ayta olasizmi? Yoʻq. Demak, bu yerda mablagʻlar talon-taroj qilingan, korrupsiyaga yoʻl qoʻyilgan. Agar ajratilgan mablagʻ 100 foiz oʻzlashtirilganida, hech boʻlmasa olisdagi bitta tuman aholisining barchasi toza ichimlik suvi ichayotgan, tabiiyki, xalqimiz sogʻlom, avlodlarimiz baquvvat boʻlar edi. Biz endi buni qatʼiy nazoratga olamiz va aniq mexanizm yaratamiz. Jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha yangi mexanizmni joriy qilyapmiz. Shu maqsadda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, shuningdek, ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi “E-Anticor.uz” elektron platformasini ishga tushirmoqchimiz. Bu platforma orqali davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyati monitoring qilib boriladi. Shuningdek, fuqarolarimiz korrupsion holatlar boʻyicha bizga tezkor murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu platforma yaqin kunlarda ishga tushadi. “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida sogʻliqni saqlash va davlat xaridlari tizimida dasturlar ishlab chiqishni boshladik. Yirik investitsion dasturlar, loyihalar nazoratini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ham aniq rejalarimiz bor. Eng asosiysi, hamma yoʻnalishda shaffoflikni taʼminlamoqchimiz. Bunda oʻzimiz oʻrnak boʻlmoqchimiz. Biz hali moddiy-texnik bazamizni mustahkamlab olishimiz kerak, buning uchun kompyuter texnikalari, boshqa jihozlar sotib olamiz. Barcha xaridlarimizni internet tarmogʻida ochiq amalga oshiramiz. Qanday tender oʻtkazdik, qaysi tashkilotdan qancha pulga nima oldik – hammasi shaffof boʻladi. Barcha vazirlik, idoralar davlat byudjetidan sarflayotgan pulini jamoatchilik bilib turadigan tizim yaratamiz. Oldimizda turgan eng muhim vazifalardan yana biri – keyingi yildan boshlab korrupsiyaning darajasini baholovchi milliy indeksni ishlab chiqish. Xabaringiz boʻlsa, bu boradagi xalqaro indeksda hozircha 180 davlat ichida Oʻzbekiston 153-oʻrinda turibdi. Endi biz oʻzimizning milliy indeksimizni ishlab chiqamiz. Shu tariqa mamlakatdagi qaysi vazirlik, qaysi idorada, qaysi sohada korrupsion holatlar koʻpligi, qaysi davlat xizmatchilari korrupsiyaga koʻproq moyilligi toʻgʻrisida jamoatchilikni tanishtirib boramiz. Bu jarayonda davlat idoralari rahbarlarining reytingi ham shakllanadi. – Bu mexanizm qanday amalga oshiriladi, qaysi mezonlar asosida? – Biz aniq indikator ishlab chiqamiz. Masalan, tashkilot faoliyatining jamoatchilikka ochiqlik indikatori. Hozir aksariyat tashkilotlar bitta brifing oʻtkazib, faoliyatimiz ochiq, deydi. Bu ochiqlik emas. Ochiq boʻlishi uchun tashkilot faoliyati ham ochiq boʻlishi kerak. Ikkinchi indikator davlat xizmatchilari manfaatlari toʻqnashuvi bilan bogʻliq. Biz bilamiz, bitta viloyat hokimining jiyanlari, qarindoshlari qaysidir tuman miqyosidagi biror tashkilot rahbari boʻlib ishlaydi. Hattoki viloyat miqyosidagi tashkilot rahbarlari ham bor. Bu ham reytingga taʼsir qiladi. Yoki respublika darajasidagi davlat idorasi rahbari qaysidir qarindoshining firmasidan davlat xaridlarini amalga oshiradi. Bu ham bitta reyting natijasi sifatida qayd etiladi. Bundan tashqari, davlat xizmatchilarining xatti-harakatlari ham bitta indikator boʻladi. Deylik, yoʻl harakati qoidasini buzganligi ham indikatorda oʻz aksini topadi. Xuddi shunaqa juda koʻp indikatorlar boʻladi. Hozir BMT va Jahon banki aniq indikatorlarni ishlab chiqishda bizga yordam beryapti. Reyting natijalari xalqaro tashkilotlar uchun ham ochiq boʻladi. Xalqaro tashkilotlar ham oʻz hisobotini eʼlon qilishda bu maʼlumotdan foydalanishi mumkin. Baʼzan xalqaro tashkilotlarning bu reytingi notoʻgʻri, deymiz. Chunki ular rasmiy maʼlumotni ololmaganidan keyin norasmiy manbalardan soʻraydi. Ular bergan maʼlumot qay darajada haqqoniy ekanini kim biladi deysiz. Taʼkidlash joiz, Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida Oʻzbekistondagi keng koʻlamli islohotlar haqida gapirar ekan, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash yangi bosqichga koʻtarilganini ham alohida taʼkidladi. Bu yoʻlda biz sobitqadamlik bilan zimmamizdagi vazifalarni bajarishdan sira toʻxtamaymiz, albatta. Download 53.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling