Ko`rsatkichli tenglamalar sistemasi” mavzusida tayyorlagan Muborak
Download 68.02 Kb.
|
ochiq dars (2)
MUBORAK TUMANI XTBgaqarashli 23-umumiy o`rta ta`lim maktabi matematika fani o`qituvchisi Xushvaqtova Gulshanning 10-sinf uchun “Ko`rsatkichli tenglamalar sistemasi” mavzusida tayyorlagan Muborak
O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli
O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
D A R S H I K M A T I Agar bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa berilgan ta`lim samarasi past bo`lishi muqarrar, mustaqil fikrlash ham katta boylik. I.A.Karimov. Transtsendent funksiyalarning eng ko’p uchraydigan ba’zi ko’rinishlari, birinchi navbatda ko’rsatkichli funksi- yalar, ko’pgina tadqiqotlarga yo’l ochadi. Leonard Eyler DARSNING QOIDALARI -Diqqat bilan eshitish; O’ylab fikr yuritish; -Boshqalarning fikrini tinglay olish; -Bir – biri bilan fikr almashish; -O’z fikrini himoya qila olish; -Noto’g’ri fikr yuritishdan cho’chimaslik; -Erkin fikrlash Mashg’ulot nomi va rejasi: Mavzu: “Ko`rsatkichli tenglamalar sistemasini yechish” Reja: 1.Ko`rsatkichli tenglamani yechish 2.Ko`rsatkichli tenglamalar sistemasini yechish usullari Darsning maqsadi: I. Ta’limiy: Talabalarga “Ko`rsatkichli tenglamalar sistemasini yechish” tushuncha berish, Ko`rsatkichli tenglamalar sistemasini yechish hisoblash usullari bilan tanishtirish, ko`nikma va malakalarni shakllantirish. II.Tarbiyaviy: Matematik munosabatlarni o`rganish jarayonida talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish , va atrof muhitga estetik munosabatda bo`lish hislarini tarbiyalash. O’z fikrini bayon eta olish va o’zgalar nuqtai nazarini qabul qila olishga o’rgatish, jamoa bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish; III.Rivojlantiruvchi: Talabarda “Ko`rsatkichli tenglamalar sistemasini yechish”ni hisoblashning turli usullarini qo`llashga doir malakalarni shakllantirish, diqqat xotira va tafakkurni rivojlantirish. IV.Qiziqtiruvchi: Turli qiziqarli mantiqiy kitoblar, jadvallar, to’plamlardan foydalanib, talabalarni fanga, kasbga qiziqtirish. Dars natijasi: Talabalar “Ko`rsatkichli tenglamalar sistemasini yechish” haqida tushunchaga ega bo’ladilar, sonning va ularga doir mashqlar bajara oladilar. Dars turi: Yangi bilim berish dars. Dars uslubi: Suhbat , aqliy hujum , savol-javob, amaliy ish, tushuntirish, xususiydan umumiyga va umumiydan xususiyga borish. Dars jihozi: Darslik, dars ishlanmasi, mavzuga oid tarqatma materiallar, plakatlar, qiziqarli savollar va testlar. Dars rejasi: 1.Tashkiliy ishlar– 3` 2.O’tilgan mavzuni eslash, takrorlash va baholash – 10` 3.Yangi mavzuning bayoni – 15` 4.Yangi mavzuni mustahkamlash – 10` 5.Yangi mavzuni xulosalash va baholash – 5` 6.Uyga topshiriq berish – 2`
Avvalo haqiqiy ko’rsatkichli darajaning ushbu asosiy xossasini yodga olamiz. 1-xossa: a>0 va xR bo’lsa, ax >0 bo’ladi Bu xossa ko’rsatkichli tenglamalarni yechishda muhim ahamiyatga ega. eslatma: an darajada, a – darajaning asosi, n esa darajaning ko’rsatkichi deyiladi. Yangi darsning bayoni: Ta’rif: Daraja ko’rsatkichida noma’lum ishtirok etadigan tenglamalar ko’rsatkichli tenglamalar deyiladi. Eng sodda ko’rsatkichli ternglama ax=b ko’rinishdagi tenglamadir, bunda a va b berilgan sonlar bo’lib, a>0 va a , x- esa noma’lum son.ax=b tenglamani yechish uchun b ni ac shaklida yozib olish kerak bo’ladi. Shunda biz ax=ac tenglamaga ega bo’lamiz va asoslarini tashlab yuborsak, x=c yechimiga ega bo’lamiz. Masalan: Ushbu tenglamalarni yechaylik, 1) 3x = 81 2) 42x-3 =64 3x=34 42x-3 =43 x= 4 2x-3=3 Javob: x=4 2x=6 Javob: x=3
xossaga ko’ra, a>0 bo’lsa, ax>0 bo’lishini bilamiz demak bbo’lsa , ax =b tenglama yechimga ega bo’lmaydi. Masalan: a) 2x = - 4 b) 3x = 0 kabi tenglamalar yechimga ega emas. 2-eslatma: 2x = 7 tenglama berilganda biz hozircha 7 ni 2 asosli daraja ko’rinishida ifodalay olmaymiz,lekin bu tenglama yechimga ega ekanini bilamiz.Keyingi bo’limda biz shunga o’xshash tenglamalarning yechimlarini yozishni o’rganamiz. Ko’rsatkichli tenglamalarning asosiy tiplari va ularni yechish usullari bilan tanishishni boshlaymiz: 3) 5x 32x=2025 4) 2x+2 – 3 x-1=40 5x 9x =2025 2x-1 (23 -3) =40 45x = 452 2x-1 = 8 x= 2 2x-1 =23
x=4
Javob: x=4 5) 3x = 7x tenglamalarni yeching. Bu tenglamalarning ikkala qismini 7x ga bo’lib yuborsak
bo’ladi va x=0 yechimga ega bo’lamiz. 3-eslatma: Umuman olganda a>0 va b> 0 bo’lsa ,af (x)= bg (x) tenglamalarning ildizi f (x) =0 va g (x) =0 tenglamalarning umumiy ildizi bo’ladi. 6) bu tenglamaning yechimi x2-1=0 va x+1=0 tenglamalarnin umumiy yechimidan iborat bo’ladi. X2-1=0 tenglama ildizlari x1=-1 va x2=1 X+1=0 tenlama ildizi esa x=-1 Umumiy ildiz x=-1 Javob: x=-1 7) 3x+3+3x = 7x+1 + tenglamani yeching 3x(33 +1)= 7x(7+5) 3x∙28=7x∙12 x =1
Javob : 1 7) tenglamani yeching. 2x =t deb belgilasak ,t ga nisbatan kvadrat tenglama hosil bo’ladi.
8t2 – 6t +1=0 Bu tenglamaning ildizlari t1 = sonlari bo’ladi. Topilgan ildizlarni belgilashdagi t ning o’rniga qo’yib hosil bo’lgan tenglamalarni yechamiz. 1) 2) Javob : x1 =-1,x2 =-2
mumkin, bunda tengsizlik ishorasi o’zgarmaydi. 8) x2∙5x – 52+x <0 tengsizlikni yeching 5x∙(x2-25)<0 5x ga bo’lamiz X2-25<0 X2<25 -5 Javob: (-5:5) 5-eslatma : ax = kx+b va ax = kx2 + bx + c ko’rinishdagi tengla- malar transtsendent tenglamalar deyiladi va bunday tenglama- larni yechishni taqribiy usullaridan boshqa umumiy usullar yo’q. Grafik usulda bunday tenglama nechta ildizga ega ekanini aniq ko’rsatish mumkin. 9) 3x = 2- x tenglama nechta ildizga ega? Ushbu funksiyalarni qaraymiz y1 =3x va y2 = 2-x. Bu funksiya- larning grafiklarini bitta koordinata tekisligida tasvirlaymiz Tasvirda ko’rinib turibdiki bu funksiyalarning grafiklari faqat bir marta kesishmoqda. Demak berilgan tenglama faqat bitta yechimga ega Javob : tenglama bitta ildizga ega.
hal qilishda ko’rsatkichli tenglamalar yechishga to’g’ri keladi Masalan ,radioaktiv yemirilish ushbu m(t) =m0 formula bi- lan ifodalanadi. Bunda m(t) va m0 –radioaktiv moddaning mos ravishda t vaqt momentidagi va boshlang’ich t=0 vaqt momentidagi massasi, T- yarim emirilish davri (modda dastlabki miqdorining ikki marta kamayishgacha o’tgan vaqt oralig’i). Havo bosimining ko’tarilishi balandligiga bog’liq ravishda o’zgarish ,cho’lg’amga o’zgarmas kuchlanishni ulangandagi o’zinduksiya toki kabi hodisalar ham ko’rsatkichli funksiya orqali ifodalanadi. 5- eslatma : y=ax funksiyada a>0 va a deyiladi,chunki a=1 bo’lganda ax daraja x ning har bir qiymatiga ham 1 ga teng bo’lar edi va bu holda y o’zgaruvchi x ga bog’liq bo’lmas edi. Agar a< 0 bo’lganda,ax daraja x ning ko’p qiymatlarida ham 1 ga teng bo’lar edi va bu holda y o’zgaruvchi x ga bog’liq bo’lmas edi. a<0 bo’lganda,ax daraja x ning ko’p qiymatlarida haqiqiy son bo’lmas edi. Masalan : a=-4 va x= bo’lganda, ax daraja ga aylanar edi,bu esa mavhum ifoda bo’ladi Mustahkamlash. Misollardan namunalar. 1) 2) 3) 4 “ AQL QASRI ” MULOXAZALI MASALALAR 1. Hayvonotning bog’ida, Beda kemtir quyonlar, Qirg’ovullar sayir etib, Hotirjam yurar donlab 5o ta erur boshi, 140 ta tuyog’I Toping chaqqon bu yog’in Nechta quyon qirg’ovul. Javob: Quyonlar 20 ta, qirg’ovul 30 ta (Abu Rayhon Beruniy masalasi) Agar 10 dirham pul ikki oyda 5 dirham foyda keltirgan bo’lsa, 8 dirham puldan uch oyda qancha foyda olish mumkin . Javob: 6 dirham. DIQQATNI JAMLOVCHI MASHQLAR 1.5 ta 2 yordamida 0 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni barcha amallarni qullagan holda toping. 2.Alisherning opalari nechta bo`lsa akalari ham shuncha. Katta opasining singillari soni ukalari sonidan ikki marta kam. Bu oilada nechta o`g`il va nechta qiz bor? (Oilada 4 ta o`g`il va 3 ta qiz bor.) 3.Men bir son o`yladim .Bu sonni yarmiga choragini qo`shsak 18 hosil bo`ladi Men qanday son o`ylabman. (24) 4.123456789 raqamlarning yozilish tartibini o’zgartirmasdan, qo’shish va ayirish belgilaridan hammasi bo’lib uchtasini shunday qo’yingki, natijada 100 soni hosil bo’lsin. ( 123 – 45 – 67 + 89 = 100 ) 5.Shunday ikkki sonni topingki, ularning ko`paytmasi 28 bo`lib, kattasini kichigiga bo`lganda ham 28 chiqsin.(28va 1)0>5>25>0> Download 68.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling