Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yangicha sharoitda mahsulot tannarxiga tijorat, ma’muriy, umumxo’jalik va moliyaviy xarajatlar kiritilmaydi. Balki ular har davrning o’zida korxona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat milliy hisoblar tizimiga mos keladi. - Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yangicha sharoitda mahsulot tannarxiga tijorat, ma’muriy, umumxo’jalik va moliyaviy xarajatlar kiritilmaydi. Balki ular har davrning o’zida korxona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat milliy hisoblar tizimiga mos keladi.
Davr xarajatlari – korxonalar faoliyatida yangi ko’rsatkich hisobla¬nadi. Bu xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq emas. - Davr xarajatlari – korxonalar faoliyatida yangi ko’rsatkich hisobla¬nadi. Bu xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq emas.
- Bularga ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umumxo’jalik xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlari kiradi. Ular umumxo’jalik xarajatlari bo’lib, ularning hajmi ishlab chiqarish mahsulot hajmi bilan bog’liq emas, balki davr, vaqt bilan bog’liq.
Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat: - Xom ashyo va asosiy materiallar (chiqindilar kirmaydi);
- Yordamchi va boshqa materiallar;
- Yoqilgi;
- Energiya;
- Asosiy va qo’shimcha ish haqi;
- Ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
- Asosiy fondlar amortizasiyasi;
- Boshqa pul xarajatlari.
Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari - Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
- Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish kerak bo’ladi. Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi.
- Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi.
Narx nimaga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:
bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi
hisob-kitob, ulchov funksiyasi
iqtisodiy regulyator funksiyasi
raqobat vositasi funksiyasi
ijtimoiy himoya funksiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |