Korupsiya nimadan boshlanadi ?
Nutq uslublarining har biriga matn tuzing
Download 25.26 Kb.
|
Korupsiya nimadan boshlanadi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Ilmiy uslub .
- 3.Rasmiy idoraviy uslub .
- 4.Publisistik uslub .
Nutq uslublarining har biriga matn tuzing .
1.So’zlashuv uslubi . Salom do’stim yaxshimisan? O’qishlaring yaxshimi ? Hayoting qale ketyapti , charchashla yuqmi ? Yordaming kerak edi , ertaga hashar qilyapman kela olasanmi? Xabarimni kurishing bilan javob yoz . 2.Ilmiy uslub . Amper qonuni – bir-biridan muayyan masofada joylashgan oʻtkazgichlarning kichik bir qismidan oqayotgan ikki tokning oʻzaro mexanik ta’siri haqidagi qonun. Amper qonunidan shunday xulosa chiqadi: bir tomonga oqayotgan tok-li parallel oʻtkazgichlar oʻzaro tortisha-di, qarama-qarshi tomonga oqayotgan tok-li oʻtkazgichlar oʻzaro itarishadi. Amper sharafiga shunday atalgan. Magnit maydonining tokli kichik bir oʻtkazgichga koʻrsatadigan ta’sir kuchini ifodalovchi qonun ham Amper qonuni deb ataladi. 3.Rasmiy idoraviy uslub . Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilik Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. Maxsus ma’muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonunchilik jismoniy va yuridik shaxslarning holatini yomonlashtirmasligi kerak. Ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishga doir u yoki bu munosabatlar maxsus ma’muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinmagan hollarda ushbu Qonun normalari qo‘llaniladi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 4.Publisistik uslub . Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali hamshirasi, jizzaxlik mahallasida yashovchi L.A. bir necha hamkasbining ishonchiga kirib, ularning nomiga turli banklardan kredit rasmiylashtirib olgan, deya xabar bermoqda IIV Axborot xizmati. Unga ko`ra, Sharof Rashidov tumanida yashovchi L.E.ning nomiga 10 million so`m, G.R.ning nomiga ikkita bankdan 38 million so`m, T.B.ning nomiga 11 million so`m va Jizzax shahrining Olmazor mahallasida yashovchi G.J.ning nomiga esa 16 million so`m kredit olib, o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Download 25.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling