Korxona moliyaviy va iqtisodiy holatiga umumiy baho berish Reja
Moliyaviy natijalar va rentabillik ko'rsatkichlar
Download 21.04 Kb.
|
Korxona moliyaviy va iqtisodiy holatiga umumiy baho berish Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Moliyaviy natijalar va rentabillik ko'rsatkichlar
Moltyaviy natija foyda bo'lsa ham, zarar bo'lsa ham ularni aniqlash usullari bir xildir. Shuning uchun ularni aniqlashni 'foyda' ko'rsatkichi misolida ko'rib chiqamiz Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda qanday aniqlanadi? Mahsulotlarni sotishdan olingan sof pul tushumlaridan (SPT) sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tan narxi (TN) chegirib tashlash orqali yalpi foyda aniqlanadi. YF=STP-TN Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining foydasi qanday aniqlanadi? Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydadan (YF) davr xarajatlari (DX) bilan asosiy faoliyatning boshqa operatsion xarajatlarini (BX) ayirish va asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini (BD) qo'shish orqaliasosiy faoliyat foydasi (AFF) aniqanadi. AFF=YF-DX-BX+BD Umum xo'jalik faoliyatining foydasi qanday aniqlanadi? (UXF) Asosiy faoliyat foydasiga (AFF) moliyaviy faoliyat daromadlarini (MFD) qo'shib moliyaviy faoliyat bo'yicha bo'lgan xarajatlarni (MFX) ayirib tashlash orqali umumxo'jalik faoliyatining foydasi (UFX) aniqlanadi. UXF= AFF+MFD-MFX Moliyaviy faoliyat daromadlariga quydagi daromadlar kiradi Dvidentlar shaklidagi daromad Foizla shaklidagi daromad Uzoq muddatli (Lizing) dan daromad Valyuta kursi farqidan daromadlar Boshqa daromadlar Moliyavi faoliyat xarajatlariga quydagilarni kiritishimiz mumkin Uzoq muddatli ijara (LIZING )bo'yicha foiz shaklidagi xarajatlar Valyuta kursi farqidan zararlar Moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar Soliqlar to'langunga qadar bo'lgan foyda (STF) qanday aniqlanadi? Bu foyda umumxo'jalik faoliyati foydasiga (UXF) favqulotda yuzaga kelgan foydani (FF)qo'shish va favqulotda yuzaga kelgan zararni (FZ) chegirib tashlash orqali aniqlanadi. STF=UXF +FF-FZ. Hisobot davrining sof foydasi qanday aniqlanadi? Sof foydani (SF) aniqlash uchun soliq to'langunga qadar bo'lgan foydadan (STF) daromad solig'ini (DS) hamda foydadan to'lanadigan boshqa soliq va yig'imlarni (BS) chegirib tashlash kerak. SF=STF – DS—BS Rentabellik ko'rsatkichlari korxonaning moliyaviy faoliyatining samaradorligini ifodalovchi nisbiy koeffitsiyentlardir. Ular korxonaning daromadliligini, foydaliligini ifodalaydi. Rentabellik ko'rsatkichlari korxonaning u yoki bu holati bo'yicha foydalilik darajasini ta'riflash va ularga baho berish uchun ishlatiladi. Rentabellik darajasi bir so'mlik mablag'lar, xarajatlar va fondlar qiymatiga nisbatan olingan foyda hajmini ifodalaydi. Agar ushbu ko'rsatkich darajasi oshib borsa, foydalilikning oshib borishini bildiradi. Hozirgi vaqtda rentabellik ko'plab ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi. Shulardan asosiy ko'rsatkichlardan bo'lib quydagilar hisoblanadi. Sotilgan mahsulotlar rentabelligi Asosiy vositalar rentabelligi Aktivlar rentabelligi Xususiy kapital rentabelligi Permanent kapital rentabelligi Sotilgan mahsulotlar rentabelligi. Buni (R(m))aniqlash uchun mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi foydani(Yf )100% ga ko'paytirib, sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tan narxiga (TN) bo'lish kerak. Rm = Yf*100/TN Bu rentabellik xarajatlardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko'rsatkichdir ya'ni 1 so'mlik qilingan xarajatga qancha foyda olinganligini ko'rsatadi. Asosiy vositalar rentabelligi. Bu hisobot davridagi sof foydani (SF) 100%ga ko'paytirib, asosiy vositalarning o'rtacha yillik qiymatiga bo'lish orqali aniqlanadi R AV= SF*100/AIF Bunda AIF- asosiy ishlab chiqarish vositalarining o'rtacha yillik qiymati Bu rentabellik asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalaydi. Aktivlar rentabelligi. Buni (Ra) aniqlash uchun soliq to'lagunga qadar bo'lgan foydani (STF)100%ga ko'paytirib, natijasini uzoq muddatli aktivalar (UA) bilan aylanma aktivlar (AA) summasining jamiga (Yani balansning jamiga) bo'lish kerak Ra= STF*100/(UA+AA) Aktivlar rentabelligi hisobot davrida 1so'lik asosiy vositalar bilan aylanma mablag'lar hisobiga nechcha so'mlik foyda olinganligi anglatadi. Xususiy kapital rentabelligi. Buni (RXK) aniqlash uchun xo'jalikning hisobot yilidagi sof foydasini (SF) ni 100% ga ko'paytirib, ularning summasini xususiy kapital (XK)ning o'rtacha yillik qiymatiga bo'lish kerak. Rxk= SF*100/XK Bu ko'rsatkich 1 so',lik xususiy kapital hisobiga necha so'mlik sof foyda olinganligini ko'rsatadi. Ya'ni xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligini ifodalaydi. Permanent kapital rentabelligi. Bu rentabellikni (Rpk) aniqlash uchun korxonaning sof foydasini (SF) permanent kapitalning o'rtacha yillik qiymatiga bo'lish kerak. Rpk= SF* 100/PK Korxonaning xususiy kapitali bilan uzoq muddatli qarz kapitali birgalikda permanent kapitalni tashkil qiladi. Demak Permanent kapital rentabelligini quydagicha ifodalash mumkin. Rpk= SF*100/XK+QK Bunda XK—xususiy kapital QK—uzoq muddatli qarz kapitali Permanent kapital rentabelligi koeffitsiyenti xususiy va uzoq muddatli qarz mablag'larining 1 so'miga qancha sof foyda to'g'ri kelishligini ko'rsatadi. Moliyaviy tahlilning asosiy qismi bo’lib korxonalar moliyaviy xolatining tahlili hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy xolati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, to’lovga qodirligi, o’z mablag’lari bilan ta’minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlari xolati kabi jihatlarini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko’rsatkichlar darajasini o’rganish va tahlil etish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham ushbu ko’rsatkichlarni o’z vaqtida tahlil qilib turish – korxonaning moliyaviy axvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustaxkamlash uchun shart sharoit yaratadi. Shu nuqtai nazardan tahlilning ahamiyati nixoyatda katta va beqiyosdir. Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlari asosida tashkil topishi korxonalar faoliyati tahlilining ahamiyatini yanada oshiradi,chunki u mazkur sharoitda faoliyatga joriy etilmagan ishlab chiqarishishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni o'z vaqtida aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish uchun mavjud imkoniyatlarni aniqlashda muhim ro'l o'ynaydi. Foydalanilmagan resurslarni aniqlab, ulardan samarali foydalanish korxonalar iqtisodiyotini, qolaversa, milliy iqtisodiyotni mustahkamlashda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Moliyaviy faoliyat tahlili deb nimaga aytiladi? Korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini moliyaviy hisobotlar, Buxgalteriya hisobi va bosgqa axborotlarning malumotlari asosida o'rganib, mavjud moliyaviy imkoniyatlarini aniqlash va moliyaviy holatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish usuli moliyaviy tahlil deb ataladi. Moliyaviy tahlilning asosiy qismi bo'lib korxonalar moliyaviy holati tahlili hisoblanadi. Korxona moliyaviy holati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, to'lovga qodirligi, o'z mablag'lari bilan ta'minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati kabi jihatlarini ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko'rsatkichlar darajasini o'rganish va tahlil qilish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham mazkur ko'rsatkichlarni o'z vaqtida tahlil qilib turish – korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustahkamlash uchun shart sharoitlar yaratadi. Shu nuqtai nazardan tahlilning ahamiyati nihoyatda katta va beqiyosdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Vahobov A.V. va boshqalar.Moliyaviy va boshqaruv tahlil.Dfrslik. T.: 2005. 2.Qudratov T.,Fayziyeva N. Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili. Darslik. Samarkand-2010yil. 3 Korxonalari faoliyatining tahlili va nazorati.. Darslik. T.:”Voris” nashriyoti,2012 yil 4. Abdullaeva Sh.Z., «Pul kredit va banklar» O’zbekistоn Respublikasi Bank-mоliya akademiyasi, «Mоliya» nashriyoti,2000 y. http://fayllar.org Download 21.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling