Koʻruv agnoziyalari Reja: Koʻruv agnoziyalari Agnoziya nima Agnoziya
Download 95.5 Kb.
|
Koʻruv agnoziyalari
Simultant agnoziya
Agnoziyaning yana bir murakkab turi — bu simultant agnoziyadir. Bunda bemor narsalarni butunlayiga emas, balki ularning boʻlagini, bir qismini koʻradi. Agar bemorga aylana va uning ichiga chizilgan kvadratni koʻrsatsangiz, u yo kvadratni, yoki aylanani koʻradi, ularning ikkalasini birga koʻrmaydi. Bemorlar uchun bitta soʻzni oʻqib, ikkinchisiga oʻtishi ham qiyin boʻladi. Shuning uchun Balint (1909) koʻruv agnoziyasining bu turini „nigoxning ruhiy falaji“ deb atagan, ilmiy adabiyotlarda bu xolatni „okulomotor ataksiya“ deb xam ataladi. Nima uchun bemor ikkita tasvirdan bittasini koʻradi yoki bitta tasvirning bir qismini koʻradi? Bu bemorda koʻz olmasining tula xarakati saqlansa-da, u narsalarni bir butunligicha qabul qila olmasligining sababi qilib, nigox boshqarilishining falaji emas, buzilishi deb tushuntiriladi. Bemorning nigoxi boshqarilmaydigan boʻlib qoladi, ixtiyorsiz xarakatlar qilaveradi, koʻz olmalari doimo harakatda boʻladi, buning natijasida koʻz orqali ob’ektni izlash, uning konturlarini yaratish buziladi. Simultant agnoziya ensa-tepa boʻlagining butunlay zararlanishlarida kuzatiladi Koʻrish — organizmlarning koʻrish organlari yordamida tashqi dunyo toʻgʻrisida axborot olishdan iborat murakkab fiziologik jarayon. Koʻrish jarayonida tashqi dunyodagi obyektlardan qaytadigan yoki ular tarqatadigan 300—800 nm diapazondagi elektromagnit toʻlqinlari, yaʼni yorugʻlik nuri Koʻrish organlari uchun taʼsirlovchi boʻladi. Odam va koʻpchilik umurtqalilar, bir qancha umurtqasiz hayvonlar rangli Koʻrish qobiliyatiga ega. Koʻrish odam va yuksak umurtqalilarda juda mukammal rivojlangan boʻlib, koʻrish analizatori orqali amalga oshadi. Bu analizator periferik (koʻz), oʻtkazuvchi (Koʻrish yoʻli, poʻstloq osti nervlari) va markaziy (bosh miya katta yarimsharlari poʻstlogʻi sohalari) boʻlimlardan iborat. Yorugʻlik nuri qorachiqsan oʻtib toʻr pardaning koʻrish pigmentlariga toʻshadi. Yorugʻlik taʼsirida toʻr pardada bioelektr potensiallar paydo boʻladi. Ular analizatorning oʻtkazuvchi boʻlimi orqali koʻrish markaziga oʻtkaziladi. Bu joyda har xil analizatorlardan kelayotgan nerv impulyelari tahlil qilinib, odam ongida saqlanib qoladigan muayyan obrazlar shakllanadi. Koʻrish organlarining obyekt shaklini farq qilish (Koʻrish oʻtkirligi), koʻz harakatlanmay turganda katta maydonni Koʻrish (koʻrish maydoni), har ikkala koʻzdagi tasvirni birlashtirish, obyekt obrazining yoʻnalishi va Koʻrish chuqurligini aniqlash (binokulyar Koʻrish) xususiyatlari ularning miqdoriy koʻrsagichlari hisoblanadi. Odam koʻzi elektromagnit toʻlqin oʻz. 390—760 nm boʻlgan yorugʻlik nurlarini farq qiladi. Odamning yorugʻlikni sezish xususiyati qorongʻilikda pasayib, yorugʻlikda kuchayadi. Odam koʻzining toʻr pardasida 2 xil: tayoqchasimon (kechki va tungi Koʻrishni amalga oshiradi) va qadahsimon (kunduzgi Koʻrish va rangni sezadi) retseatorlar mavjud. Shuning uchun Koʻrishni tungi, yaʼni skotopik, kechki — mezotopik va kunduzgi, yaʼni fototopik deb ataladigan xillari mavjud. Koʻrish tashqi dunyoni bilishda asosiy ahamiyatga ega. Inson atrof muhitdan oladigan axborotning 90% ini Koʻrish orqali qabul qiladi. Koʻrish organlarining hosil boʻlishi hayvonlar evolyusiyasida yoruglikni qorongʻilikdan farq qiladigan (mas, yomgʻir chuvalchanglari) yoki yoʻvaltirilgan yorugʻlik nurlarini sezadigan (mas, krrinoyoqli mollyuskalar) darajadan tasvirni mukammal tahlil qilib bera oladigan darajagacha boʻlgan murakkab rivojlanish yoʻlini oʻtgan. Qisqichbaqasimonlar va hasharotlar predmetlar shaklini farq qiladi, lekin yaqinmasofadan ularni aniq koʻra oladi. Baliqlar ham narsalarni yaqin masofadan koʻradi. Quruklikda yashaydigan umurtqalilar uzoqni koʻruvchilar hisoblanadi; ular orasida qushlar eng uzoqni koʻruvchilardir. Download 95.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling