10. Oshirilgandan so’ng volan raqib maydoniga tushsa yohud oshiruvchi xato yo’lga qo’ysa zarba yakuniga yetgan hisoblanadi.
11. Qabul qiluvchi o’yinchi tayyor bo’lmasdan raqibi volanni oshirishi mumkin emas, ammo raqib zarbani qaytarishga urinuvchi harakatni amalga oshirsa, u o’yinga tayyor deb qaraladi.
12. Juftlik o’yinlarida oshirish chog’ida oshirayotgan va qabul qilayotgan o’yinchining sheriklari istalgan pozitsiyani egallashlari mumkin,faqat oshiruvchi yoki qabul qiluvchi o’yinchiga qarshi tomonni ko’rishga to’sqinlik qilinmasa bo’lgani.
YAKKALIK O’YINLARI.
1. Agar oshiruvchi o’yinchi ushbu geymda ochkoga ega bo’lmasa yoki juft miqdordagi ochkoga ega bo’lsa, o’yinchilar o’z oshirish maydonlarining o’ng tomonida volanni oshirish yoki qabul qilishlari kerak.
2. Agar oshiruvchi o’yinchi ushbu geymda toq miqdordagi ochkoga ega bo’lsa, o’yinchilar o’z oshirish maydonlarining chap tomonida volanni oshirish yoki qabul qilishlari kerak.
3. Kortda o’yin va joylashish tartibi : volan o’yindan chiqib ketmagunga qadar navbati bilan oshiruvchi va qabul qiluvchi o’yinchi tomonidan qaytarilishi kerak.
4. Agar oshiruvchi o’z zarbasidan g’alabaga erishsa, unga ochko yoziladi. So’ng u maydonning boshqa yarimidan yana zarba berishni boshlaydi.
5. Bordi-yu zarbani qabul qiluvchi o’yinchi yutsa, ochko unga yoziladi. So’ng qabul qiluvchi volanni oshirishni amalga oshiradi.
JUFTLIK O’YINLARI.
1. Oshiruvchi tomon ushbu geymda ochkoga ega bo’lmasa yoki juft miqdordagi ochkoga ega bo’lsa, volan oshiruvchi tomon o’yinchilari o’z oshirish maydonlarining o’ng tomonidan oshirilishlari kerak.
2. Agar oshirish maydoni xatosi sodir bo’lsa, u to’g’rilanmaydi va bu geymda o’yinchilar tomonidan oshirish maydoni o’zgartirilmagan holda o’yin davom ettiriladi ( shuningdek, oshirishning yangi tartibi ham belgilanmaydi.
O’YIN QOIDASINING BUZILISHI. ( FOL)
1. Quyidagi hollarda qoida buzilgan hisoblanadi: Volanni o’yinga kiritish chog’ida — oshirish ko’rsatilgan tartibda amalga oshirilmasa ; oshirish vaqtida volan to’rga kelib, uning yuqori chetiga osilib qolsa;volan to’rga tegib, unga chirmashib qolsa yoki qabul qiluvchining sherigi tomonidan qaytarilsa. O’yin davomida volan kort tashqarisiga tushsa; tor ichidan yoki tagidan o’tib ketsa; to’rdan uchib o’tolmasa; zal shifti yoki devoriga, o’yinchining kiyimi yoki tanasiga, shuningdek kort yaqinida turgan har qanday predmed yoki biron kishiga tegsa ( zarurat bo’lsa, mahhalliy tashlikotchilar bino tuzilishi sharoitidan kelib chiqib, volan to’siqlarga uchrashi oldini olish uchun alohida sharoit yaratishi mumkin ) ;Volan raketkada ushlanib, so’ng zarba vaqtida tashlab yuborilsa; bir o’yinchi tomonidan ikki ta zarba bilan ikki marta qaytarilsa, ammo volan bitta zarba vaqtida raketkaning boshchasi hamda to’rli yuzasiga urilsa, xato sanalmaydi; o’yinchi va uning sherigi tomonidan navbati bilan qatarilsa yohud o’yinchining raketkasiga tegib, raqib maydoni tomon harakatlanmasa. O’yin davomida o’yinchi — to’rga yoki raketka, kiyimi va tanasi bilan ustunlarga tegsa ; raketka yoki tanasi bilan raqib tomoniga to’r ustidan » hamla» qilsa, ammo oshirayotgan o’yinchi zarba yo’nalishi bo’yicha volanni raketka bilan to’r ustiga qadar kuzatishi mumkin; o’yinchi raketka yoki tanasi bilan to’r ostidan raqibiga halaqiq qilish yoki chalg’itish harakatini qilsa; to’r ustida volanni oshirayotgan raqibiga raketka yoki tanasi bilan g’ov bo’lsa; raqibini har qanday harakat bilan atay chalg’itsa,masalan, baqir chaqir va imo ishoralar bilan; janjal,o’yinni to’htatmaslik,sportchilarga hos bo’lmagan noma’qul takroriy harakatlar uchun aybdor sanaladi, ayrim belgilangan holdan tashqari.
Do'stlaringiz bilan baham: |