Korxona faoliyatiga tasir etuvchi omillar Reja
Download 277.85 Kb.
|
Korxona faoliyatiga tasir etuvchi omillar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologiya
Korxona personali
Korxona personali — yuridik shaxs hisoblangan korxona ma’muriyati (ish beruvchi) bilan ishga yollangan xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlarini shartnoma asosida muvofikdashtirib turadigan jismoniy shaxslardir. Zamonaviy korxona tarkibi quyidagichadir: mulkdorlar(aksiyadorlar); boshqaruvchilar (menejerlar); korxona personali (jismoniy shaxslar). Personalni boshqarish fanida korxona deyilganda, birinchidan, u xo’jalik yurituvchi sub’ekt (aksiyadorlik jamiyati, firma, birlashma, bank, kompaniya va boshqa yuridik shaxslar)ni anglatadi. Ikkinchidan, korxona muayyan ijtimomy birlik (jamoa)dir. O’z maqsadlariga erishish uchun korxona mehnat resurslari, xom ashyo, axborot va hokazolar uchun sarf-xarajatlar qiladi. Korxona personali o’z korxonasi maqsadlariga erishishga ko’maklashadi. Bundan tashqari, korxonada ishtirok etuvchi sheriklar, aksiyadorlar, ijtimoiy guruhlar va boshqalar mavjuddir. Korxona o’z faoliyatidan eng yuqori samara — foyda olish uchun tashkil etiladi. Korxonaga birlashgan alohida xodpmlar yakka holla mehnatfaoliyati yuritganga qaraganda yaxshiroq natijalarga erisha oladilar. Korxonaning “ichki muhiti”ni aks ettiradigan quyidagi xususiyatlarini ko’rsatish mumkin: birorta korxona tashkil etilishidan maqsadi aniqbo’lmasa, shakllana va muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmaydi; birorta korxonani uning ayrim bo’linmalari, ular o’zaro munosabatlarini belgilovchi tarkibisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Korxona uchun: Texnologiya — xom ashyoni mo’ljallangan mahsulot yoki xizmatga aylantirish vositasi. mehnatni pirovard natijaga aylantiradigan mexanizmdir. Moliya — korxona o’z faoliyatini boshqarish uchun ega bo’lgan yoki jalb eta olaligan pul va boshqa mablag’lardir. Boshqaruv — faoliyatturlari belgilangan maqsad, bu maqsadni bajarish bosqichlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish jaraenidir. E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! http://fayllar.org Download 277.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling