Korruptsiya Tushunchasi va Uning Oqibatlari
Download 126.65 Kb.
|
Korruptsiya Tushunchasi va Uning Oqibatlari
Korruptsiya Tushunchasi va Uning Oqibatlari Reja: 1. Korruptsiya tarifi. 2. Korruptsiya tarixi. 3. Korruptsiya oqibatlari. Korrupsiya (lat. corrumpere — ma’naviy (axloqiy) jihatdan buzish, razillashtirish, yo‘ldan urish, lat. corruptio — pora berib sotib olish; buzilish, ishdan chiqish, axloqiy (ma’naviy) buzilish; chirish; sotqinlik, tanazzul) - odatda mansabdor shaxs tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan, shuningdek, bu bilan bog‘liq rasmiy nufuz maqomidan, imkoniyatlar va aloqalaridan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadigan atama. Korrupsiya deb shuningdek, mafiya kuchli bo‘lgan davlatlarga xos bo‘lgan mansabdor shaxslarni pora berib sotib olish, ularning sotqnligi, poraxo‘rligi ham tushuniladi. Evropa tillarida mos keluvchi atama odatda kengroq semantikaga ega bo‘lib, bu lotin tilidagi so‘zning birlamchi ma’nosidan kelib chiqadi. Mansabdor shaxsning harakatlari va uni yollagan shaxsning manfaatlari o‘rtasidagi yoki saylangan kishining harakatlari va jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi nizo korrupsiyaga xos alomat hisoblanadi. Korrupsiyaning ko‘plab turlari mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladigan firibgarlik singari bo‘lib, davlat hukumatiga qarshi jinoyatlar toifasiga kiritiladi. Korrupsiyaga unga tegishli bo‘lmagan resurslarni o‘z ixtiyoricha taqsimlash sohasida diskretsion hokimiyatga ega bo‘lgan har qanday mansabdor shaxs (amaldor, deputat, sudya, huquqni muhofaza qilish organlari xodimi, ma’muriyat boshlig‘i va h.k.) duchor bo‘lishi mumkin. Korrupsiyani rag‘batlantiruvchi asosiy omil hokimlik qilish vakolatlardan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy foyda (renta) olish imkoniyati, uni to‘xtatib turadigan omil esa – fosh qilinish va jazolanish riski hisoblanadi. Korrupsiyaning tizimli xarakteri uning korrupsiya qamrab olgan davlat tashkilotlarida ishlaydigan shaxslar uchun majburiy xarakterda ekanligida ham namoyon bo‘ladi. Makroiqtisodiy va siyosiy iqtisodga oid tadqiqotlarga ko‘ra, korrupsiya jiddiy ziyon etkazib , iqtisodiy o‘sishga va butun jamiyat manfaatlarida rivojlanishga to‘sqinlik qiladi. Ko‘plab mamlakatlarda korrupsiya jinoiy jazoga tortiladi. DISKRETSION HOKIMIYAT (fransuzcha discretionnaire – shaxsiy ixtiyorga bog‘liq) organ yoki mansabdor shaxsga qonun doirasida o‘z ixtiyoricha faoliyat ko‘rsatish vakolatini berish. Mas., parlamentar respublika davlat boshlig‘i odatiy shart-sharoitlarda bosh vazir yoki tegishli vazir imzosisiz normativ hujjatlar chiqarish huquqiga ega emas, favqulodda holatlarda esa u bunday hujjatlarni d.h. ishtirokisiz chiqarishi mumkin. D.h.dan ayniqsa ma’muriy organlar va sudlar tez–tez foydalanib turadi, bu amaliyotda shaxsning daxlsizligi, sudda aybi aniqlanmaguncha aybdor hisoblanmaslik kabi demokratik prinsiplarni inkor qilishni anglatadi, belgilangan tartibning buzilishiga olib keladi. TA’RIF
Rossiya qonunchiligiga muvofiq , korrupsiya bu – xizmat mavqeini suiiste’mol qilish, pora berish, pora olish, vakolatlarni suiiste’mol qilish, tijorat asosida pora berib sotib olish yoki jismoniy shaxsning o‘zi uchun yoki uchinchi shaxslar uchun pul, qimmatbaho narsalar, boshqa mulk yoki mulkiy xarakterdagi huquqlar yoki boshqa mulkiy huquqlarni qo‘lga kiritish maqsadida davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid ravishda o‘zinnig xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanishi yoki boshqa jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan shaxsga bunday foydani noqonuniy ravishda taqdim etish; shuningdek, ko‘rsatilgan harakatlarni yuridik shaxs nomidan yoki uning manfaatlarida bajarishdir. Qonunchilikda uchraydigan «korrupsion jinoyat» tushunchasi alohida ta’rifga ega emas. Suiiste’mol korrupsiya shakllaridan biri (mansabdor shaxs yoki shaxslar guruhi jinoiy harakatlaridan biri) bo‘lishi mumkin, lekin korrupsiya ta’rifining butun to‘liqligi bu bilan tugamaydi. Rossiya Federatsiyasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Evropa Korrupsiya haqida jinoiy-huquqiy konvensiyasi (ingl. Criminal Law Convention on Corruption) korrupsiyani yuridik va jismoniy shaxslarning qattiq jinoyatlari qatoriga kiritadi. 2010 yil holatida Rossiyada bitta korrupsion jinoyat uchun Ma’muriy huquqbuzarliklar haqida Kodeks bo‘yicha ham, Jinoyat kodeksi bo‘yicha ham jazo olish mumkin bo‘lgan. Download 126.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling